Fuqarolik Jamiyati Asosiy Belgilari Va Tamoyillari


Download 50.95 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi50.95 Kb.
#1572223
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu

Fuqarolik jamiyati hayoti va faoliyatining kuchayishi natijasida shu narsa ayon bo‘lib qoldiki, o‘z fuqarolarining kundalik mehnat, tadbirkorlik, ijodiy va boshqa faoliyatlari bi­lan doimiy shug‘ullanish davlatning asosiy vazifasi emas. Uning asosiy vazifasi — davlat strategayasini ishlab chiqish, asosiy ustuvorliklarni, rivojlanish sur’atlari va xajmlarini belgilash, davlat va jamiyatni hamda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, xalq hayoti va faoliyatining barcha sohalarini demokratlashtirish, chegaralarni qo‘riqlash va ichki tartibni ta’minlash, mamlakat va xalq xavfsizligani ta’minlashdan iborat.
Shu bilan birga fuqarolar va davlat bir-biri bilan huquqlar va majburiyatlar orqali o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim. Fuqarolar sudning qarorisiz huquqlaridan mahrum etilishi yoki huquqlarining cheklanishi mumkin emas. Ayni paytda fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari boshqa fuqarolarning, davlat va jamiyatning manfaatlariga zid bo‘lmasliga kerak.
Fuqarolik jamiyati haqida so‘z ketganda uning siyosiy jamiyat bilan o‘zaro hamkorligining tabiatini qayd etib o‘tish zarur. Ushbu o‘zaro hamkorlikning birlashtiruvchi pirovard negizi inson huquqlarini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va shaxsiy hayotning hamma sohlarida himoya qilishdan iborat bo‘lgan fuqarolik - siyosiy jamiyati huquqiy jamiyat hosil bo‘ladi.
Fuqarolik-siyosiy jamiyatining asosiy tamoyillari quyidagilardir:
•ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonunning ustuvorligi;
•davlat va uning organlarining qonun bilan bog‘liqligi;
• inson erkinligining, huquqlari va manfaatlarining daxlsizligi;
•shaxs va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishini nazorat qilish va kuzatishning samarali shakllari mavjudligi.
Hozirgi zamon siyosatshunoslik fanida fuqarolik - siyosiy hokimiyatning konseptual modellari yaratilgan. Ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqishdan oldin shu narsani qayd etish joizki, mamlakatimizda fuqarolik hokimiyatini rivojlantirishning asosiy konseptual qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning asarlarida ishlab chiqilgan. Jumladan, ularda «bizning siyosiy qurilish konsepsiyamizning mohiyati: «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga». Aynan ana shunday yondashuv fuqarolarning o‘zlarini o‘z hayotlari va butun jamiyat hayotini boshqarish va tashkil qilishda keng ishtirok etishlariga imkoniyat yaratdiki, bu fuqarolik jami­yati tamoyillariga to‘liq mos tushadi».
Hozirgi zamon jamiyatini siyosiy modernizatsiyalash konsepsiyasi fuqarolik-siyosiy qurilishining o‘tgan davrlar tajribasini o‘ziga singdirgan modelini ishlab chiqishga bo‘lgan birinchi urinishlardandir. Ushbu nazariya, eng avvalo, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiladi.



Download 50.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling