Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


-kazus  Arizachi "SAPFIR" MCHJ (yuridik shaxs)


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

15-kazus 
Arizachi "SAPFIR" MCHJ (yuridik shaxs) ma'muriy sudga ariza bilan murojaat 
qilib, Chust tuman hokimining 2020-yil 20-dekabrdagi 983-sonli qarorini haqiqiy 
emas deb topishni so`ragan. Namangan tumanlararo ma'muriy sudining 2021-yil 18-
yanvardagi hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab qanoatlantirilgan. Bundan norozi 
bo’lgan javobgar vakilining  apellatsiyasiga ko’ra Viloyat ma'muriy sudining 2021-
yil 24-martdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinib, 
arizani qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilingan. Shu sababli 
arizachi apellatsiya instansiyasi sudining qaroridan norozi bo`lib, sud qarorini bekor 
qilish va arz qilingan talabni qanoatlantirish to`g`risida kassatsiya shikoyati bilan 
murojaat qilgan. Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini qaytarish 
to`g`risida ajrim chiqargan. Unga asos qilib esa, arizachi tomonidan apellatsiya 
instansiyasi sudi qarorining qaysi qonun hujjatlariga zid ekanligini tasdiqlovchi 
asoslarni keltirmaganligini ko’rsatgan.
1. Ma’muriy organ mansabdor shaxsining xatti-harakatlari va qarori ustidan 
shikoyat qilishning o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib bering.
2. Vaziyatda kassatsiya sudining ajrimi qonuniymi? 
3. Qaysi hujjatlar ustidan kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilish mumkin?
4. Kassatsiya shikoyatini qaytarish tartibini tahlil qiling. 
5. Kassatsiya shikoyati bo’yicha chiqariladigan sud hujjatini ijro etish tartibini 
tushuntiring. 
Kazusni yechishda foydalaniladigan NHH lar 
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 


2. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi 
3. O‘zbekiton Respublikasi “Mahalliy hokimiyati to‘g‘rsida” gi qonuni 
4. O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida” gi qonuni 
5. O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro 
etish to‘g‘risida” gi
qonuni 
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining “Ma’muriy oganlar va ular mansabdor 
shaxslarining qarorlari. Harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish 
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti” to‘g‘risidagi qarori 
7. “Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni apellatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti 
to‘g‘risida” OSPQ 
8. “Ma’muriy ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti” 
to‘g‘risida OSPQ 
Yechim 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling