1. Kazusdan kelib chiqib sudga taalluqlilik masalasini muhokama qiling va
fikrlaringizni nazariy hamda huquqiy jihatdan asoslang.
Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan
yoki nizolashilayotgan
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va
boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir.
24-сон 24.12.2019. Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari,
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish
bo‘yicha sud amaliyoti haqida (lex.uz)
:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasi va O‘zbekiston
Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon
matnda MSIYutK deb yuritiladi) 4-moddasiga muvofiq,
manfaatdor shaxs, qonunda
nazarda tutilgan hollarda esa, prokuror,
shuningdek, boshqa shaxslar huquqlari va
manfaatlarini himoya qilishga vakolatli ayrim fuqarolar va davlat organlari ma’muriy
organ qarorini haqiqiy emas va uning mansabdor shaxsi harakatini (harakatsizligini)
qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi ariza (shikoyat) bilan, basharti bu qaror, harakat
(harakatsizlik) tufayli uning:
huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilgan;
huquqlari, erkinliklarini amalga oshirish va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda
to‘sqinlik yaratilgan;
zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklatilgan;
u yoki bu sohadagi faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa to‘sqinlik yaratilgan deb
hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli.
2. Ma’muriy
organlar deganda, davlat boshqaruvi organlari (O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan
Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxatida
k
o‘rsatilgan vazirliklar,
davlat
qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, markazlar, inspeksiyalar) va ularning hududiy
organlari, joylardagi
ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, shuningdek, ma’muriy-boshqaruv vakolati berilgan boshqa tashkilotlar va
maxsus tashkil etilgan komissiyalar tushuniladi.
3. Ma’muriy organlar
mansabdor shaxslari deganda, hokimiyat vakili vazifasini
bajaradigan yoxud mazkur organlarda ma’muriy-boshqaruv (tashkiliy-farmoyish berish)
vazifasini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga
vakolat berilgan shAxslar tushuniladi.
4. Manfaatdor shaxs deganda, ma’muriy organning qarori yoki uning mansabdor shaxsi
harakati (harakatsizligi) qaratilgan fuqaro yoki yuridik shaxs yoxud bunday qaror, harakat
(harakatsizlik) huquq va qonuniy manfaatlariga daxl etgan boshqa shaxs tushuniladi.
Kazusda arizachi O. Suyarov Bektemir
tumani MIB xodimlarining harakatsizligini
Do'stlaringiz bilan baham: