Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 12-14
“Hozirgi paytda mamlakatimiz
aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi davlat hokimiyatining uchta sub’ekti, ya’ni davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda” 8 . Ayniqsa, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunlarni qabul qilinishi siyosiy partiyalarning fraksiyalariga fraksiyalar blokiga birlashish huquqini berdi hamda parlament ko‘pchiligi va parlament muxolifatining huquqiy holati asoslarini belgiladi. “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikisi Qonuni 9 moddasining oldingi tahriri (“Fraksiyalar va deputatlar guruhlari”) siyosiy partiyalar fraksiyalar partiyalar bloklarini tashkil qilish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi uchun taalluqli qoidalarni nazarda tutmagan. Mazkur qonunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyalari blokini tuzish huquqi, parlament ko‘pchiligi va parlament muxolifatining maqomi, uning tuzilishini rasmiylashtirish shartlari mustahkamlab qo‘yilgan. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tarkibida siyosiy partiyalar fraksiyalarining birontasi mutloq ko‘pchilikka ega emas. Siyosiy partiyalar fraksiyalarini samarali qonun ijodkorligi faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish lozimligi, “Demokratik blok”ning tuzilishi, shuningdek o‘zining muxolifatda ekanligini e’lon qilgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vazifalarini mustahkamlash ham parlament ko‘pchiligi, ham muxolifatining huquqlarini qonun yo‘li bilan mustahkamlashni talab etadi. Siyosiy partiyalar fraksiyalarini bloki tuzilishi va parlament ko‘pchiligi yuzaga kelishi mantiqan parlament muxolifati huquqlarini qonun yo‘li bilan tartibga solishni talab etadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi bunday vazifalarni bajarmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, bu qoidalar 2005 yil 27 iyulda uchinchi o‘qishda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamentida xisobga olingan edi. Jamiyatimiz hayotida ko‘ppartiyaviylikning amal qilishi, ular o‘rtasida raqobat muhitining shakllanishi – o‘z navbatida, demokratik jamiyat tamoyillarinig ko‘proq amal qilib borishini ta’minlaydi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida muhim qoidalar ilgari surilda va hozirda amalga oshirib borilmoqda. Masalan, 8 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. - Т.: O’zbekiston, 2010. 10 bet. 8 siyosiy partiyalarning nafaqat oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat tarkibidagi faoliyati, balki ijroiya hokimiyati faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi siyosiy kuch sifatidagi nufuzi yana bir karra oshganligi, demokratik tamoyillarning amal qilishi yanada mustahkamlanayotganligi asoslab berildi. Yurtboshimizning shaxsan jonbozliklari tufayli qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar bilan bog‘liq masalalar siyosiy partiyalarning mamlakat parlamenti faoliyatini tashkil etish, shuningdek, vakillik va ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ularning faoliyatini nazorat qilishdagi rolini kuchaytirdi. Bundan tashqari, Konsepsiyada siyosiy partiyalarning nafaqat oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat tarkibidagi faoliyati, balki ijroiya hokimiyati faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi siyosiy kuch sifatidagi nufuzi yana bir karra oshganligi, demokratik tamoyillarning amal qilishi yanada mustahkamlanayotganligi asoslab berildi. Ushbu huquqiy mexanizmlar bilan bog‘liq masalalar siyosiy partiyalarning mamlakat parlamenti faoliyatini tashkil etish, shuningdek, vakillik va ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ularning faoliyatini nazorat qilishdagi rolini kuchaytirdi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi faoliyati oshib borayotganligini kuzatish mumkin. Shuningdek, joylarda siyosiy partiyalarning boshlang‘ich partiya tashkilotlari sonining ortib borishi va ularning faollashuvi, o‘z navbatida, fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilishi uchun zamin yaratadi. Masalan, hozirda O'zLiDePning 7583ta boshlang‘ich tashkiloti faoliyat yuritmoqda. 9 O‘zbekiston parlamentida muxolifat partiya sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi mamlakatimizning 14 ta mintaqasida, 200 ta tuman va shaharlarida o‘zining boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega bo‘lib, ularning soni 10608taga yetgan. 10 Partiya a’zolari soni 2010 yilning 1 yanvariga qadar 368,2 ming kishidan iborat bo‘ldi. 2010 yil iyul oyi oxiriga kelib ularning soni 372,7 ming kishidan oshib ketdi. 11 O‘z tarkibiga ko‘ra ushbu siyosiy partiya ko‘p millatli bo‘lib, respublikamizda istiqomat qilayotgan 53 millat vakillaridan iborat a’zosiga ega.
12 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonning mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatanimizning gullab-yashnashini ta’minlash, mamlakatda fuqarolik va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik, har bir oila va butun xalq farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlarni o‘z mafkurasi va siyosiy faoliyatining poydevori, deb biladi. Shuningdek, O‘zbekiston XDPning ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilishga bel bog‘lagani uning mamlakat siyosiy kuchlari so‘l qanoti bo‘lishligini belgilaydi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ham respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Hozirda ushbu partiya a’zolarining soni 115711 kishidan iborat bo‘lib, 49875 nafarini yoshlar takshil etadi (partiya a’zolari umumiy sonining 43,1 foiziga to‘g‘ri keladi). 13 Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar nizomi va dasturlarida yoshlar hayotiga alohida e’tibor qaratilgan. “Adolat” SDP strategik yo‘nalishlarining “Iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish va takomillashtirish” bo‘limida o‘quvchi yoshlarning stipendiyalari va nafaqaxo‘rlarning 9 «ХХI ASR» gazetasi, 2011 yil 11 avgust. 10 2010 yilning 1yabvargacha bo’lgan ma’lumot. 11 Qarang: http://ru.wikipedia.org/wiki/ 12 Qarang:
http://www.xdp.uz/ 13 Qarang: http://www.iscs.uz/index.php. 9 nafaqalarini o‘z vaqtida berilishi bo‘yicha zarur huquqiy asoslarni yaratish masalasiga muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturida esa ishga joylanishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va tegishli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar manfaatlarini himoya qilishi ta’kidlangan. Iqtisodiyot va noishlab chiqarish jabhalarining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kasb va mutaxassisliklari ro‘yxatini qaytadan ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan. O‘quv yurtini bitirgan yoshlarning ishsiz qolmasligiga kafolat yaratish, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun kasb tanlash, ta’lim olishda adolatli, hamma uchun teng va ijtimoiy maqbul sharoitlar yaratish, ta’limni boshqaruvchi tegishli davlat organlarining yoshlarni olib o‘quv yurtlarida to‘lov-shartnoma shaklida o‘qitishni tashkil etishga yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishi kabi masalalarga e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi nizomida yoshlarni milliy g‘oyaga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat, “o‘z elim, o‘z yurtim, jon O‘zbekistonim” deb g‘ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Nizomning “Partiyaning iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor islohotlarini chuqurlashtirish sohasidagi vazifalari” bo‘limida yangi ishchi o‘rinlarini yaratish, ishsizlikka qarshi kurashish, avvalambor, yoshlarni ish bilan ta’minlash nihoyatda zarur va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifadir, deb qayd etilgan. O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining saylovoldi harakat dasturlarida ham yoshlar mavzusi o‘z aksini topgan. Dasturning “Barkamol yoshlarni shakllantirish” bandida partiya yoshlar o‘rtasida ishsizlikni yo‘qotish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida sport, turli milliy o‘yinlar, badiiy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish, shu maqsadlarni amalga oshirish uchun partiyaning yoshlar qanoti – “Milliy uyg‘onish” tashkilotini tuzish, yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatlarini yuksaltirish, ularning jamiyatni boshqarishdagi faol siyosiy ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi hamda yoshlarning ilmiy-texnikaviy ijod erkinligi davlat tomonidan kafolatlanib, ularni ilmiy-texnikaviy rivojlanishdagi ijodiy ishtiroklarini rag‘batlantirishga muhim e’tibor qaratiladi”, deb ta’kidlangan. “Milliy tiklanish” partiyasi o‘z siyosiy maqsadlarini amalga oshirishda ziyolilar, yoshlar, kichik va o‘rta mulkdorlarga suyanadi, deb belgilangan. Partiyaning 42 foizini 30 gacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Partiya dasturining “Iqtisodiy siyosat” bandida ishsizlik muammosini hal etish, qishloq joylarda ishchi o‘rinlarini yaratish, yoshlarni ish bilan ta’minlashni faollashtirishga ahamiyat berilgan bo‘lsa, “Yoshlar siyosati” bandida “Yoshlarning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquqlarini himoyalash, ularning hayotiy ehtiyoj va manfaatlarini ifodalaydigan, yoshlar muammolariga oid dasturlarni ishlab chiqish, hayotga tatbiq etish, zamonaviy bilim, tafakkur, mutaxassisliklarni egallashni rag‘batlantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, qo‘llab- quvvatlashning davlat va nodavlat tizimlarini rivojlantirish, yoshlarning mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtirokini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda fidoyi, o‘z kasb-korining ustasi, halol yoshlarning davlat boshqaruvidagi muhim vazifalarni egallashi uchun sharoitlar yaratish, tadbirkor, ishbilarmon yoshlarning huquq va manfaatlarini izchil himoya qilish, ularning faoliyatiga xalaqit berayotgan to‘siqlarni bartaraf etishning ta’sirchan choralarini ko‘rish” kabi muhim masalalar ilgari surilgan. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yoshlarga mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik, barqarorlik, bunyodkorlikka asoslangan jarayon mohiyati, mazmunini anglatish, his qildirishda, dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar-hodisalarni milliy g‘oya asosida tushuntirishda siyosiy partiyalarning roli sezilarli darajada o‘sgan.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling