Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
“Ma’muriy ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti”
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ma’muriy ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti” to‘g‘risida OSPQ ning 12-bandida keltirilishicha
“Ma’muriy ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti”
to‘g‘risida OSPQ ning 1-bandida ma’muriy ishlarning kassatsiya tartibida qayta ko‘rilishi birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari hujjatlarining qonuniyligi va asosliligi, ular tomonidan moddiy huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini va protsessual qonun talablariga rioya etilishini ta’minlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi. IV.Kassatsiya shikoyatini qaytarish tartibini tahlil qiling. Tartibga ko‘ra kassatsiya instansiyasining sudyasi tomonidan shikoyat arizasini qaytarish masalasi 5 kunlik muddat ichida hal etiladi. “Ma’muriy ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti” to‘g‘risida OSPQ ning 12-bandida keltirilishicha, kelib tushgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan o‘rganib chiqiladi va u besh kunlik muddatda MSIYutK 231-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va ishni talab qilib olish to‘g‘risida; kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risida; kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida. Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi besh kunlik muddatda kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsga yuboriladi. Kodeksning 224-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi quyidagi hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytaradi, agar: kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeks 228-moddasi ikkinchi qismining 1 — 5 bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa; davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash muddatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa; kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa; kassatsiya shikoyatni (protestini) qaytarish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chog‘ida to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. Kassatsiya tartibida berilgan shikoyatni qaytarishning huquqiy oqibatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, kodeksning 224-moddasi so’nggi qismida, ushbu modda birinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli. Ayrim holatlarda qayta murojaat qilish yo‘l qo‘yilmaydi, masalan, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling