Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategic pirovard maqsadi fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi


Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi


Download 421.06 Kb.
bet2/63
Sana23.11.2023
Hajmi421.06 Kb.
#1795328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YO\'LLARI

2. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi.

Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalarimutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida sharq mamlakatlari etakchilik mavqeini egallagan. Har qanday fan, o‘z mohiyatiga ko‘rat umumbashariydir. Dunyo xalqlari katta-kichikligidan qatiy nazaruning rivojiga hissalarini qo‘shgan. SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi g‘oyalar, bilimlar bir yoqlama bo‘rttirish yoki kamsitish noto‘g‘ri yondoshuvdir.


Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotining yorqin namunasi “Avesto” muqaddas kitobida yoritilgan. 2001 yilda millat ma’naviy madaniyatining eng qadimgi manbasi “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov: “ ... bu noyob asar bebaho tarixiy hujjat bo‘lib, u biz yashagan bu qadim yurtda, bu zaminda o‘zining madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo‘lgan buyuk davlat bo‘lganligidan, ajdodlarimizga, asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat beradi” debalohida e’tirof etgan. Darhaqiqat, “Avesto”ning bosh g‘oyasi “ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir.
Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan o‘rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari muhim manba hisoblanadi. U amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to‘g‘risidagi qarashlari bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning«Ko‘pchilik bo‘lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo‘ladi va shunday yo‘l tutish kerak»2 degan fikrlari ajdodlarimizning davlat qurilishining adolatli tartibotlarigakatta e’tibor berganligidan dalolatdir.

Download 421.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling