Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun
Download 28.41 Kb.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5430-son “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etilganligi munosabati bilan mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qo‘shgan hamda jamiyatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda tashabbuskor fuqarolarni taqdirlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashining “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida topshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashining qarori asosida amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar: “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq; “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini ta’minlasin. 5. “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2018-yil 14-noyabr, PQ-4017-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi PQ-4017-son qaroriga 1-ILOVA “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risida Nizom 1. “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda ko‘krak nishoni deb ataladi) bilan mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qo‘shgan hamda jamiyatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadilar. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. 2. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi (keyingi o‘rinlarda Maslahat kengashi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Maslahat kengashining ishchi organi hisoblanadi. 3. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan hududlar miqyosida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalariga taqdim etiladi. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar ko‘rib chiqilib, har yili 15-noyabrgacha Maslahat kengashiga taqdim etiladi. 5. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish va taqdirlash uchun nomzodlarni tanlab olish tartibi Maslahat kengashi tomonidan belgilanadi. 6. Maslahat kengashi yig‘ilishida ushbu nizomning 4-bandida nazarda tutilgan takliflar ko‘rib chiqiladi va taqdirlash haqida qaror qabul qilinadi. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qaror tegishli matbuot nashrlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 7. Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi 8-dekabr — Konstitutsiya kuni bayrami arafasida Maslahat kengashi rahbari (yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi. 8. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar. 9. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan, qoidaga ko‘ra, bir marta mukofotlanadi. 10. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi PQ-4017-son qaroriga 2-ILOVA “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonining Tavsifi “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Ko‘krak nishonining old tomoni markaziy qismida doira shaklda to‘q sariq rangda 5 nafar odam (bosh va yelka qismlari) siluetining birlashmasi hamda uning ikki yonida dafna yaproqlari aks ettirilgan. Dafna yaproqlarining yuqori qismida sakkiz qirrali yulduz joylashgan, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Nishonning tashqi aylanasining pastki qismida uchta yulduz va tashqi aylananing atrofi bo‘ylab “FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISNGA QO‘SNGAN NISSASI UCNUN” so‘zlari yozilgan. Ko‘krak nishonining orqa tomonida O‘zbekiston xaritasi tasviri tushirilgan globus ustida ko‘kka parvoz qilishga intilayotgan uchta turna tasviri aks etgan. Ko‘krak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Ko‘krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan. Ko‘krak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ichga ulangan. Qadag‘ichning eni — 26 millimetr, bo‘yi — 17 millimetr. Qadag‘ich eni 22 millimetrli ko‘k rangli shoyi lenta bilan qoplangan. Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan. “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi PQ-4017-son qaroriga 3-ILOVA “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni guvohnomasining Tavsifi “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni guvohnomasi 160 x 110 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi. Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) yashil rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan. Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida bo‘lgan to‘q yashil rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oralig‘i 3,5 millimetrli to‘rt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “FUQAROLIK JAMIYATINI” ikkinchi va uchinchi satrda “RIVOJLANTIRISNGA QO‘SNGAN NISSASI UCNUN”, to‘rtinchi satrda “ko‘krak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar to‘q yashil rangda aks ettirilgan. Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan. Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan. Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan. “GUVONNOMA” so‘zidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan. Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oralig‘i 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti”, ikkinchi satrda “huzuridagi Fuqarolik jamiyatini”, uchinchi satrda “rivojlantirish bo‘yicha maslahat”, to‘rtinchi satrda “kengashining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 5 millimetr pastda oralig‘i 4 millimetr bo‘lgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli Qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 5 millimetr pastda, markazda oralig‘i 5 millimetrli to‘rt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “FUQAROLIK JAMIYATINI” ikkinchi va uchinchi satrlarda “RIVOJLANTIRISNGA QO‘SNGAN NISSASI UCNUN” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), to‘rtinchi satrda “ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. So‘nggi so‘zlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda oralig‘i 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Maslahat kengashi”, ikkinchi satrda “rahbari” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni guvohnomasi (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2018-y., 07/18/4017/2188-son) Download 28.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling