Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

Konstitutsiyaviy sudining mutlaq vakolatiga kiradigan davlat organlari qarorlari
shuningdek, qonun hujjatlarida ustidan sudga shikoyat berishning boshqacha tartibi 
nazarda tutilgan qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) MSIYutK 23-bobida belgilangan 
tartibda ko‘rib chiqilmaydi. 
Xususan, ma’muriy organlar mansabdor shaxslarining jinoyat ishi yoxud ma’muriy 
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish bilan bog‘liq qarorlari, harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan, tegishlicha, O‘zbekiston Respublikasining 
Jinoyat-


protsessual kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik 
to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi. 
Shu bilan birga, sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, tergov hibsxonalari va jazoni ijro 
etish muassasalari mansabdor shaxslarining ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, 
ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash 
haqidagi qarorlari va harakatlari MSIYutK 23-bobida nazarda tutilgan tartibda 
nizolashilishi mumkin, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
542-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal qilinadigan masalalar bundan mustasno. 
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, ma’muriy organlarning quyidagilar bilan bog‘liq 
qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar MSIYutK 23-bobida 
nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi: 
bino, inshoot va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish, 
rekonstruksiya qilish, foydalanishga topshirish, foydalanish va buzishga kelishish va 
ruxsat berish (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 
370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlarini 
ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar); 
jamoat birlashmalari, shu jumladan siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlarni davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek, davlat organining belgilangan muddatda 
bunday ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlashi (“O‘zbekiston Respublikasida jamoat 
birlashmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining 
uchinchi qismi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 9-
moddasining uchinchi qismi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining uchinchi qismi, “Nodavlat notijorat 
tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasi); 
ommaviy axborot vositasiii davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoki davlat 
organining belgilangan muddatda uni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlashi, 


ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy 
emas deb topish, ommaviy axborot vositasining chiqarilishini to‘xtatib turish yoki 
tugatish (“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunining 22 — 24-moddalari); 
fuqarolarning axborot olish huquqini amalga oshirish (“Axborot olish kafolatlari va 
erkinligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi). Davlat 
ijrochisining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan MSIYutK 23-bobida nazarda 
tutilgan tartibda shikoyat qilinadi, iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati bo‘yicha 
chiqarilgan qarorlar bundan mustasno (“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini 
ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 861-moddasining birinchi 
qismi). Sudlarga tushuntirilsinki, harbiy boshqaruv organlari va ular mansabdor 
shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi), shuningdek, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar chaqiruv komissiyalarining qarorlari ustidan 
shikoyatlar harbiy sudlar tomonidan ko‘riladi (“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunining 41-moddasi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 20-moddasining to‘qqizinchi qismi). 
(Plenum qaroridan olingan) 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling