Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
yil 6-yanvardagi 600-sonli Qonunining 3-moddasi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat bojini toʻlovchilar
- MSIYTK ning 112-moddasi
- MSIYTK ning 115-moddasi
yil 6-yanvardagi 600-sonli Qonunining 3-moddasiga asosan “Davlat boji - yuridik
ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy toʻlov”. Maʼmuriy sudlarga ariza va shikoyat bilan murojaat etilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi 2020-yil 6- yanvardagi 600-sonli Qonunining 17 moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti haqida”gi 25.10.2079-yildagi 20-son qarorining 5-bandida davlat bojini oldindan toʻlash lozimligi belgilangan. Bunda sud protsessining barcha bosqichida, yaʼni birinchi instansiya bosqichidan tashqari apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarida ham oldindan toʻlash masalasi belgilangan. Davlat bojini toʻlovchilar sifatida quyidagilar, yaʼni: birinchidan, maʼmuriy arizalar kiritayotgan shaxslar (yuridik va jismoniy shaxslar hamda chet el yuridik va jismonniy shaxslari); ikkinchidan, maʼmuriy javobgarlar, agar sud qarori ularning foydasiga chiqmagan boʻlsa va arizachi davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa. Davlat boji qaytarilishi ham mumkin bo’lib, MSIYTK ning 112-moddasiga binoan “Sud hujjatida davlat bojini to‘liq yoki qisman qaytarish uchun asos bo‘ladigan holatlar ko‘rsatiladi. Davlat boji to‘langan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan arizalar (shikoyatlar), apellatsiya, kassatsiya shikoyatlariga doir davlat bojlari hamda bojni to‘liq yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlariga doir sud tomonidan berilgan ma’lumotnomaga asosan qaytariladi”. Sud xarajatlarining taqsimlanishi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi. MSIYTK ning 115-moddasida ko’rsatilganidek, “Hal qiluv qarori o‘z foydasiga chiqarilgan tarafga ish bo‘yicha qilingan barcha sud xarajatlarining o‘rni, garchi boshqa taraf davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi”. Bizdagi vaziyatda sudya arizani qanoatlantirish to’g’risida hal qiluv qarori chiqarganini inobatga oladigan bo’lsak, sud xarajatlari Urganch tuman hokimligi tomonidan qoplanishi lozim. Keyingi savol esa birinchi instansiya sudining harakatlarini analiz qilish bilan bog’liq. O’zi odatda birinchi instansiya sudlari ishlarni ko’rishda qanday bosqichlarni amalga oshirishini batafsil keltirganimizdan so’ng, berilgan vaziyatni tahlil qilamiz. Demak, ma’muriy sudlarda ish qo’zg’atilishiga asos sifatida odatda ma’muriy organlar yoki mansabdor shaxslarning qonunga zid bo’lgan harakatlari natijasida huquq va manfaatlariga zarar yetgan jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan berilgan arizalar asos bo’ladi. Shuningdek arizalar manfaatdor shaxslar manfaatini ko’zlab prokurorlar yoki davlat organlari tomonidan ham berilishi mumkin. Keyingi masala esa ma’muriy sud tomonidan arizani ko’rib chiqib, qabul qilish va ish qo’zg’atish hisoblanadi. MSIYTK ning 132-moddasida mazkur masala belgilab qo’yilgan : “Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishi va ish qo‘zg‘atishi shart. Sudya ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi yoki arizachida mavjud bo‘lmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli. Sudyaning ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak”. Ariza qabul qilinib ish qo’zg’atilganidan keyingi bosqich bu aynan shu ishni sud muhokamasiga tayyorlash to’g’risida ajrim chiqariladi. Bu ajrimda sudya hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan qilinishi lozim bo’lgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi lozim bo’lgan muddatlar, shuningdek sud muhokamasini o’tkazish joyi va vaqti ko’rsatiladi. Sud muhokamasidan keyin sud muzokaralari boshlanadi. Unda taraflar ish bo’yicha o’zlarining og’zaki fikrlarini bildirib o’tadilar. Shuningdek, bu vaqt oralig’ida taraflar sudyaga taqdim etgan dalillar tekshiriladi. Eng so’nggi bosqich bu hal qiluv qarori qabul qilish hisoblanib, sudya ikki taraf tomonidan bildirilgan fikrlarni eshitgandan va dalillarni yaxshilab tekshirib chiqqanidan keyin ushbu ish bo’yicha hal qiluv qarori qabul qiladi. Bizning vaziyatimizda ham birinchi instansiya sudi B.Usmanov tomonidan berilgan arizani o’rganib chiqib, qabul qiladi va ish qo’zg’atadi. Ammo birinchi sud majlisida javobgar vakili kelmaganligi va bu bo’yicha oldindan ogohlantirish yoki uzrli sabablarni ko’rsatib iltimosnoma bermaganligi uchun sudya arizani qanoatlantirish to’g’risida hal qiluv qarori chiqardi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling