Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi
hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 12-14
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida
hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy
manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda” 16 . Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida yurtimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari rolini yanada kuchaytirish to‘g‘risida fikr bildirib, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etib o‘tdi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bizningcha, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun loyihasida uchta sektor o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy sheriklik munosabatlari va bu munosabatlarning huquqiy asoslari o‘z ifodasini topmog‘i lozim. Chunki mazkur faoliyat mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilashda alohida ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy sheriklik davlat hokimiyati organlari (ayniqsa, Adliya vazirligi va unga qarashli bo‘lgan boshqarmalar, viloyat, shahar va tuman hokimliklari kabilar)
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokrarik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – Т.: “O’zbekiston” nashriyoti, 2010. 43-bet. 16 O’sha asar. 42-bet. 12 tomonidan 2- va 3-sektorning muhim tarmoqlarini shakllantirish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy sharoitlar yaratib berishni nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustda e’lon qilingan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonida nodavlat, xususiy tashkilotlari faoliyatini yanada kengaytirishda muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyat kasb etadi. Bu bejiz emas. Chunki odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning ko‘lamini kengaytirish va chuqurlashtirishda bu tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Har qanday nodavlat tashkiloti va jamoat birlashmasining jamiyat ijtimoiy hayotida samarali faoliyat ko‘rsatishini asosiy va muhim sharti ularning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan ta’minlanganligidir. Zero, moddiy-moliyaviy jihatdan baquvvat bo‘lgan nodavlat notijorat tashkiloti aholi turli qatlamlari, ijtimoiy guruhlarining turli maqsad-manfaatlari, ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. NNT mablag‘larining salmoqli qismini aholi o‘rtasida ma’naviy-mafkuraviy ishlarni amalga oshirishga sarflanmog‘i lozim. Chunki aholini yuksak ma’naviyatga, siyosiy va huquqiy madaniyatga erishuvi orqaligina huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslari barpo qilinadi. Bu borada ham mamlakatimizda muhim ishlar amalga oshirib borilmoqda. 2008 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi. Unda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab- quvvatlash jamoat fondi, Fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasini tashkil qilish yuzasidan qaror qabul qilindi. Qo‘shma qaror jamoat fondlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga moliyaviy ko‘mak berish orqali ularning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish va shu orqali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyatini amalda kuchaytirishni nazarda tutadi. Ushbu Fond va Parlament komissiyasi “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlarga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlarini (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar taqsimlanishini tashkil etish, NNTlarni moddiy, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturini shaklllantirish hamda amalga oshirish maqsadida tuzildi. Hozirda “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorga binoan, NNTlar faoliyatini moliyalashtirish manbalarini shakllantirishning demokratik tamoyillarga asoslangan tizimi yaratildi. Bugungi kungacha ushbu fond tomonidan respublikada nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 30 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. AQShda 1 mln.dan ko‘proq nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritadi. Umumiy aholisining har 300 kishisiga bittadan NNT to‘g‘ri keladi. Ularda Amerika aholisining 7,8 foizi xizmat qiladi. Rivojlangan 22 ta mamlakatda ish bilan band aholining 4,9 foizi bevosita nodavlat sohada mehnat qiladi. Bu ko‘rsatkich Niderlandiyada 12,4, Irlandiyada 11,5, Belgiyada 10,5, Isroilda 9,2, Avstraliyada 7,2 va Buyuk Britaniyada 6,2 foizga tengdir. Rossiyada hozirda 600 mingdan ziyod NNTlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib (hozirda Rossiya aholisi 142 millionga yaqin), har 236 kishiga bittadan NNT to‘g‘ri keladi. Rossiya Federatsiyasining birgina Yaroslavl viloyatida 4000 ga yaqin NNT rasman ro‘yxatga olingan. Ammo hozirda ularning 30 foizigina faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda esa jami 7 mingga yaqin fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, aholining har 4300 kishiga bittadan nodavlat tashkilotlari va jamoat birlashmalari to‘g‘ri keladi. Ularning salmog‘i yildan-yil ortib bormoqda. 13 “Mazmun-mohiyatiga ko‘ra, – deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov, – sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni, biz tanlagan davlat va jamiyat qurilishi modelini tatbiq etish jarayonida fuqarolarning mamlakat boshqaruvidagi rolini oshirib borishni asosiy o‘ringa qo‘yadigan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni yanada faollashtirish masalasini bugun hayotning o‘zi kun tartibiga tobora qat’iy qilib qo‘ymoqda. Bu amalda fuqarolik jamiyati institutlarining butun tizimini rivojlantirish, uning mamlakatni, ma’muriy-hududiy tuzilmalarni boshqarish jarayoniga uyg‘un ravishda integratsiyalashuvini anglatadi” 17 . O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati instituti sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy-madaniy markazlarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ular O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 130dan ziyod turli millat va elat vakillarining maqsad hamda manfaatlarini ta’minlashga, milliy qadriyatlari, udumlarini saqlashga ko‘mak berib kelmoqda. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, Respublika baynalmilal madaniyat markazi o‘z faoliyati davomida mamlakatimizda millatlararo va fuqarolararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslar paydo bo‘layotgan haqiqiy do‘stlik uyiga aylandi” 18 .
madaniy markaz (MMM) faoliyat olib bormoqda. Ulardan 14 tasi respublika maqomiga ega. MMMlarning 31 tasi koreyslar, 23 tasi ruslar, 10 tasi tojiklar, 9 tasi qozoqlar, 9tasi tatarlar tomonidan (3 tasi tatar-boshqird MMM) tuzilgan. Shuningdek, 8ta ozarbayjonlar, 7ta turkmanlar, 6 tadan ukrainlar va qirg‘izlar, 5 tadan turklar va Yevropa yahudiylari milliy- madaniy markazlari faoliyat yuritmoqda. Nemislar, polyaklar va armanlar tomonidan 4 tadan, uyg‘urlar va Buxoro yahudiylari tomonidan 3tadan, beloruslar va qrim tatarlari tomonidan 2 tadan, arablar, bolgarlar, boshqirdlar, greklar, gruzinlar, litvaliklar, qoraqalpoqlar, xitoylar va dunganlar tomonidan esa 1 tadan MMM tashkil etilgan. Respublika baynalmilal madaniyat markazi va MMM faollaridan 71 kishi yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shu jumladan, 32 kishi “Do‘stlik” ordeni, 2 kishi “Mehnat shuhrati” ordeni, 13 kishi “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 7 kishiga faxriy unvon, 17 kishiga O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i berilgan. Mukofotlanganlar orasida 24 millat vakillari bor. O‘zbekiston Qahramoni Vera Borisovna Pak Xorazm viloyati koreys MMM boshqaruvi a’zosidir. Respublika rus markazi raisi Svetlana Ivanovna Gerasimova esa senator, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi. Televidenie va radioda 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, tatar, uyg‘ur, ozarbayjon) ko‘rsatuv va eshittirishlar olib boriladi. Gazetalar 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, koreys, tojik, turkman, ukrain, ingliz), jurnallar esa 8 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) bosiladi. O‘rta va oliy ta’lim 7 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida amalga oshiriladi. Milliy madaniy markazlar faoliyati mamlakatimizda turli millat vakillarining emin-erkin umrguzaronlik qilayotganligini, ularning O‘zbekiston fuqarosi sifatida konstitutsiyaviy huquqlari davlat tomonidan kafolatlanganligini bildiradi. Millatlararo totuvlik esa fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim belgilaridan biridir. Bu tamoyil O‘zbekistonda to‘la amal qilyapti, desak xato qilmagan bo‘lamiz. 2006 yil O‘zNNTMA tomonidan hududlarda NNTlar faoliyatini yanada rivojlantirish uchun respublikamizning barcha viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida resurs markazlari tashkil etildi. Mablag‘larni tejash maqsadida resurs markazlari yuridik shaxs, filial 17 Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. –Т.: O’zbekiston, 2010. 27-bet. 18 Karimov I.A. Respublika baynalminal madaniyat markazi tashkil etilganining 15 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish qatnashchilariga //Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma'naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mеzoni va maqsadidir. 15-jild. –T.: O’zbеkiston, 2007. 126-bеt.
14 yoki vakolatxona shaklida emas, balki mavjud NNT negizida shartnoma asosida tuzildi. 2006 yilda O‘zNNTMAning Resurs markazi sifatida faoliyat yuritish uchun tanlov asosida 5 ta NNT, 2007 yilda esa 7 ta NNT bilan shartnoma tuzildi. Bu tashkilotlar shartnomaga binoan joy, kompyuter texnikasi, “Norma” huquqiy bazasi bilan ta’minlandi. Shuningdek, 1 ta xodimga oylik maosh va Internetdan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi. 2007 yil 13 yanvardan boshlab respublikamizning barcha hududlarida resurs markazlari faoliyat boshladi. “O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida resurs markazlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizom O‘zNNTMAning 2008 yil 12 martdagi kengash majlisida tasdiqlangan.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling