quyidagicha vazifa ham belgilanib qo‘yilgan: “
Ommaviy-huquqiy munosabatlardan
kelib chiqadigan ma’muriy ishlar va nizolarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud ish yurituvi
amalga oshirilishini tartibga soluvchi “Ma’muriy sud ishi yurituvi to‘g‘risida”gi
qonun loyihasini ishlab chiqish.”
2
Shu o‘rinda
O‘zbekiston Respublikasining
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasida Sud
tomonidan hal etiladigan ishlarning aniq tartibi va shakli keltirilib o‘tilgan. Unga ko‘ra:
“Sud:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat
boshqaruvi organlarining,
ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning
(bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi
boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos
kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning
huquqlarini va qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi)
yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
3) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari)
yuzasidan nizolashish
to‘g‘risidagi;
4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni
ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi)
yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan
muddatda davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi;
2
https://lex.uz/ru/docs/-3050491
6) ushbu Kodeksning 27
1
-moddasida ko‘rsatilgan investitsiya nizolari bo‘yicha;
7) ushbu Kodeksning 27
2
-moddasida ko‘rsatilgan raqobat to‘g‘risidagi ishlarni
hal qiladi.
Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy va boshqa
ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan, qonun bilan o‘zining vakolatiga
kiritilgan boshqa ishlarni ham hal qiladi.
3
Bizga berilgan kazusda
taalluqlilik qoidasini O‘zbekiston Respublikasining
Do'stlaringiz bilan baham: