Fuqarolik Jamiyati Asosiy Belgilari Va Tamoyillari
Download 50.95 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meritokratiya nazariyasi
Siyosiy modernizatsiya tarafdorlarining asosiy tezisi quyidagilardan iborat:
-hokimiyatni tashkil etishning demokratik shakli texnik-iqtisodiy tuzilmalar rivojining past darajasi bilan kelisha olmaydi; -kam rivojlangan mamlakatlarda demokratiyaning yo‘qligi, sanoati rivojlangan mamlakatlardagi demokratik siyosiy tizimlarga xavf tug‘diradi; -demokratik fuqarolik-siyosiy jamiyatga olib boradigan texnik-iqtisodiy tuzilmalarni har qanday chora-tadbir bilan rivojlantirish va qaror topshirish orqali o‘tadi; -modelning eng xarakterli belgilari - urbanizatsiya darajasining yuqoriligi, savodlilik, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadning yuqoriligi, jamiyat a’zolarining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarga keng jalb qilinishi. Meritokratiya nazariyasi (fransuzcha merit - xizmat, qadr-qimmat so‘zidan) alohida xizmat ko‘rsatgan va qadr-qimmatga ega bo‘lgan shaxslar, malakali mutaxassislar, texnokratlar, intellektuallar yordamida hukmronlik qilishni ko‘zda tutadi. Mazkur nazariya tarafdorlarining fikriga ko‘ra, ijtimoiy taraqqiyot darajasi siyosiy hokimiyat va intellektni birlashtirish borasidagi tadbirlarga bog‘liq bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, taraqqiyotda muvaffaqiyatga erishishni istagan jamiyat o‘z ixtiyoridagi insoniy salohiyatdan eng yuqori darajada foydalanishga o‘rganishi lozim. Meritokratiyaning vazifasi - bir tomondan ijtimoiy hayotga intellektual oqimni olib kirish, ikkinchi tomondan esa shaxs tabiiy iste’dodining namoyon bo‘lishiga ko‘mak berishdan iborat. Meritokratiyaning modeli siyosiy va ijtimoiy qadriyatlarning adolatsiz taqsimotiga qarshi yo‘naltirilgan. Mazkur model adolatning meritokratik tamoyili (har kimga xizmatiga yarasha)ni o‘zida mujassam etishi kerak. Butun jahon jamiyati nazariyasining mohiyati shundan iboratki, hozirgi zamonning barcha dunyoviy muammolari echimiga faqat umumsiyosiy hayotni yuksak darajada baynalminallashtirish orqali, yangi halkaro tashkilotlarni barpo etish yoki qayta qurish yo‘li bilan kelish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi umumlashtirilsa, zamonaviy fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari quyidagicha namoyon bo‘ladi: - iqtisodiy sohada: nodavlat tashkilotlar; kooperativ-shirkatlar; ijara jamoalari; aksiyadorlik jamiyatlari; uyushmalar; korporatsiyalarning mavjudligi; - ijtimoiy sohada: oila; partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlar; ish va yashash joylaridagi o‘z o‘zini boshqarish organlari; nodavlat ommaviy axborotvositalari; jamoatchilik fikrini aniqlash, shakllantirish va ifoda etishning madaniylashgan tartiblari; ijtimoiy ixtiloflarni kuch ishlatmasdan, tazyiqsiz, qonunlar doirasida hal qilish amaliyotining mavjudligi; - ma’naviy sohada: so‘z, vijdon va fikr erkinligi; o‘z fikrini ochiq bildira olishning real imkoniyati; ijodiy, ilmiy va boshqa uyushmalar mustaqilligining ham qonuniy, ham amaliy jihatdan ta’minlangani. Shuningdek, fuqarolik jamiyatining barqarorligini ta’minlovchi shart-sharoitlar ham borki, ularsiz bunday institutlar rivojlanmaydi. Eng avvalo, jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar manfaatlarini ifoda etuvchi rivojlangan ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo‘lishi zarur. Qolaversa, jamiyat a’zolaridan mustaqil faoliyat ko‘rsata olish qobiliyati, ijtimoiy, intellektual, ruhiy jihatdan yuksalish ham talab etiladi. Shuningdek, har bir fuqaro o‘z shaxsiy mulkiga ega bo‘lishi, bu mulkni o‘zi istagan tarzda tasarruf qila olishi uchun bu mulkka nisbatan shaxsiy yoki jamoaviy huquqning ta’minlagan bo‘lishi shart. Demak, bunday jamiyatning asosini fuqarolik jamiyati institutlari — siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari majmui tashkil etadi. Download 50.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling