Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

184-modda. 
Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular 
mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish 
to‘g‘risidagi ishlar, agar ularni ko‘rib chiqish qonun bilan boshqa davlat organlarining 
vakolatiga kiritilmagan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqiladi. 
Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular 
mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish 


to‘g‘risidagi ishlarni yuritish fuqarolar yoki yuridik shaxslarning (bundan buyon 
matnda manfaatdor shaxs deb yuritiladi) arizalari asosida qo‘zg‘atiladi. 
188-modda. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) 
ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasining 
xususiyatlari 
Ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular 
mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish 
to‘g‘risidagi ish ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan 
shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor 
shaxsning vakillari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi 
to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan ushbu shaxslarning kelmaganligi ishni 
ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi. 
Ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat 
qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan ma’muriy organning, fuqarolar 
o‘zini o‘zi boshqarish organining, mansabdor shaxsning vakillari sud majlisiga 
kelishini sud majburiy deb topishi va ularni tushuntirishlar berish uchun sud majlisiga 
chaqirishi mumkin. 
Ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular 
mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish 
to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki 
uning ayrim qismlari, harakatlar (harakatsizlik) qonuniyligini, ustidan shikoyat 
qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoxud ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni 
(harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakolatlarini 
tekshiradi, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari 
yoxud harakatlar (harakatsizlik) arizachining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini buzganligini aniqlaydi. 


5-savol. Mazkur ish bo’yicha birinchi instansiya sudi hujjatining asoslantiruvchi 
va qaror qismini tuzing. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling