Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, 
ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa 
organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar 
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining 
qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning 
huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, 
harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar keltirilgan
Yuqorida keltirilgan OSPQ da ma’muriy organ deganda, joylardagi ijro hokimiyati 
organlari tushunilishi ta’kidlangan. Bilamizki, “Mahalliy davlat hokimiyati” 
to‘g‘risidagi qonunda mahalliy davlat boshqaruvi organlari ikki mahalliy ijroiya 
hokimiyati organlari (hokimliklar) va mahalliy vakillik organlari kiradi. Demak, Chust 


tuman hokimiyati – ma’muriy organ hisoblanadi, chunki mahalliy ijro organidir. Hokim 
esa keltirilgan vaziyatda mansabdor shaxs hisoblanadi. “Mahalliy davlat hokimiyati 
to‘g‘risida” gi qonunning 1-moddasida, Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman 
va shaharning oliy mansabdor shaxsi bo‘lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik 
va ijroiya hokimiyatini boshqaradi.Mansabdor shaxs – hokimiyat vakili vazifasini 
bajaradigan yoxud mazkur organlarda ma’muriy-boshqaruv (tashkiliy-farmoyish 
berish) vazifasini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir 
etishga vakolat berilgan shaxslar tushuniladi. Ma’muriy organ va ularning mansabdor 
shaxslarining harakatlari deganda, qaror shaklida ifodalanmagan bo’lsa ham, biroq 
manfaatdor shaxslar huquqlari va erkinliklarini buzilishiga olib kelgan yoki ularning 
huquqlari va erkinliklari amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilgan yuridik ahamiyatga ega 
farmoyish tushuniladi. Harakatsizlik esa ma’muriy organ yoki uning mansabdor shaxsi 
zimmasiga normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar (lavozim yo‘riqnomasi, nizomlar, 
reglamentlar, buyruqlar) bilan yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaslik tushuniladi. 
Ma’muriy organ va ularning mansobdor shaxslarining qarorlari, harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan shikoyat qilishning bir qator o‘ziga xos jihatlari va sud 
tomonidan, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan 
jihatlari mavjud. Masalan, boshqa sudlarning sudloviga tegishli vaziyatlar mavjud 
bo‘lganda, ammo ko‘rinishdan ma’muriy sudga tegishlidek tuyulishi mumkin bo‘lgan 
holatlar. 
onun 
hujjatlariga ko‘ra tekshirilishi O‘zbekiston Respublikasi 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling