Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi


Odam  savdosiga  qarshi  kurashish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/90
Sana21.11.2021
Hajmi0.59 Mb.
#176151
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90
Bog'liq
Topics 12-14

Odam  savdosiga  qarshi  kurashish bo‘yicha  idoralararo  guruh  faoliyatida  ham  "Istiqbolli

avlod" nodavlat tashkiloti faol ishtirok etib kelmoqda.

Mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyati  institutlarini  shakllantirishda  Fuqarolik  jamiyati

shakllanishini  monitoring  qilish  mustaqil  instituti  va  uning  viloyatlarda  faoliyat  ko‘rsatayotgan

hududiy bo‘limlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan

nodavlat  notijorat  tashkilotlari,  turli  sohalar  bo‘yicha  faoliyat  yuritayotgan  markazlar  va

jamg‘armalar  faoliyatini  o‘rganib  borish,  ularning  o‘zaro  aloqasini,  ijtimoiy  sheriklik  asosida

faoliyat  olib  borishini  ta’minlash  kabi  muhim  vazifalarni  hozirda  ana  shu  mintaqaviy  axborot-

tahlil markazlari bajarmoqda. Ushbu institutning asosiy maqsadi – fuqarolik jamiyati asoslarini

shakllantirish  jarayonlarini  tizimli  monitoring  qilish,  mamlakatni  demokratik  yangilash  va

modernizatsiyalashda, fuqarolarning siyosiy madaniyati, huquqiy ongi, ijtimoiy-siyosiy faolligini

oshirishda fuqarolik institutlarining rolini kuchaytirishdan iborat.

Bugungi  kunda  mazkur  nodavlat  tashkiloti  va  uning  hududiy  bo‘limlarida,  xususan,

Andijon  hududiy  bo‘limi  tomonidan  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  jarayonlarini  tizimli

tadqiq  qilish,  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  davlat  va  jamiyatni  boshqarishdagi  rolini

kuchaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi ham o‘zining viloyatlardagi

a’zolari  hamkorligida  tashkil  qilayotgan  turli  tadbirlarini  shu  jamoat  tashkiloti  orqali  olib

bormoqda. Ammo joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlari, jamg‘arma va markazlarning ushbu

assotsiatsiya tarkibida faoliyat ko‘rsatishiga kam e’tibor berilmoqda.

2005  yilda  respublikamizning  barcha  hududlaridagi 150dan  ortiq  nodavlat  notijorat

tashkilotlarining  tashabbuslari  bilan    O‘zbekiston  Nodavlat  notijorat  tashkilotlar  milliy

assotsiatsiyasi  tashkil    etildi.  Hozirda  Assotsiatsiya  uchinchi  sektorning  450  dan  ortiq  faol

vakillarini  o‘z  atrofiga  jamlab,  turli darajadagi  loyihalarni  amalga  oshirishga  qodir,  yetarlicha

kuchga ega mexanizmga aylandi.

Assotsiatsiyaning faoliyati quyidagi 5ta yo‘nalishda olib boriladi:

-

Ayollar va yoshlar yo‘nalishi;



-

Huquqiy yo‘nalish;

-

Ekologiya, iqtisod va ta’lim yo‘nalishi;



-

VICh/SPID masalalari bo‘yicha yo‘nalish;

-

Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish;



Ta’kidlash joizki, Assotsiatsiya 600 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda

o‘tkazgan davra suhbatlarida “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kafolatlari to‘g‘risida”gi

Qonuni  loyihasi  muhokama  etildi  hamda  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  muhokamasiga

kiritildi.  Buning  natijasida  2007  yilda  “Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  faoliyatini  kafolatlari

to‘g‘risida”gi  Qonun  qabul  qilindi.  Ushbu  Qonun  NNTlar  manfaatlarini  himoya  qilishni

kafolatlaydi  va  huquqlarini  mustahkamlaydi,  shuningdek,  davlat  organlari  bilan  ijtimoiy

sheriklik  mexanizmini  rivojlantirib,  davlat  subsidiyasi,  davlat  granti  va  davlatning  ijtimoiy

buyurtmasi  ko‘rinishidagi  davlat  tomonidan  NNTlar  faoliyatini  moliyaviy  qo‘llab-

quvvatlashning bir qator chora-tadbirlarini ko‘zda tutadi.

Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:




16

1.

Jamiyat hayotining turli soha va yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik



jamiyati  institutlari  huquqiy  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyati asoslari  shakllanishining

muhim shartidir.

2.

O‘zbekistonda  olib  borilayotgan  islohotlarning  bosh  maqsadi  erkin  bozor



munosabatlariga  asoslangan  ochiq,  huquqiy  demokratik  davlat  qurish,  adolatli  fuqarolik

jamiyatini  barpo  etish,  odamlar  turmushini  taraqqiy  etgan  davlatlar  darajasiga  ko‘tarish,

mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashidan iboratdir.

3.

Fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillari nodavlat va jamoat birlashmalari orqali



shakllanib  boradi.  Natijada  jamiyat  hayotida  avtoritar  va  totalitar  boshqaruvga  xos  xususiyatlar

barham topib boradi.

4.

Bugungi  kunda  O‘zbekistonda    fuqarolik  jamiyati  institutlari  jahonning



rivojlangan  davlatlari  va  fuqarolik  jamiyatining  umume’tirof  etilgan  tamoyillari  hamda  milliy

o‘ziga xos jihatlar asosida  faoliyat yuritmoqda.

5.

Fuqarolik  jamiyati  institutlari  sifatida  faoliyat  ko‘rsatuvchi  nodavlat  notijorat



tashkilotlari  va  jamoat  birlashmalari,  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  davlat  muassasalaridan  farq  qiladi.

Bu tafovut, asosan, fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilib borishi bilan belgilanadi.

6.

Fuqarolik jamiyatida boshqaruvning ko‘plab funksiyalari davlat tasarrufidan o‘z-



o‘zini  boshqarish    organlariga  o‘tib  boradi.  Aholining  turli  qatlamlari,  alohida  shaxs  muayyan

nodavlat  va  jamoat  tashkiloti  orqali  jamiyat  boshqaruvida  faol  qatnashadi.  Shu  asnoda  jamiyat

o‘zini  o‘zi  boshqarib  boradi.  Bu  jarayonda  qaysidir  shaxs,  hokim  yoki  rahbar  xohish-irodasi,

hukmronligi  yoki  muruvvati  emas,  balki  fuqarolarning  yuksak  huquqiy  madaniyati,

dunyoqarashi ustuvor ahamiyat kasb etadi.

7.

Fuqarolik  jamiyati  institutlari  faoliyatining  asl  mohiyati    unga  a’zo  bo‘lgan



kishilar,  shaxslar,  ijtimoiy  guruhlar,  kasb-kor  egalarining  tub  manfaatlari,  hayotiy  ehtiyojlarini

qondirib borishdan iboratdir.

8.

Kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim jihati fuqarolarning ijtimoiy-



siyosiy  faolligiga  erishish  orqali  ularning  yuksak  ma’naviyatli  shaxs  sifatida  kamolotini

ta’minlashdir.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  kuchli  fuqarolik  jamiyati  tamoyillarining  amal  qilishida

ustuvor ahamiyat kasb etadi.

9.

Ijtimoiy sheriklik”  tushunchasi  mamlakatni  modernizatsiya  qilish,  ijtimoiy

yo‘naltirilgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilish, jamiyat hayotining

barcha sohalarida davlat tashkilotlari bilan nodavlat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining

o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishini anglatadi.

10.


Barkamol  avlodni  tarbiyalab  voyaga  yetkazishda  nodavlat  notijorat  tashkilotlari

va jamoat birlashmalari faoliyati alohida ahamiyat kasb etib, ularning faoliyati aholi turli qatlam

va  guruhlarining  ijtimoiy-siyosiy  manfaatlari,  ehtiyojlari  va  qiziqishlarini  qondirib  borishga

yo‘naltirilgan.

11.

Moddiy-moliyaviy  jihatdan  baquvvat  bo‘lgan  nodavlat  notijorat  tashkiloti



faoliyati  orqali  fuqarolarning  ijtimoiy  manfaat  va  ehtiyojlari  ko‘proq  qondirib  boriladi.  Bu  esa,

o‘z navbatida, jamiyat hayotida ijtimoiy adolat tamoyilining amal qilishini ta’minlaydi.

12.

Hozirda  O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  shakllanishi  va



rivojlanishi  uchun  qulay  ijtimoiy-siyosiy,  huquqiy,  iqtisodiy-moliyaviy  shart-sharoitlar

yaratilgan.  Ularning  soni  va  faoliyat  ko‘lami  tobora  yanada  ortib  va  kengayib  bormoqda.

Masalan,  2010  yilda  ularning  umumiy  soni  5100  ta  bo‘lgan  bo‘lsa,  hozirga  kelib  7  mingga

yaqinni tashkil qilmoqda.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling