Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


) Mazkur toifadagi ishlar bo’yicha davlat boji masalasini tahlil qiling


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

4) Mazkur toifadagi ishlar bo’yicha davlat boji masalasini tahlil qiling.
Ushbu savolga javob berishda biz Ma’muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi 
kodeksning Sud xarajatlarining taqsimlanishi deb nomlangan 115-moddasiga hamda 
“Davlat boji to`g`risidagi”gi qonunga tayangan holda yozamiz. Biz aniqlashtirib 
olishimiz kerakki; prokuror - arizachi, hokimiyat va yoki hokim - javobgar hisoblanadi.
“Davlat boji to`g`risidagi qonunnning 10-moddasida Ma’muriy sudlarda 
davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan shaxslar keltirilib o`tilgan bo`lib, mazkur 
normaning 7-bandiga ko`ra: “ prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy 
shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab beriladigan arizalar yuzasidan davlat bojini 
to`lashdan ozod etiladi. Bu vaziyatdda garchi arizachi hisoblansa ham prokuror davlat 
bojini to`lashdan ozod etiladi. Bunday holatda davlat bojini qaysi taraf to`lashi lozim? 
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksning Sud xarajatlarining 


taqsimlanishi deb nomlangan 115-moddasining uchinchi qismiga ko`ra: “Arizachi 
to‘lashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj 
to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib 
ravishda javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi.”
Bundan kelib chiqib ayta olamizki, davlat bojini respublika budjeti hisobidan 
hokimiyat to`lab beradi.
5) Vaziyat yuzasidan birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilishi kerak 
bo`lgan hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tayyorlang. 
ANIQLANDI:
Arizachi Qashqadaryo viloyat prokurori tadbirkorlik subyekti bo’lgan 
“KULTUR” MCHJ manfaatida Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga ariza bilan 
murojaat qilib, unda Kasbi tuman hokimligiga nisbatan Kasbi tuman hokimining 2021-
yil 11-avgustdagi 46-10-134-Q/21-sonli bino-inshootni ajratishni rad etish to’g’risidagi 
qarorini haqiqiy emas deb topishni so'ragan. Ishni ko'rish davomida jamiyat rahbari 
sudga ariza taqdim etib, Kasbi tuman hokimligiga nisbatan arizasi bo'yicha 
ko'rilayotgan ma'muriy ishni tuman hokimining 2021-yil 11-avgustdagi 46-10-134-
Q/21-sonli qarori, tuman hokimining 23.02.2021 yildagi 107-10-134-Q/21-sonli qarori 
bilan bekor qilinganligi sababli ma'muriy ishni ish yuritishdan tugatishni so'radi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeks 
105-moddasining 4-qismida, arizachining manfaatlarini ko‘zlab prokuror, davlat organi 
va boshqa shaxs tomonidan arz qilingan talabdan arizachi voz kechganligi sababli sud 
arizani ko‘rmasdan qoldirilishi aytib o`tilgan.
Sud ish hujjatlari bilan tanishib, yuqorida keltirilgan qonun talablaridan kelib 
chiqib, Prokuror tomonidan arizachining huquqini himoya qilish maqsadida taqdim 
etilgan talabdan arizachining voz kechganligi sababli arizani ko‘rmasdan qoldirishni 
lozim topdi. 


Yuqoridagilarga asosan, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini
yuritish to‘g’risidagi kodeksning 105-107, 168-169-moddalarini qo‘llab sud

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling