Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
qo’zg’atish to’g’risidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer Kodeksi 24 2 -moddada
- MSIYTKning 173
qo’zg’atish to’g’risidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda, ishda ishtirok etuvchi
shaxslarni xabardor qilmasdan sud tomonidan ko’rib chiqiladi. Agar dastlabki himoya choralarini qo’llash bilan bog’liq ariza sud majlisi chog’ida berilgan taqdirda, u shu majlisda ko’rib chiqilishi mumkin. Agar dastlabki himoya choralarini ko’rish to’g’risidagi ariza ish yuritish jarayonida berilgan bo’lsa, u kelib tushganidan keying kundan kechiktirmay ko’rib chiqiladi (95-modda). Undan tashqari, dastlabki himoya choralarini bir turini boshqasi bilan almashtirish sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko’ra amalga oshirilishi mumkin (96-modda). Dastlabki himoya choralarini beor qilish to’g’risidagi masala ishni ko’rayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko’ra bekor qilinadi va bu masala sud majlisida hal qilinadi (98-modda). Yuqoridagi dastlabki himoya choralari bilan bog’liq bo’lgan har qanday ishning natijasiga ajrim chiqariladi. Ajrimning ijrosi esa dastlabki himoya choralarini ko’rish to’g’risidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darxol ijro etiladi (97-modda). Keyingi savolga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, mazkur vaziyatda sud tomonidan hokim qarori haqiqiy emas deb topilganda arizachining huquqlari qanday usulda tiklanishi mumkinligini tahlil qiladigan bo’lsak, arizachi talablari qaysi asoslarga ko’ra to’g’ri bo’lishi mumkinligiga to’xtalib o’tishimiz kerak, Yer Kodeksi 24 2 -moddada keltirilgan asosga ko’ra, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin” deb keltirilgan bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, yuqoridagi vaziyatda ham ijaraga berilgan yer uchastkasini ijaraga berish mumkin va bu bo’yicha hokim qarori chiqarilib, ijaraga berilgan yerni ikkilamchi ijaraga berishni taqiqlash bo’yicha chiqarilgan qaror asossiz deb hisoblashimiz mumkin. Bunday holatda, arizachi huquqlari quyidagicha tiklanishi mumkin ya’ni hokim qarori bekor qilinib, raisga yerni ijaraga berishga taqiq qo’yilmaydi. Faqat ushbu holatda bir nechta talablarga javob berishi kerak, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollarda, taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim”. Ushbu holatda arizachi huquqlari yuqoridagidek tiklanadi. Keying masalaga o’tadigan bo’lsak, ushbu holat bo’yicha MSIYTKning 173- Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling