Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

 
 
12-kazus
(Abdunasimova Nargiza) 
“Olam” fermer xo‘jaligi raisi I.Salimov 2022-yil 5-yanvar kuni tumanlararo 
ma’muriy sudga murojaat qilib tuman hokimining 2021-yil 21-avgustdagi o‘ziga 
ijaraga berilgan yerni hokimiyat zaxirasiga qaytarish to‘g‘risidagi 213-son qarorini 
haqiqiy emas deb topishni va hokimning ushbu yerni boshqa fermerga ijaraga berish 
bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash majburiyatini yuklashni so‘radi. 
Tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi F.Egamov ariza bilan murojaat qilish muddati 
o‘tganligi sababli arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqardi. Bundan norozi bo‘lgan 
arizachi apellatsiya shikoyati keltirgan. 

1-savol (20%)
Mazkur vaziyatda fermer xo’jaligiga qarashli yerni ijaraga berishni taqiqlash 
majburiyatini yuklash talabi ma’muriy sudga taalluqlimi? 

2-savol (20%)
Sudya tomonidan dastlabki himoya choralarini qo’llash to’g’risidagi masalani hal 
qilish tartibi va muddatini tushuntiring.

3-savol (20%)
Mazkur vaziyatda sud tomonidan hokim qarori haqiqiy emas deb topilganda 
arizachining huquqlari qanday usulda tiklanishi mumkinligini tahlil qiling.

4-savol (20%)


Mazkur vaziyatdan kelib chiqib ajrim ustidan shikoyat qilish tartibi, muddatlari va 
arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni tushuntirib bering.

5-savol (20%)
.Mazkur vaziyatda apellatsiya instansiya sudi tomonidan ishni ko’rib chiqish doirasi 
va qabul qilishi lozim bo’lgan sud hujjatining mazmunini tavsiflang. 
Kazusga javob: 
Birinchi savolga javob beradigan bo’lsak, avvalo ma’muriy sudlarga taalluqli ishlar 
masalasini hal etishimiz kerak. MSIYK ning 26-moddasiga ko’ra ma’muriy sudlarga 
taalluqli ishlar “Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki 
nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib 
chiqadigan ishlar taalluqlidir,…” deb keltirilgan undan tashqari aniqroq qilib aytadigan 
bo’lsak, ma’muriy sudlarga taalluqli ishlar ro’yhatida ya’ni 27-moddaning ikkinchi 
qismida “ mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, 
ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning 
(bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos 
kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) 
yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi” oshlar ma’muriy sudga taalluqliligi keltirib 
o’tilgan bo’lib, ushbu tushunchalarni kazusimizga bog’laydigan bo’lsak, kazusda bir 
tomonda ma’muriy organ ya’ni tuman hokimi ikkinchi tomonda esa fuqaro ya’ni fermer 
xo’jaligi raisi turibdi, bundan kelib chiqadiki, ushbu nizo ma’muriy huququiy 
munosabat hisoblanadi. Shu bilan birga, tuman hokimining chiqargan qarori ustidan 
nizo kelib chiqishi hamda huquqlari buzilgan tomon ya’ni fermer xo’jaligining 
manfaatlariga zid kelishi 27-moddaning ikkinchi qismiga to’g’ri keladi va ushbu 


kazusni ma’muriy sudga taalluqli desak bo’ladi. Bizdan birinchi savolda qo’shimcha 
narsa so’ralmoqda ya’ni
fermer xo’jaligiga qarashli yerni ijaraga berishni taqiqlash 
majburiyatini yuklash talabi ma’muriy sudga taalluqlimi degan masala qo’yilgan 
bo’lib, ushbu savolga ha deb javob bersak bo’ladi, yuqorida aytib o’tganimizdek nizoli 
vaziyat ma’muriy sudga taalluqli hisoblanadi, undan tashqari “
1) javobgarga muayyan 
harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash” (93-modda) ya’ni ma’muriy sudda dastlabki 
himoya choralarini qo’llashga 2ta asos bo’lsa, ya’ni ishda ishtirok etuvchi shaxsning 
arizasiga ko’ra; 1) ma’muriy ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati 
qabul qilinguniga qadar arizachining yoki manfaatlarini ko‘zlab ariza berilgan 
shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi 
mavjud bo‘lsa; 2) arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday 
choralarni ko‘rmasdan turib himoya qilish mumkin bo‘lmasa yoki qiyin bo‘lsa, 
dastlabki himoya choralarini ko‘rishi mumkin (92-modda). Shunga asoslanib 
aytishimiz mumkinki, ushbu ikkita xavf bo’lmasligi uchun arizachi suddan dastlabki 
himoya chorasini qo’llashni so’ragan, uning mazmuni esa javobgarga muayyan 
harakatni amalga oshirishni taqiqlash hisoblanadi va bu ma’muriy sudga taalluqli deb 
javob berishimiz mumkin.
Dastlabki himoya choralarini qo’llash bilan bog’liq masalani hal etish tartibi va 
muddatiga keladigan bo’lsak, yuqorida ta’kidlaganimdek, dastlabki himoya choralari 
ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko’ra ko’rilishi mumkin. Dastlabki himoya 
choralarining 4ta turi bo’lib, 93-moddaga asosan,
“1) javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash; 
2) boshqa shaxslarga nizo predmetiga taalluqli bo‘lgan muayyan harakatlarni amalga 
oshirishni taqiqlash; 
3) mol-mulkni realizatsiya qilishni to‘xtatib turish; 


4) ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining nizolashilayotgan 
hujjati ijrosini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish; 
5) javobgarning mol-mulkini yoki pul mablag‘larini xatlash” kabi dastlabki himoya 
choralari qo’llaniladi.
Dastlabki himoya choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sudga ariza (shikoyat) bilan bir 
vaqtda yoki ish yuritish jarayonida berilishi mumkin (94-modda). Ushbu paytda 
berilgan dastlabki himoya choralarini ko’rish ish yuritishga qabul qilish va ish 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling