B.Pardayev nomiga egalik huquqini eʼtirof etish majburiyatini yuklashni so‘rab,
tushuntirish berdi.
Sud majlisining bo‘lib o‘tish joyi hamda vaqti to‘g‘risida Urganch tuman hokimligi
rasman xabardor etilgan bo‘lishiga qaramay javobgar vakili sudga kelmadi. Shu
sababli sudya arizani qanoatlantirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qildi.
Bundan norozi bo‘lgan
javobgar vakili apellatsiya shikoyati bilan murojaat qildi.
1.
Kazusdan kelib chiqib sudga taalluqlilik masalasini muhokama qiling va
fikrlaringizni nazariy hamda huquqiy jihatdan asoslang.
2.
Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib maʼmuriy sudlarda vakillikning o‘ziga
xos jihatlarini tahlil qiling va vakilning sud majlisiga kelmaganlik oqibatlarini
tushuntirib bering.
3.
Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib davlat boji masalasini tahlil qiling.
4.
Kazusdagi vaziyatda birinchi instansiya sudining harakatlarini tahlil
qiling.
5.
Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi
kerak bo‘lgan sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing.
Dastlabki savolga to’xtaladigan bo’lsak, ya’ni mazkur ish ma’muriy sudga taalluqlilik
jihatiga ko’ra mansubmi yoki yo’q
degan muammoga, qonun hujjatlari va shaxsiy
fikrdan foydalangan holda javob beramiz. O’zi ma’muriy
sudga taalluqlilik deganda
nimani tushunishimiz kerak ?
“Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risida”gi kodeks
(keyingi o’rinlarda MSIYTK deb yuritiladi) ning 26-moddasida aynan mazkur
savolga javob berib o’tilgan unga ko’ra :
“Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik
shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy
sudlarga taalluqli ishlar mustasno”. Ya’ni
bunda Konstitutsiyaviy sud, fuqarolik ishlari
bo’yicha sudlar, iqtisodiy sudlar va shuningdek harbiy sudlar tomonidan ko’riladigan
ishlarni hisobga olmaganda, ma’muriy sudlar jismoniy (nafaqat fuqarolar va balki chet el
fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar) va yuridik shaxslar (ularga
shuningdek chet
ellik yuridik shaxslar va xalqaro tashkilotlar ham mansub bo’lishi mumkin) ning buzilgan
yoki nizolashayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish
to’g’risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan
ishlarni ko’rishini keltirib o’tilgan. Endi biz aynan shu ishlarni
yanada aniqlashtirish
maqsadida
MSIYTK ning navbatdagi ya’ni 27-moddasiga yuzlanamiz. Unda ma’muriy
sudda ko’riladigan ishlar belgilab qo’yilgan bo’lib, ular :
Do'stlaringiz bilan baham: