ettirishida ham xatolik mavju. Chunki. MSIY 105-modda 4-bandiga
asoslanib
(4.arizachining manfaatlarini ko‘zlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs
tomonidan arz qilingan talabdan arizachi voz kechgan bo‘lsa)
sudya prokuror
tomonidan berilgan va ish yurituviga qabul qilingan arizani ko`rmasdan qoldirishi
kerak edi va albatta ariza (shikoyat)ni ko`rmasdan qoldirish to`g`risida ajrim
chiqarilishi kerak edi. Demak birinchi instansiya sudi
sudyasi tomonidan hal qiluv
qarori bilan arizachining (prokuror bergan arizasidagi) talablarini qanoatlantirilishi
qonunga zid. CHunki yuqorida aytib o`tganimizdek, sudya hal qiluv qarori emas ariza
(shikoyat)ni ko`rmasdan qoldirish to`g`risida ajrim chiqarilishi kerak edi.
2) Kazusdagi vaziyatning taalluqlilik masalalarini tahlil qiling.
Yuqorida berilgan 2-savol javob yozishda avvalo biz ma’muriy sudlarga
taalluqlilik qoidasini aniqlashtirib olishimiz lozim. So‘ng
ushbu qoidalardan kelib
chiqqan holatda yuqoridagi vaziyatga huquqiy baho beramiz. Demak, Ma’muriy
sudlarga taalluqlilik masalalari
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud
ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida batafsil yoritilib o‘tilgan. Xusussan mazkur
kodeksning
26-moddasiga ko‘ra:
“Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning
buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan
kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga
taalluqli ishlar mustasno.”
1
Demak kodeks qoidalaridan
kelib chiqib ayta olamizki,
ma’muriy sudlarda fuqarolar hamda yuridik shaxslarning ommaviy huquqiy
munosabatlarda buzilayotgan huquqlari yuzasidan nizo kelib chiqgan taqdirda
ma’muriy sud tomonidan hal etiladi. Ushbu norma ma’muriy sudlarga taalluqlilikning
umumiy qoidasi sifatidagina tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Do'stlaringiz bilan baham: