Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- (203-modda) . Ushbu vaziyatda 223-moddani
- 204-moddasiga
(201-modda).
202-moddaga ko’ra “Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi. Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni apellatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.” Bunda apelyatsiyani qabul qilgan sud 5 kun ichida apelyatsiya instansiyasiga jo’natishi kerakligi nazarda tutilgan. Yuqoridagi vaziyatda tumanlararo ma’muriy sud qabul qilgan apelyatsiyasini 5 kun ichida viloyat ma’muriy sudiga yuborishi kerak. Apelyatsiya berish muddatiga to’xtaladigan bo’lsak, hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran 1 oy ichida berilishi kerak, ya’ni yuqoridagi kazusda agar arizachi manfaatlari hal qiluv qarorida qanoatlantirilmagan bo’lsa va buni arizachi xato deb bilsa, 1 oydan kechikmagan muddatda apelyatsiya berish huquqiga ega. Agar uzrli sabablarga ko’ra muddat o’tib ketgan bo’lsa va buni arizachi isbotlasa, iltimosnomasiga binoan sud apelyatsiyani qabul qilishi mumkin (203-modda). Ushbu vaziyatda 223-moddani ham qo’llasak bo’ladi chunki birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan ajrim ustidan protest keltirilish holati nazarda tutilgan. "Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi. Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli: 1) ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga; 2) ajrimni, qarorni o‘zgartirishga yoki bekor qilishga; 3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni) birinchi instansiya sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborishga; 4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni ko‘rib chiqish uchun sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga”. Apelyatsiya mazmuni esa ushbu kodeksning 204-moddasiga asosan, “Apellatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyatni (protestni) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Apellatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 1) apellatsiya shikoyati (protesti) yo‘llanayotgan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talabning predmeti; 4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat (protest) bergan shaxsning qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga va dalillarga havola qilgan holda hal qiluv qarorini noto‘g‘ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslari; 5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati”. Undan tashqari, shikoyat berayotgan shaxsning yoki vakilning telefon, faks, elektron manzili ko’rsatilishi mumkin. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling