Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi
to’g’risida”, “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida”
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 12-14
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telekommunikatsiyalar to’g’risida”gi Qonun
to’g’risida”, “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi va boshqa bir qator
qonun hujjatlariga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritishni taklif etdi. Bu o’zgartish va qo’shimchalarda: davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, media-tuzilmalar ishini faollashtirish bo’yicha keng ko’lamli chora-tadbirlarni ko’zda tutish; 23 Mahlumki, fuqarolarning axborot soҳasidagi ҳuquq va erkinliklarini tahminlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o’z shaxsiy fikrini tarqatish ҳuquqi va erkinligini o’zida mujassam etgan bo’lib, bu O’zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muҳim sharti, tahbir joiz bo’lsa, tamal toshi ҳisoblanadi. Islom Karimov ommaviy axborot vositalarining axborot olish yuzasidan murojaatlarini ko’rib chiqish muddatlarini qisqartirish; axborot olish sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun
yuridik va mansabdor shaxslarning mahmuriy
javobgarligini kuchaytirish va boshqa
chora-tadbirlarni ta’minlashga qaratilgan huquqiy mexanizmlar o’z aksini topishi nazarda tutiladi. Qolaversa, Prezident Islom Karimov siyosiy modernizatsiya jarayonlarida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat va jamiyat
qurilishi tizimida
keng foydalanish lozimligini alohida
ta’kidlab, “Telekommunikatsiyalar to’g’risida”gi Qonun normalarini yanada takomillashtirish; raqamli teleradioeshittirish tizimiga o’tish bo’yicha tadbirlar davlat dasturini ishlab chiqish; mazkur dastur raqamli teleradioeshittirishlar infratuzilmasini shakllantirish; bu boradagi faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga soladigan samarali tizimni yaratish zarurligini kayd etdi. Demokratik jamiyatning birlamchi va eng muhim sharti mamlakatda axborot va so’z erkinligini qaror toptirish dunyo miqyosida ehtirof etilgan haqiqat ekanligidan kelib chiqilsa, bo’lib o’tgan qo’shma majlisda muhtaram Prezidentimiz ilgari surgan g’oyalar, yo’l-yo’riqlar, belgilab bergan maqsad va vazifalarning naqadar dolzarbligi ayon bo’ladi. Zero, mahruzada ta’kidlanganidek, “yuqorida zikr etilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi o’rni va rolini yanada mustahkamlashga, fuqarolarning so’z erkinligi va tanlash erkinligini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy huquqlarini yanada to’liq ro’yobga chiqarishga yordam beradi”. Siyosiy tizimda ommaviy kommunikatsiyaga ehtiyojning jamiyat xayoti bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liqligi, o’tmishda anhanaviy davlatlarda kommunikatsiya vositalari imkoniyatlarining chegaralanganligi, axborot texnologiyalarining inqilobi OAV imkoniyatlari dinamikasiga sezilarli tahsir utkazmoqda. Istiqlol yillarida OAVni erkinlashtirish bo’yicha amalga oshirilgan tadbirlar jamoatchilik nazoratining jamiyatdagi qonunsizlik va adolatsizlikka barham berishiga katta turtki berdi. Mazkur vazifani bajarishda OAVning jamiyatga haqqoniy ma’lumotlar yetkazib berish imkoniyati esa to’laqonli jamoatchilik fikrining oshkoralik va xabardorlikka talabining oshib borayotganidan kelib chikadi. OAVning siyosiy hokimiyatni amalga oshirish mexanizmida jamoatchilik fikriga tahsir ko’rsatish omili ko’p jihatdan OAVda vaziyatni xolis baholash, islohotlarga keng ommani jalb qila olish tendentsiyalarida aks etadi. Zero, demokratlashtirishning samarali natijalari bir necha o’n yilliklardagi jiddiy sinovlarni boshidan o’tkazishi halqning, millatning milliy siyosiy mentaliteti, jumladan shu jamiyatda mavjud bo’lgan OAV institutlarining ijtimoiy-siyosiy mavqei, intelektual salohiyatiga hamda professional mahoratiga bevosita bog’liq jarayondir. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling