Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi
yil 30 avgustda "O’zbekiston Respublika xarbiy doktrinasi to’g’risida" Oliy
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 12-14
1995 yil 30 avgustda "O’zbekiston Respublika xarbiy doktrinasi to’g’risida" Oliy
Majlis yuqori qabul qilindi. 1996 yil 26 dekabrda "O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy printsiplari to’g’risida"gi qonuni qabul qilindi. Tashqi
siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda O’zbekiston o’z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq quyidagi asosiy tamoyillarni ishlab chiqdi va unga amal qilib kelmoqda: 1) O’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining ustuvorligi. 2) Teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlapiga aralashmaslik. 3) Mafkuraviy qarashlardan qathiy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik. 4) Xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustuvorligi. 5) Tashqi aloqalarni ham ikki tamonlama va ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish. O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng o’z tashqi siyosatimizni xalqaro hamjamiyatning to’laqonli sub’ekti sifatida amalga oshirish uchun real imkoniyatlarga ega bo’ldi. Endilikda tashqi siyosat mustaqil tarzda amalga oshirilmoqda. Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko’rsatadiki, biron-bir mamlakat boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga erishgan emas. SHarq va g’arb mamlakatlarini bir-biriga
29 bog’lagan «Buyuk Ipak» tarixiy yo’lning markazida joylashgan O’zbekiston bir necha asrlardan buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, Amir Temur va Temuriylar davrida dunyodagi yirik davlatlar Samarqand bilan o’z aloqalarini o’rnatganlar. Amir Temurning Frantsiya, Angliya, Ispaniya qirollari, o’nlab qo’shni davlatlarning hukmdorlari bilan yozishmalari o’sha davrdagi jo’shqin siyosiy, madaniy va tijoriy aloqalardan guvohlik beradi. CHor Rossiyasi bosqinidan so’ng 130 yildan ortiq davom etgan mustamlaka davri mamlakatimizning tashqi
aloqalarini uzib
qo’ydi. Xorij bilan barcha munosabatlar istilochilarning nazorati va ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Bir paytlar dunyoga dong taratgan o’lkamiz chekka bir viloyat darajasiga tushirib qo’yildi. Sovetlar davrida esa chetga chiqarilgan bir-ikki diplomat hamda vazifasi oliy rutbali xorijliklarni mehmon qilishdan iborat bo’lgan Tashqi ishlar vazirligidan boshqa hech narsa yo’q edi. Bugungi kunda O’zbekiston taraqqiyotining konstitutsiyaviy zamini yaratildi. SHunga mos ravishda inson huquqlari ham tiklanmoqda. Xalqimizning ma’naviy salohiyati, unga xizmat qiladigan tabiiy va texnikaviy zahiralar, mustahkamlanayotgan xalqaro munosabatlar demokratik rivojlanish va inson huquqlariga rioya qilish uchun barcha sharoitlarning bosqichma-bosqich yaratilishiga kafolat beradi. O’zbekiston Konstitutsiyasi «O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonunda belgilangan konstitutsiyaviy anhanalarni davom ettiradi. Mazkur anhanalarga ko’ra xalqaro huquq davlatimiz qurilishining muhim manbai bo’lib, O’zbekiston o’zining xalqaro huquq normalariga sodiqligini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab, namoyish etmoqda. Bu esa yosh mustaqil davlatimizning eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga qabul qilinishiga imkon berdi. Respublikamizning mustaqil davlat sifatida boshqa davlatlar tomonidan diplomatik tan olinishiga, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishiga yo’l ochdi.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling