Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi


-savol. Mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/90
Sana21.11.2021
Hajmi0.59 Mb.
#176151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
Topics 12-14

3-savol. Mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining

roli va ahamiyatining kuchaytirilishi.

Hozirda,  O‘zbekistonda, jamiyat  hayotini  demokratik  yangilash  jarayonida fuqarolik

jamiyati institutlarining faoliyati, ularning ijtimoiy munosabatlardagi ishtiroki, roli va ahamiyati



10

tobora  ortib  bormoqda.  “Bugungi  kunda  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  demokratik  qadriyatlar,

odamlarning  huquq  va  erkinliklari,  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish,  ularning  ijtimoiy,

sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirishning muhim omiliga aylanmoqda”

14

Boshqaruvning ko‘plab funksiyalari bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan o‘z-o‘zini boshqarish



organlariga o‘tkazib borilmoqda. Aholining turli qatlamlari nodavlat va jamoat tashkiloti orqali

jamiyat boshqaruvida faol qatnashmoqda.

So‘nggi  yillarda  “Jamoat  fondlari  to‘g‘risida”gi,  “Homiylik  to‘g‘risida”gi  qonunlar,

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  institutlari

rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qator hujjatlar qabul

qilindi  hamda  ular  fuqarolik  jamiyati  institutlari  ijtimoiy  faolligini  kuchaytirishda  muhim

ahamiyat kasb etdi.

Yurtboshimiz  tomonidan  “Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risida”gi

Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning

o‘z-o‘zini  boshqarish  organlari  raislari  (oqsoqollari)  va  ularning  maslahatchilarini  saylash

tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ekologik

nazorat to‘g‘risida”gi Qonunlarni, inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini qabul qilish

zarurligi to‘g‘risidagi takliflari yurtimizda kuchli fuqarolik jamiyatini barpo qilish uchun muhim

zamin hozirlaydi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini shakllantirish

va  rivojlantirish  istiqbollarini  muhtaram  Prezidentimiz  Islom  Karimov  o‘zining  yuzga  yaqin

ma’ruza  va  nutqlarida  hamda  asarlarida,  ularni  tashkil  qilish,  davlat  tomonidan  qo‘llab-

quvvtlash,  rivojlantirish,  mavjud  muammolarni  bartaraf  etish  va  kelgusidagi  istiqbollari  bilan

bog‘liq qarashlarini asoslab berdi.

Yurtboshimiz  tomonidan  ilgari  surilgan “Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada

demokratlashtirish,  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalar  rolini  kuchaytirish

to‘g‘risida”gi  Konstitutsiyaviy  qonunning  qabul  qilinishi,  mamlakatimizda  demokratik

islohotlarni chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o‘ynamoqda.

Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

va  Senatining2010  yil  12  noyabrda  bo‘lib  o‘tgan  qo‘shma  majlisidagi  “Mamlakatimizda

demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish

konsepsiyasi”ga  bag‘ishlangan  ma’ruzasining  beshinchi  bobi  “fuqarolik  jamiyati  institutlarini

shakllantirish va rivojlantirish”ga bag‘ishlangan. Ushbu konsepsiyaning beshinchi bobi bevosita

fuqarolik  jamiyati  institutlarining  shakllanishi  va  rivojlanishiga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  unda

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda ushbu tuzilmalarning nechog‘liq ahamiyat kasb

etishi,  bu  borada  kelgusida  qilinadigan  ishlar,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisida  yaqin

yillarda  qabul  qilinadigan    muhim  qonunlar,  amaldagi  qonunlarga  kiritilishi  lozim  bo‘lgan

o‘zgartirishlar xususida fikrlar bayon qilingan. Bular asosan quyidagilardan iborat:

Hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.



Ombudsman,  Inson  huquqlari  bo‘yicha  milliy  markaz,  “Ijtimoiy  fikr”  jamoatchilik  markazi,

Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyat ko‘rsatmoqda.

Fuqarolik  jamiyati  institutlari  tizimida  nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  tobora  rivojlantirish



maqsadida “Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  faoliyatining  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  Qonun qabul

qilindi.


14

Islom Karimov.  “Amalga  oshirayotgan  islohotlarimizi  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati

qurish – yorug’ kelajagimizning asosiy omilidir”. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi

Konsitutsiyasining qabul qilinganining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. “Xalq

so’zi” gazetasi. 2015 yil 6 dekabr soni.



11

“Jamoat  fondlari  to‘g‘risida”gi,  “Homiylik  to‘g‘risida”gi  qonunlar,  O‘zbekiston  Respublikasi



Prezidentining “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko‘maklashish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

“Nodavlat  notijorat  tashkilotlarini,  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlarini  qo‘llab-



quvvatlashni  kuchaytirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qo‘shma  qaror  “uchinchi  sektor”  deb

nom  olgan  fuqarolik  jamiyati  institutlari  faoliyatini  tashkiliy-texnikaviy  va  iqtisodiy  negizini

mustahkamlamoqda.

Islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlash uchun “Ijtimoiy sheriklik



to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilish.

“Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risida”gi  Qonunga tegishli  o‘zgartish  va



qo‘shimchalar kiritish.

“Fuqarolar  yig‘ini  raisi  (oqsoqoli) va  uning  maslahatchilari  saylovi  to‘g‘risida”gi  Qonunga



o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

“O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish.  Inson



huquqlari  sohasida  milliy  harakat  dasturini  ishlab  chiqish. O‘zbekiston  Respublikasining

“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

Sog‘liqni    saqlash,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  aholini,  ayniqsa,  yoshlarni  ish  bilan



ta’minlash,  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  qatlamlarni  qo‘llab-quvvatlash  bo‘yicha  muhim  davlat

dasturlarini  amalga  oshirishda  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  ishtirokining  huquqiy  asosini

yaratib beradigan qonun hujjatlari majmuasini ishlab chiqish.

“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.



Hozirga kelib, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining huquqiy asoslari

barpo  qilingan.  Konsepsiyada  ta’kidlab  o‘tilganidek,  “O‘tgan  davr  mobaynida  mamlakatimizni

demokratik  yangilash  jarayonida  fuqarolik  institutlarining  roli  va  ahamiyatini  kuchaytirishga,

fuqarolarning  eng  muhim  sotsial-iqtisodiy  muammolarini  hal  etishga  qaratilgan  200  dan  ortiq

qonun hujjatlari qabul qilingani ham bu soha rivojiga bo‘lgan katta e’tiborni ko‘rsatadi”

15

Yurtboshimiz  ta’kidlaganidek: “Fuqarolik  institutlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling