Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘lishi mumkin: 1) advokatlar;
- 3) yuridik shaxslarning xodimlari — ushbu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha; 4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — ushbu tashkilotlar a’zolarining ishlari
- MSIYTK ning 149-moddasi
- Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi 2020
MSIYTKning 60-moddasida kimlar shartnoma bo’yicha vakil bo’lishi mumkinligi
belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra : “Ishonch bildiruvchi o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudda ish yuritishni shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. Quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘lishi mumkin: 1) advokatlar; 2) nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan yoki yon shajara bo‘yicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari; 3) yuridik shaxslarning xodimlari — ushbu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha; 4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — ushbu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha; 5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari; 6) birgalikda protsessual ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha; 7) ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishga ruxsat berilgan shaxslar. Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin”. Bizning vaziyatda javobgar hisoblangan Urganch tuman hokimligi nomidan vakil qatnashishi kerak edi. Uning vakolatlarini rasmiylashtirish jarayoni – davlat boshqaruv organi rahbarining yoki mansabdor shaxsning tegishli imzosi bilan tasdiqlanadigan ishonchnoma bo’yicha amalga oshiriladi. Vakilning qanday vakolatlari bor degan masalaga to’xtaladigan bo’lsak, MSIYTK ning 62-moddasida uning vakolatlari keltirib o’tilgan : “Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno. Shartnoma bo‘yicha vakillik qiluvchining arz qilingan talabdan to‘liq yoki qisman voz kechish, uning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, arizachining talablarini tan olish, vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish vakolatlarining har biri vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak”. Mazkur vakillik bo’yicha keyingi masala ya’ni vakilning sud majlisiga kelmaslik oqibatlariga e’tibor qaratamiz. MSIYTK ning 149-moddasida “Sud muhokamasini keyinga qoldirish” ning asoslari keltirib o’tilgan : - agar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs sud majlisiga kela olmasligi sabablarini asoslagan holda sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilgan bo‘lsa va basharti ushbu shaxsning ishtirokisiz ishni ko‘rish mumkin bo‘lmasa; - ishda ishtirok etuvchi shaxsning o‘z vakili sud majlisiga uzrli sababga ko‘ra kela olmaganligi munosabati bilan qilgan iltimosnomasi bo‘yicha; - sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni uning ishtirokisiz ko‘rish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda; - tarafning qo‘shimcha dalillar taqdim etish zarurati bilan bog‘liq holda sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi bo‘yicha; - sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilayotganda videokonferensaloqa o‘rnatish imkoni bo‘lmagan taqdirda; - taraf nizoni kelishuv yo‘li bilan hal qilish maqsadida sudga ko‘maklashishni so‘rab murojaat etgan taqdirda, tarafning iltimosnomasiga ko‘ra. Agarda bizdagi vaziyatda Urganch tuman hokimligi vakilining sud majlisiga uzrli sababga ko’ra kela olmaganligi munosabati bilan iltimosnoma bilan murojaat qilga bo’lganida, sud muhokamasini keyinga qoldirilishi kerak edi. Ammo bizning vaziyatda bu haqida hech qanday ma’lumot yo’q. Shuningdek, agarda mazkur ishimiz javobgar vakilining ishtirokisiz hal etib bo’lmasa, ya’ni 149-moddadagi 3-asos bilan keyingi qoldirilardi. Biroq bu bo’yicha ham aniq ma’lumot keltirilmagan. Keyingi masala vaziyatdan kelib chiqqan holda, davlat boji masalasini tahlil qilish hisoblanadi. Birinchi navbatda biz o’zi davlat boji deganda nima tushunilishi kerak degan savolga javob beramiz. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi 2020- Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling