O’zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati: O’zR Konstitutsiyasi 4-bob, 17-
moddasida O’zRsining xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosatining huquqiy (5 ta) printsiplari
ishlab chiqildi va asoslab berildi:
1. Davlatlarning suvereniteti, tengligi.
2. Kuch ishlatmaslik yoki tahdid qilmaslik.
3. CHegaralarning daxlsizligi.
4. Nizolarni tinch yo’l bilan hal etish.
5. Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik.
Bu printsiplar O’zbekistonning manfaatdorlik tamoyillari bilan uyg’unlashtirildi.
Prezident Islom Karimov "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" asarida
O’zbekiston tashqi siyosatini amalga oshirish 6 ta amaliy printsiplarini ishlab chiqdi, ular:
1) Milliy davlat manfaatlari ustun bo’lgan holda o’zaro manfaatlarni har tomonlama
hisobga olish.
2) Umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni
mustahkamlash mojarolarni tinchi yo’l bilan hal etish.
3) Teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlilik, boshqa mamlakatlar ichki ishlariga
aralashmaslik, tenglar orasida teng bo’lish.
4) Mavkuraviy qarashlardan qathiy nazar ochiq-oydinlik, barcha davlatlar bilan keng
aloqani o’rnatish.
5) Ichki milliy qonunlardan xalqaro huquq normalarining ustuvorligini tan olish.
6) Ham ikki tomonlama ham ko’p tomonlama tashqi aloqalarni o’rnatish, xalqaro
xamkorlikni kuchaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |