Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
yil 6-yanvardagi 600-sonli Qonunining 3-moddasi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat bojini toʻlovchilar
- MSIYTK ning 112-moddasi
- MSIYTK ning 115-moddasi
yil 6-yanvardagi 600-sonli Qonunining 3-moddasiga asosan “Davlat boji - yuridik
ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy toʻlov”. Maʼmuriy sudlarga ariza va shikoyat bilan murojaat etilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi 2020-yil 6- yanvardagi 600-sonli Qonunining 17 moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti haqida”gi 25.10.2079-yildagi 20-son qarorining 5-bandida davlat bojini oldindan toʻlash lozimligi belgilangan. Bunda sud protsessining barcha bosqichida, yaʼni birinchi instansiya bosqichidan tashqari apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarida ham oldindan toʻlash masalasi belgilangan. Davlat bojini toʻlovchilar sifatida quyidagilar, yaʼni: birinchidan, maʼmuriy arizalar kiritayotgan shaxslar (yuridik va jismoniy shaxslar hamda chet el yuridik va jismonniy shaxslari); ikkinchidan, maʼmuriy javobgarlar, agar sud qarori ularning foydasiga chiqmagan boʻlsa va arizachi davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa. Davlat boji qaytarilishi ham mumkin bo’lib, MSIYTK ning 112-moddasiga binoan “Sud hujjatida davlat bojini to‘liq yoki qisman qaytarish uchun asos bo‘ladigan holatlar ko‘rsatiladi. Davlat boji to‘langan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan arizalar (shikoyatlar), apellatsiya, kassatsiya shikoyatlariga doir davlat bojlari hamda bojni to‘liq yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlariga doir sud tomonidan berilgan ma’lumotnomaga asosan qaytariladi”. Sud xarajatlarining taqsimlanishi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi. MSIYTK ning 115-moddasida ko’rsatilganidek, “Hal qiluv qarori o‘z foydasiga chiqarilgan tarafga ish bo‘yicha qilingan barcha sud xarajatlarining o‘rni, garchi boshqa taraf davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi”. 5. Asoslantiruvchi qism va qaror. Avvalo, kodeksning 134-moddasida arizani qaytarish asoslari keltirilgan. Shuningdek, yuqoridagi moddada qaytarilgan arizaga protest bildirish imkoniyati borligi belgilab o’tilgan. ASOSLANTIRUVCHI QISM Oʻzbekiston Respublikasi MSIYTKning 189-moddasi 2-qismiga asosan, sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzayotganini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas, yoxud harakatlarni (harakatsizlik) ni qonunga xilof deb topish to’g’risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Ushbu masalalar to’g’risda O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ma’muriy ishlarni ko’rishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual huquq normalarini qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida” 2018-yil 19-maydagi 15-sonli, “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish bo’yicha sud amaliyoti haqida” 2019-yil 24-dekabrdagi 24-sonli, “Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni apellatsiya tartibida ko’rish amaliyoti to’g’risida” 2021-yil 20-apreldagi 15-sonli qarorlarida ta’kidlangan. Yuqorida bayon etilganlarga hamda MSIYTK ning 215, 217, 219, 221, 223 -moddalarga asoslanib sudlov hay’ati QAROR QILADI Mazkur ish yuzasidan qabul qilingan tumanlararo ma’muriy sudining arizachi shikoyatini qaytarish to’g’risidagi ajrimi bekor qilinsin. Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Fuqaro Abdullayeva tomonidan berilgan ariza birinchi instansiya sudida qayta ko’rish uchun yuborilsin. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling