Fuqarolik majburiyati Tarixiy binolar orqali aholida kelib chiqayotgan muammolar. Buxoro shahar arxitekturasidagi muammolar


Tarixiy binolar orqali aholida kelib chiqayotgan muammolar


Download 19.48 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi19.48 Kb.
#1610221
1   2   3
Bog'liq
Tabiatni muhofaza qilish

2.Tarixiy binolar orqali aholida kelib chiqayotgan muammolar.
Bahouddin Naqshband koʻchasidagi 134-uyda yashovchi Maxfirat Toʻxsanova viloyat Madaniy meros boshqarmasiga murojaat etdi. Uning maʼlum qilishicha, “Buxoro madaniy markazi” hududida joylashgan hovlisining devori qulab tushgan.
— Juda noqulay vaziyatdamiz, — deydi u. — Issiq suvdan foydalana olmayapmiz. Chunki hojatxonayu hammomga ham ziyon yetdi. Devorni tezroq qayta tiklamasam qiynalib qolamiz. Buning uchun ruxsatnoma kerak. Shu masalada yordam soʻrab keldim.
Boshqarma rahbaru mutaxassislari murojaatchiga imkon qadar koʻmaklashish chora-tadbirini koʻrishdi. Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor, deganlaridek, mabodo, Maxfirat Toʻxsanova qulagan devoru hojatxona oʻrnida tamoman yangi bino qurish niyatida boʻlsa-chi? Unda masala ancha chigallashadi. Negaki, buning uchun Madaniy meros departamenti huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining ruxsati kerak. Bunday ruxsatni esa amalda haftalab, oylab kutishga toʻgʻri kelmoqda. Binobarin, oddiy fuqaroning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, qurilish va taʼmirlash boʻyicha loyihalarni kelishish jarayoni soddalashtirilsa, ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan toʻlovlar miqdori ham kamaytirilsa, ayni muddao boʻlardi.
— “Buxoro tarixiy markazi”dagi obyektlarning 15, nari borsa 20 foizini tarixiy yodgorliklar tashkil etadi, — deydi “ARC” meʼmorchilik firmasi loyiha bosh arxitektori Zoirshoh Qilichev. — Qolgani esa aholi turarjoylaridir. Bu uylarda yashovchilar zamonaviy shart-sharoitlarda istiqomat qilishni xohlashadi, albatta. Negaki, bu uylar yogʻochdan qurilgan. Vaholanki, choʻpkori uylar 70 — 80, nari borsa, 100-yilgacha yaroqli boʻladi.
Hozirgi kunga qadar tarixiy obidalar restavratsiyasiga, ularni taʼmirlashga mablagʻ ajratib kelinmoqda. Ammo tarixiy markazdagi eski uylarda yashovchilar negadir eʼtibordan chetda qolishyapti. Holbuki, madrasa-masjidlar, mahobatli minorayu karvonsaroylar qurish gʻoyasi aynan shu uylarda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizdan chiqqan. Meʼmorchilik sanʼati ildizi shu qadimiy uylarga borib taqaladi.
Buxoro meʼmorchiligida oʻzidan yorqin iz qoldirgan taniqli arxitektor ­Mahmud Ahmedovning shogirdi sanalgan Zoirshoh aka tarixiy shaharlarimizning asl qiyofasini saqlab qolish yuzasidan juda koʻp joʻyali fikrlarni oʻrtaga tashladi.
— Buxoroi sharif urbanizatsiya jarayonini boshdan kechirgan, rivojlangan qadimiy shahar hisoblanadi, — deydi u. — Binobarin, bu kabi qadimiy kentlarimizda ish boshlayotgan masʼullar “Eski shahar nima degani oʻzi, nega uni YUNESKO roʻyxatga olgan?” degan savollarni oʻz oldiga qoʻyishi, maʼlum bir bilim va malakaga ega boʻlishi zarur. “Buxoro tarixiy markazi”dagi qadimiy uylarga qaytadigan boʻlsak, ularni ilmiy izlanishlar negizida YUNESKO ­talabiga mos ravishda bosqichma-bos­qich rekonstruksiya, restavratsiya, renavatsiya qilish, aholiga imtiyozli kredit aj­ratish chora-tadbirlarini koʻrish ­kerak. ­Negaki, odamlarning ilmiy restavratsiya qilish uchun qurbi yetmaydi.Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi: odamlar deylik, nega Sochiga borishadi? Chunki u yerda sihatgohlar, plyajlar bor. Qora dengiz boʻlmaganida u yerga kim borardi? Hech kim. Inchunin, osoriatiqalarimizni asl holida saqlash toʻgʻrisida jiddiy oʻylashimiz kerak. Chunki xorijiy sayyoh “Buxorodagi qadimiy devorda saqlanib qolgan bir parcha naqshni koʻraman”, degan maqsadda minglab chaqirim yoʻl bosib shahrimizga keladi. Agar sharif shahrimizning asl qiyofasini saqlab qolmasak, bu yerga sayyohlarning tashrifini kutish mumkinmi?!
3. Buxoro shahar arxitekturasi muammolari…— Yaqinda Yevropadan kelgan sayyohga hamrohlik qildim, — deydi tanish gidlardan biri. — Qadimiy Ark, Labi Hovuz, Poyi Kalon, Sitorai Mohi Xossani miriqib tomosha qilgan mehmonimiz kutilmaganda yangi shaharni ham koʻrmoq istagini bildirdi.
Uni shahrimizning yaqinda qad rostlagan 7-mavzesi, unga yondosh 5-mavzesiga olib bordik. Ortga qaytayotganimizda sayyohdan taassurotlarini soʻradik. Soʻradigu tilimizni tishlab qoldik. “Yangi shahringizni tomosha qilgani behuda vaqt sarfladim, — dedi u. — Bu yerda milliy arxitektura anʼanalaridan asar ham yoʻq ekan”.Ha, bu ochiq va achchiq gap edi!Taassufki, sayyohning gapida jon bor. Chindan ham, koʻp qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha obyektlari qad rostlagan va rostlayotgan goʻshalarda milliy meʼmorchiligimizga xos unsurlar sezilmaydi. Sharqona uslub koʻzga tashlanmaydi. Ular kishiga bir qolipdan tushgan gʻisht­ni eslatadi. Axir sayyoh Buxoroga sovuq oʻlkalarning qaysidir bir shahri qiyofadoshini emas, Buxoroni koʻrgani keladi.
— Bu eng katta muammolarimizdan biri, — deydi Zoirshoh Qilichev. — Agar rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan boʻlsak, ularda yangi quriladigan har bir uy tajribali mutaxassislar muhokamasidan, bahsu munozarasidan oʻtadi. Keyin quriladi. Shu bois oʻlaroq, deylik, Sidney, Kanberra, Dubay kabi shaharlar sayyohlarni xuddi ohanrabodek oʻziga tortmoqda.
Bilasiz, tabiiy iqlim har qayerda har xil. Agar uylar mahalliy iqlim sharoitiga mos, havoning issiq-sovuqligi, changlanish darajasi va boshqa shu kabi omillar inobatga olinib qurilsa, bizda ham ajoyib arxitektura hosil boʻladi. Afsuski, ayrim “mutaxassislar” almisoqdan qolgan uylardan nusxa olib, koʻp qavatli uylar qurishda davom etmoqda.
Shu oʻrinda aytish joizki, “ARC” meʼmorchilik firmasida mahalliy shart-sharoitga mos, oʻziga xos dizaynga ega koʻplab loyihalar tayyorlangan va amaliyotga tatbiq etilgan. Firma mutaxassislari bizni ularning ayrimlari bilan tanishtirdi.
Darhaqiqat, bu uylarda sharqona uslub bor. Ularning hatto tomidan ham foydalanish mumkin. Yana bir eʼtiborli jihati, shu loyiha asosida bino qurilayotganida yon-atrofdagi birorta daraxtga ziyon yetmagan.

Download 19.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling