yil 11-avgustdagi 46-10-134-Q/21-sonli bino-inshootni ajratishni rad etish to’g’risidagi
qarorini haqiqiy emas deb topishni so'ragan. Ishni ko'rish davomida jamiyat rahbari
sudga
ariza taqdim etib, Kasbi tuman hokimligiga nisbatan arizasi bo'yicha
ko'rilayotgan ma'muriy ishni tuman hokimining 2021-yil 11-avgustdagi 46-10-134-
Q/21-sonli qarori, tuman hokimining 23.02.2021 yildagi 107-10-134-Q/21-sonli qarori
bilan bekor qilinganligi sababli ma'muriy ishni ish yuritishdan tugatishni so'radi. Sudya
ish yuritish davom etayotganligi sababli hozir ish yuritishni tugatish qonunchilikka
muvofiq emasligini ta'kidlab, hal qiluv qarori bilan
arizachining talablarini
qanoatlantirdi. Bundan norozi bo`lgan hokimiyat vakili yuqori turuvchi sudga
apellatsiya shikoyati bilan murojaat qildi.
1.
Kazusdan kelib chiqib birinchi instansiya sudining harakatlariga
baho bering.
2.
Kazusdagi vaziyatning taalluqlilik masalalarini tahlil qiling.
3.
Kazusdan kelib chiqib arizachining talabdan voz kechishi tartibi va
huquqiy oqibatini tushuntirib bering.
4.
Mazkur toifadagi ishlar bo’yicha davlat boji masalasini tahlil qiling.
5.
Vaziyat yuzasidan birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilishi
kerak bo`lgan hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tayyorlang.
1) Kazusdan kelib chiqib birinchi instansiya sudining harakatlariga baho bering.
Yuqorida bizga berilgan kazusdagi vaziyatdan kelib chiqqan holda birinchi
savolga javob beradigan bo‘lsak. Bizga ma’lumki, arizachi
Qashqadaryo viloyat
prokurori tadbirkorlik subyekti bo’lgan “KULTUR” MCHJ manfaatida Qarshi
tumanlararo ma’muriy sudiga ariza bilan murojaat qilib, unda Kasbi tuman hokimligiga
nisbatan Kasbi tuman hokimining 2021-yil 11-avgustdagi 46-10-134-Q/21-sonli bino-
inshootni ajratishni rad etish to’g’risidagi qarorini haqiqiy emas deb topishni so'ragan.
Mazkur vaziyatda birinchi instansiya sudida ish qo‘zg‘atishga
asos sifatida prokuror
tomonidan manfaatdor shaxs foydasiga ma’muriy sud birinchi instansiyasiga ariza
bilan murojaat qiladi.
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 127-
Do'stlaringiz bilan baham: