Fuqarolik jamiyati 8-mavzu savollari
Download 16.47 Kb.
|
8 mavzu Vazifa.
FUQAROLIK JAMIYATI 8-MAVZU SAVOLLARI: 1. Harakatlar strategiyasining maqsad va vazifalarini tushuntiring. 2. Harakatlar strategiyasi qabul qilingandan keyin mamlakat qiyofasi qanday o‘zgardi? 3.Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligi va tadbirkorlik yo‘nalishida tub burilishlar nimadan iborat? 4. Qo‘shni mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy sohada qanday siljishlar ro‘y berdi? JAVOBLAR: 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Unda yaqin besh yillikda mamlakatimiz zabt etishi nazarda tutilgan ulkan dovonlar, xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilab berilgan. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. Mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilangan. Bular davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish hisoblanadi. 2. Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimiz hayotida katta voqelik bo‘ldi. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilab bergan mazkur hujjatda qayd etilgan har bir vazifa shu zaminda yashayotgan, ertangi kunga qat'iy ishonch bilan qarayotgan har bir inson hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan keng jamoatchilik, ishbilarmon doiralar, davlat organlari vakillarining uchrashuvlari, xalq bilan muloqotlar chog‘ida bildirilgan mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning kontseptual masalalari kiritilgani e'tiborga loyiq. Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanishi uni hayotga tatbiq etish samaradorligini oshiradi. Shu jihatdan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshiriladigan Davlat dasturida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilgan. Buning tub mohiyatida xalqqa har tomonlama qulaylik yaratish mujassam. Faoliyati aholi bilan ishlash, uning manfaatlarini ta'minlash bo‘lgan tuzilmalar yanada takomillashtiriladi. Bu jarayonda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi sifatini tubdan yaxshilash, siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish kutilgan natijaga erishishda zarur vosita bo‘lishi shubhasiz. Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilgan. Aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, mamlakatimizning olis hududlarini ham elektr energiya, gaz bilan ta'minlashni yanada yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzini oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalarining qulayligini ta'minlash, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus va oliy ta'limni sifat jihatdan yanada boyitish borasida qator chora-tadbirlar belgilangan. Tibbiyot maskanlari, xususan, birlamchi tibbiyot muassasalari, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish borasida aniq tadbirlar olib boriladi. Prezidentimiz rahnamoligida aholining tibbiy madaniyatini oshirish, jamiyatimizda har tomonlama sog‘lom oilalarni qaror toptirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining soha xodimlari bilan har uchrashuvida bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar keng muhokama qilinmoqda, zarur topshiriqlar berilmoqda. Harakatlar strategiyasi tibbiyot sohasini izchil rivojlantirish, soha xodimlarining kasb malakasi va mas'uliyatini yanada oshirishda ham muhim dasturilamaldir. 3. Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta'minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bunday chora-tadbirlar sudlarning odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta'minlash borasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshiradi. Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlari kengaytirilishi ham sohada sezilarli yutuqlarga yo‘l ochadi. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida – fuqarolar shaxsiy hayoti daxlsizligining konstitutsiyaviy kafolatlarini, shu jumladan, tintuv va telefon orqali so‘zlashuvlarni eshitib turishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish, Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha komissiyani tashkil etish orqali yanada mustahkamlash, milliy xavfsizlik organlari tizimini tubdan isloh qilish, vaqtincha saqlash, tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar bilan ta’minlash, patrul xizmatining xodimlarini mobil videokameralar bilan ta’minlash, patrul xizmatining statsionar postlari sonini optimallashtirish yo’lga qo’yildi. Tadbirkorlik faoliyatini yuritishdagi huquqbuzarliklar bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan amalga oshiriladi; Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlar, o‘tkazilgan tekshirishlar va monitoring (asos, tekshirish yoki monitoring o‘tkazish vaqti, ularni o‘tkazgan xodimlar va boshqalar) va aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi axborotlar majburiy tartibda prokuratura organlarining maxsus elektron axborot tizimiga kiritildi. 4. .Keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tgan Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishi tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq. Uning barcha yo‘nalishlari, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoiti yaratish, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, tinchlik va barqarorlik, xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu vazifalar doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to‘liq javob beradigan mamlakatimiz tashqi siyosati konsepsiyasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangi bosqichda davom ettirilayotganining yaqqol dalilidir. Bugungi kunda O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan olib borayotgan ochiq, konstruktiv, o‘zaro manfaatli tashqi siyosati Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbari o‘tgan davrda Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Qirg‘izistonga amalga oshirgan davlat tashriflari mamlakatimiz tashqi siyosatida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy isbotidir. Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ta’kidlaganidek, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratishga erishildi.Mazkur davlat tashriflari mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Ushbu tashriflar tafsilotlari nafaqat siyosiy doiralarda, balki jamoatchilik va ekspertlar orasida keng muhokama qilindi. Bularning barchasi mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida izchil siyosat olib borayotganidan dalolatdir. Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda davlat va jamiyatni har tomonlama jadal rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir, – deydi Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a’zosi, Umumpartiya parlament guruhining O‘zbekiston bo‘yicha raisi o‘rinbosari Muhammad Iltaf Shayx. – Mazkur Strategiyada ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlar hisobga olingan, mamlakatingiz taraqqiyotining barcha sohalari istiqboli chuqur ifoda etilgan. Bu boradagi islohotlarning amalga oshirilishi O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishda muhim poydevor bo‘lishi shubhasizdir. Mazkur hujjatning beshinchi ustuvor yo‘nalishi mamlakatimizda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni ta'minlashga qaratilgan. Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi – davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani taraqqiy ettirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish bo‘yicha aniq, hayotiy islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilab berilgan. Bu mamlakatda islohotlar samaradorligini keskin oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un va jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, barcha sohani modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek buyuk maqsadlarga xizmat qiladi. Download 16.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling