Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Oliy Sud Plenium Qarorlari (foydalanishingiz tavsiya etiladi!)


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

Oliy Sud Plenium Qarorlari (foydalanishingiz tavsiya etiladi!) 
 
 
https://lex.uz/docs/-
5407668 
https://lex.uz/uz/docs/-
5772206 
https://lex.uz/docs/-
4618752 
https://lex.uz/ru/docs/-
4711311 
https://lex.uz/docs/-
3761216 
11-kazus 
Arizachi B.Israilov sudga murojaat qilib, davlat raqami 01H777UZ bo‘lgan 
“Lasetti” rusumli transport vositasi unga tegishli bo‘lib, ishonchnoma asosida tanishi 
B.Beknazarovning boshqaruvida bo‘lganligini, 2022-yil 10-may kuni ertalab soat 
8:08 da Mirobod tumani, Nukus 1-tor ko‘chasi, 2-uy oldida turgan ushbu 
avtomashinaga kuchli shamol oqibatida daraxt sinib tushib, unga zarar 


yetkazilganligini, zarar miqdori 17.950.000 so‘mni tashkil qilganligini, shundan so‘ng 
zararni qoplab berishni so‘rab, Mirobod tuman hokimiyatiga murojaat qilganligini, 
biroq murojaati tegishli tartibda o‘rganilmasdan, unga rad javobi berilganligini, bundan 
norozi ekanligini, shu sababli sudga murojaat qilishga majbur bo‘lganligini maʼlum 
qilib, hokimiyat mansabdor shaxslarining xatti-harakatini noqonuniy deb topib, 
javobgar zimmasiga arizasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, tabiiy ofat natijasidan 
mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplab berish majburiyatini yuklashni so‘ragan. 
Sud majlisida B.Israilovning ishonchli vakili M.Xayitov arizani qo‘llab-quvvatlab, 
uni qanoatlantirishni so‘radi. 
Mirobod tuman hokimiyati vakili N.Mirzokulov arizachining shikoyatini tan 
olmasligini, chunki u asossiz ekanligini maʼlum qilib, uni rad qilishni so‘radi. 
Birinchi instansiya sudi ariza ma’muriy sudga taalluqli bo’lmaganligi sababli ish 
yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim qabul qildi. Bundan norozi bo‘lganarizachi 
apellatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. 
1.Kazusdan kelib chiqib sudga taalluqlilik masalasini muhokama qiling va 
fikrlaringizni nazariy hamda huquqiy jihatdan asoslang. 
2.Kazusdagi 
vaziyatdan 
kelib 
chiqib 
javobgarlar 
doirasini 
tahlil 
qiling ularning ishda ishtirokini yoritib bering. 
3.Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib davlat boji masalasini tahlil qiling. 
4.Kazusdagi vaziyatda birinchi instansiya sudining harakatlarini tahlil qiling. 
5.Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi kerak 
bo‘lgan sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. 
11-KAZUS 
1.Kazusdan kelib chiqib sudga taalluqlilik masalasini muhokama qiling va 
fikrlaringizni nazariy hamda huquqiy jihatdan asoslang. 


Ma’muriy sudga taalluqlilik deganda, ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqiladigan 
ishlar tushuniladi. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks va 15-sonli 
“Ma’muriy ishlarni ko‘rishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual qonun 
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Oliy sud plenumi qarorida 
ma’muriy sudlarga taalluqli bo‘lgan ishlar sanab o‘tilgan. Normaga ko‘ra, ba’zi ishlar 
fuqarolik sudiga, ba’zi ishlar ma’muriy sudga taalluqli bo‘lsa, barcha ishlar fuqarolik 
sudida ko‘rib chiqiladi, ammo iqtisodiy va harbiy sudlar bilan o‘zaro bog‘liqlik bo‘lsa, 
bu ishlar ma’muriy sudlar bilan birlashtirilmaydi, har bir sud ishni alohida alohida 
ko‘rib chiqadi. Kodeksning 27-moddasida ma’muriy sudga taalluqli bo‘lgan ishlar 
belgilab qo‘yilgan. Bularga:
❖ idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolar; 
❖ davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ma’muriy-huquqiy 
faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan organlar, fuqarolar o‘zini-o‘zi 
boshqarish organlari va mansabdor shaxslarining qonunga xilof, jismoniy va yuridik 
shaxslarning huqularini buzadigan qarorlari, harakati yoki harakatsizligi yuzasidan 
nizolashish haqidagi ishlar;
❖ saylov komissiyalari xatti-harakatlari yuzasidan nizolar;
❖ notarial harakatlarni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni 
ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini 
yozish 
organi 
mansabdor 
shaxsining 
harakatlari yoki harakatsizligiyuzasidan 
nizolashish haqidagi ishlar;
❖ davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoki belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan nizolashish haqidagi ishlar;
❖ investitsiyaviy nizolar; 


❖ raqobat to‘g‘risidagi nizolar kiradi. Shu bilan birga ma’muriy sudlar qonun bilan 
belgilangan boshqa ishlarni ham ko‘rishi mumkin. 
Ma’muriy sudga taalluqli ishlar tegishli ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqiladi.
Kazusdagi holatda fuqaro Arizachi B.Israilov sudga murojaat qilib, davlat 
raqami 01H777UZ bo‘lgan “Lasetti” rusumli transport vositasi unga tegishli bo‘lib, 
ishonchnoma asosida tanishi B.Beknazarovning boshqaruvida bo‘lganligini, 2022-yil 
10-may kuni ertalab soat 8:08 da Mirobod tumani, Nukus 1-tor ko‘chasi, 2-uy oldida 
turgan ushbu avtomashinaga kuchli shamol oqibatida daraxt sinib tushib, unga zarar 
yetkazilganligini bois ushbu ish “Fuqarolik protsessualkodeksi” 26-moddasi 1-qismi 
2-bandiga asosan ushbukodeksning 293-
moddasiga asosan usbu holatdayuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlashto‘g‘
risidagi ishlar fuqarolik sudiga taalluqli ishhisoblanadi va bu MSIYUTK ning 26-
moddasiga asosan ma’muriy sudning sudloviga taalluqli hisoblanmaydi. 
2. 
Kazusdagi 
vaziyatdan 
kelib 
chiqib 
javobgarlar 
doirasini 
tahlil 
qiling ularning ishda ishtirokini yoritib bering. 
Ushbu vaziyatda ma’muriy huquqiy munosabat mavjud emas. Chunki 
MSIYUTK ning 3-moddasiga asosan ma’muriy sud ish yurituvi amal qilish 
sohasi fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, 
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlarni 
ko‘rib chiqish hamda hal etishda ma’muriy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish 
tartibiga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu holatda yuzaga kelgan munosabat ham yuridik 
fakt 
ya’ni 
hodisa 
hisblanadi. Unda fuqaro 
Isroilovning 
tabiiy ofat natijasida yetkazilgan zararni 
qoplanishini 
davlat 
organidan 
talab qilishi huquqqa muvofiq emas. 


Shuningdek “Mahalliy davlat hokimyati organlari to’g’risisdagi qonunning” 25-
moddasiga ko’ra ham fuqaroning davlat organiga qo’ygan talabi ushbu organ 
vakolatlariga 
kirmaydi. 
Shu 
bilan 
birga 
TRANSPORT 
VOSITALARI 
EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA 
QILISH TO‘G‘RISIDAgi qonunning 6-moddasida har bir transport vositasi egasi o‘z 
fuqarolik javibgarligini sug’urta qilishga majbur. Ushbu vaziyatda B.Israilov 
mashinasiga yetgan zararni sug’urta kompaniyasidan undirishi lozim, ya’ni Mirobod 
tuman hokimiyati ushbu vaziyatda javobgar hisoblanmaydi.
3.Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib davlat boji masalasini tahlil qiling. 
Ushbu vaziyatda davlat boji tahlil qiladigan bo’lsak, MSIYUTKning 111-
moddalariga muvofiq, Davlat bojini to‘lash asoslari, miqdori va tartibi, uni to‘lashni 
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash, to‘lashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini 
qaytarish tartibi qonunda belgilanadi. Shuningdek, “Davlat boji to’g’ris’da”gi qonunga 
muvofiq, 
davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-
huquqiy faoliyatni amalga oshirishgavakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarola
r o‘zini o‘zi boshqarishorganlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining har
akatlari(harakatsizligi) ustidan berilgan arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha 
fuqarolardan 
BHMning 1 baravari 
Miqdorida davlat boji undiriladi. Ushbu kazusimizda esa arizachi B.Israilov Sudga 
murojaat qilgan, lekin birinchi instansiya sudi ishga taalluqli emasligini ta’kidlab ish 
tugatish 
to’g’risida 
ajrim chiqargan, Ushbu vaziyatda MSIYUTKning 
112-
moddalariga muvofiq, Davlat boji qonunchilikda belgilangan hollarda qaytarilishi 
lozim. Sud hujjatida 
davlat 
bojini to‘liq 
yoki qisman 
qaytarish uchun 
asos 
bo‘ladigan holatlar 
ko‘rsatiladi. 
Davlat boji 
to‘langan, lekin 


sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan 
arizalar 
(shikoyatlar),apellatsiya,kassatsiya 
shikoyatlariga doir 
davlat bojlari 
hamda bojni to‘liqyoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sudhujjatlariga doir sud t
omonidan berilgan 
ma’lumotnomaga 
asosan 
qaytariladi. Shuningdek, 
“Davlat boji to’g’risida”gi qonunning 18-moddasi 1-qism 5-band,2 va 3qismiga 
muvofiq, 
agar ish 
sudga 
taalluqli bo‘lmasa, ishni yuritish tugatilganda; Davlatboji summalarini qaytarish to‘lo
vchining yozma 
arizasiga binoan 
yoki sudning hal 
qiluv qarorlariasosida amalga oshiriladi. Davlat boji summasiniqaytarish uchun arizac
hi davlat bojini undirgan tegishli 
davlat organiga yoki 
tashkilotga murojaat qilishi kerak. Davlat bojini undirgan davlat organi yoki tashkilot
ning 
rahbari uni qaytarish 
qonuniyligini 
tasdiqlagan 
taqdirda, davlat organi yoki tashkilot va davlat bojiningboshqa oluvchilari ilgari o‘z hi
sob varaqlariga o‘tkazilgan davlat boji summalarining tegishli qismlarini to‘lovchining 
yozma arizasi olingan kundan e’tiboran besh kun ichida yoki sud hujjatlari asosida 
qaytaradi. O‘z navbatida davlat organi yoki tashkilotqaytarilishi lozim bo‘lgan, 
ilgari O‘zbekistonRespublikasining Davlat budjeti daromadigao‘tkazilgan davlat boji 
summasining bir qismini 
qaytarish to‘g‘risida davlat 
soliq xizmati organiga 
yozma shaklda xabar yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga o‘tkazilgan davlat bojini 
qaytarish 
to‘g‘risidagi qaror soliq 
organi tomonidan 
davlatorgani yoki tashkilotning tegishli xabarnomasi olingankundan e’tiboran o‘n kun
ichida qabul qilinadi. Davlatbojini qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilingantaqdirda s
oliq organi davlat bojini to‘lovchigaqaytarishni amalga oshirish uchun O‘zbekistonRe
spublikasining G‘aznachiligiga qaytarish to‘g‘risidategishli topshiriqnoma yuboradi. 
4.Kazusdagi vaziyatda birinchi instansiya sudining harakatlarini tahlil qiling. 


Ushbu 
vaziyatdan 
kelib 
chiqib, Ma’muriy 
sud ish yurituvi to’g’risidagi 
kodeksning 131-moddasiga ko’ra, arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish 
to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa 
sudga o‘tkazish haqidagi masalani ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan 
e’tiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi. Ajrim nusxalari ajrim 
chiqarilgandan keying kundan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi shaxslarga 
yuboriladi. Xuddi shuningdek, 132-moddasiga asosan, Sudya ushbu Kodeksda nazarda 
tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul 
qilishi va ish qo‘zg‘atishi shart. 139-moddaga asosan ishni sud muhokamasiga 
tayyorlash to’g’risda ajrim chiqariladi. Ya’ni 128 va 130-moddaning talablariga rioya 
qilgan bo’lishi kerak. Ammo ushbu vaziyatda sudga qilingan murojaat ish yuritishga 
qabul qilingach taalluqli emasligi aniqlangan bo’lsa sud ish yuritishni tugatishi lozim. 
Kazusdagi holatda ham sud MSIYuTK ning 108-moddasi 1-bandiga asosan ish sudga 
taalluqli emasligi sabab 109-moddaga asosan bu bo’yicha ish yuritishi tugatish 
bo’yicha sud ajrim chiqaradi.
5.Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi kerak 
bo‘lgan sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. 
Arizachi маъмурий судга ариза билан мурожаат қилиб, Mirobod tuman 
hokimiyati mansabdor shaxslarining xatti-harakatini noqonuniy deb topib, tabiiy ofat 
natijasidan mol-mulkiga yetkazilgan zararni hokimiyatga qoplab berish majburiyatini 
yuklashni so‘ragan. 
Arizachining tslabi tumanlararo sud tomonidan qanoatlantirilmagan.
Berilgan apellatsiya shikoyati MSIYutK ning 208-moddasiga asosan apellatsiya 
instansiyasi ish yurirtuviga qabul qilindi.
Birinchi instansiya sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishtirokida ishni koʻrib 
chiqib, ishdagi dalillarga huquqiy baho berib, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan 


holatlarni toʻliq aniqlab, moddiy va protsesssual huquq normalarini toʻgʻri 
qoʻllab, arizachi B.Israilovningsudga murojaatini ma’muriy sud sudloviga taalluqli 
emasligi sabab birinchi instansiya sudi ish yuritishni tugatish bo’yicha chiqargan ajrimi 
huquqqa muvofiq hisoblanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi MSIYutKning 223-moddasi 3-qismi, 1-bandida 
apellyasiya instansiyasi sudi apellyasiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari 
boʻyicha sudning ajrimini oʻzgarishsiz qoldirishga haqli ekanligi belgilangan. Bayon 
etilganlarga asosan sudlov hayʼati shikoyatda keltirilgan vajlar sudning ajrimini bekor 
qilish 
yoki 
oʻzgartirishga 
asos 
boʻla 
olmaydi 
deb 
hisoblaydi 
va 
sud ajrimini oʻzgarishsiz, apellyasiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni 
lozim topadi.
Binobarin, sudlov hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish 
toʻgʻrisidagi kodeksining 217-219-221-223-moddalarini qoʻllab, sudlov hay’ati qaror 
qiladi 
QAROR QILDI: 
Mazkur ish yuzasidan chiqarilgan tumanlararo maʼmuriy sudining ajrimi oʻzgarishsiz, 
apellyasiya shikoyati qanoatlantirmasdan qoldirilsin. 
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. 
Qaror nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilsin. 
Карор устидан кабул килинган кундан бошлаб бир йил муддатда Узбекистон 
Республикаси Олий Судининг Маьмурий ишлар буйича судлов хайъатига 
кассация тартибида шикоят ва протест келтирилиши мумкин. 
Raislik qiluvchi: F.D.Ismoilov 


Hay’at a’zolari : S.Z.Safarov 
A.R.Bozorov 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling