Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib maʼmuriy sudlarda vakillikning o‘ziga xos jihatlarini tahlil qiling.
qonunga xilof deb topishni so’ragan. Bu yerda ma’muriy organ -Bektemir tumani
majburiy ijro buyrosi, qonunchilikka mos kelmaydigan hamda manfaatdor shaxs(arizachi Suyunov)ning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan harakatsizligi - 10 oy 22 kun o‘tganligiga qaramasdan Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Bektemir tuman bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan sud qarori ijrosini taʼminlanmasdan va unga yetkazilgan zarar undirilmasdan kelinayotganligi hamda Bektemir tuman bo‘limiga yuborilgan O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23, 30, 85-modda talablari buzilganligini. Kazusdagi holat MSIYtKning 27-moddasi 1-qismi 2-bandida ko’rsatilgan ma’muriy sudlar tomonidan hal qilinadigan ishlar sirasiga kiradi: 2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy- huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; 2. Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib maʼmuriy sudlarda vakillikning o‘ziga xos jihatlarini tahlil qiling. Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) ularning vakillari yuritadi. Fuqarolar o‘z ishlarini sudda shaxsan o‘zlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum qilmaydi. Kazusdagi holatda ham arizachi O. Suyarovning vakili A.Dadajonov sudda arizachining o’zi ishtirok etgan bo’lsada, uning arizasini qo’llab sudda ishtirok etgan. Shuningdek, vakillikning turlari(qonuniy va ixtiyoriy) MSIYtKning 59- 60-moddalarida o’z aksini topadi. 59-modda. Qonuniy vakillik Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi. Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim bo‘lgan ish bo‘yicha uning vakili sifatida bedarak yo‘qolgan shaxsning mol-mulkini qo‘riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi. Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri ishtirok etishi kerak bo‘lgan ish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo‘lsa, vasiy yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi merosxo‘rning vakili sifatida qatnashadi. Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o‘zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar ko‘rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko‘rib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi. Qonuniy vakillar va vakillar o‘z manfaatlarini ko‘zlab yoki uni vakil qilgan shaxsning manfaatlariga zid ravishda protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling