Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi
-savol. Ko‘ppartiyaviylik – demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 12-14
2-savol. Ko‘ppartiyaviylik – demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti
O‘zbekistonda erkin bozor munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda, davlatni boshqarishda qatnashuvini ta’minlashda siyosiy partiyalar faoliyati va mamlakatda ko‘ppartiyaviylikning amal qilishi muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda ushbu tamoyilning amal qilishiga milliy mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq jiddiy e’tibor berildi. Xususan, 1992 yilning 8 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma- 4 Qarang: “Milliy tiklanish” gazetasi, 2011 yil 17 avgust. 6 xilligi asosida rivojlanadi” 5 – deb, ko‘rsatib qo‘yilgan. Bosh Qomusimizning “Jamoat birlashmalari” deb nomlangan XIII bobining 60 moddasida esa: “Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar” 6 – deb, belgilab qo‘yilgan. Hozirda, O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida siyosiy partiyalarning roli tobora ortib bormoqda. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanib borishida mavjud siyosiy partiyalarning faoliyati yanada ortib bormoqda. “Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishda, - deb ta’kidladi muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov, - siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha strategik vazifalarni hal etishda ularning ishtirokini kengaytirish demokratik islohotlarni izchil amalga oshirishning eng muhim omiliga aylanmog‘i zarur. Boshqacha qilib aytganda, ko‘p partiyali tizimni mustahkamlash va partiyalararo raqobatni kuchaytirish – biz ko‘zlagan demokratik davlat barpo etishning eng muhim shartlaridan biriga aylanishi darkor.” 7 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun, hech shubhasiz, vakillik va ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ular organlarini nazorat qilishda partiyalar roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirish orqali siyosiy partiyalar mafkurasining hayotga tatbiqini tezlashtirdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Davlat boshqaruvining yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim tarixiy qadam bo‘ldi. Konstitutsiyaviy qonun kuchga kirishi bilan siyosiy partiyalarning parlamentdagi fraksiyalari mutloq yangicha asosda faoliyat yuritishga o‘tdi. Parlament ko‘pchiligi va parlamentning muxolifati to‘g‘risidagi moddalar, hukumatni shakllantirish jarayonlarida siyosiy partiyalar fraksiyalariga berilayotgan nihoyatda keng imkoniyatlardan dalolat beradi. Ushbu qonunning jamiyatimiz hayotida ijtimoiy-siyosiy faoliyatini yanada oshirishga, shuningdek, mamlakatimizda kechayotgan siyosiy, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda siyosiy partiyalarning roli tashabbuskorligi hamda mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilganligi nafaqat mamlakatimizning siyosatshunos, huquqshunos olimlari va mutaxassislari, balki xorijiy davlat va nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar tomonidan ham e’tirof e’tilgan. Ushbu konstitutsiyaviy qonun Parlamentdagi ko‘pchilikning muholifat qarashlari bilan hisoblashuviga kafolat bo‘ldi. Shuningdek, siyosiy institutlarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faoliyatini yanada kuchayishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Konstitutsiyaviy qonunning 3 moddasida siyosiy partiyaning Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiyasi vakili qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari lavozimlaridan birini egallashda kafolatli huquqqa ega ekanligi belgilangan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbussi bilan siyosiy partiyalar fraksiyachlarining rahbarlari orasidan qonunchilik 5 Qarang: O’zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasi. –Т.: “O’zbekiston” nashriyoti, 2012 yil 5 bet. 6 O’sha asar. 12 bet. 7 Islom Karimov. “Amalga oshirayotgan islohotlarimizi yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug’ kelajagimizning asosiy omilidir”. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining qabul qilinganining 21 yilligigabag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2013 yil 7 dekabr soni.
7 palatasining Spikeri o‘rinbosarlari saylandi. Bunda, partiya fraksiyasi o‘z tashabbuslarini “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun qoidalarini bosqichma-bosqich, tizimli va izchillik bilan amalga oshirish zarurati bilan asosladi. Shu bilan birga, spiker o‘rinbosarlarining saylanishi ushbu konstitutsiyaviy qonunining siyosiy partiyalar fraksiyalari faoliyatini tashkil etish, jumladan ijroiya hokimiyati organlarini shakllantirish jarayonida ularning ishtiroki, qonun loyihalarini ko‘rib chiqish va qabul qilish mexanizmi hamda tartibini rivojlantirish bilan bog‘liq asosiy qoidalarni tizimli tarzda amalga oshirib borish imkonini bermoqda. Spiker o‘rinbosarlari etib, siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarining saylanganligi nafaqat ularning vakolatlari va imkoniyatlarini kengaytirish, balki Qonunchilik palatasida qarorlar qabul qilish jarayonini sezilarli ravishda demokratlashtirish imkoniyatlarini ham yaratmoqda. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek:
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling