Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yo‘lovchilarni tashish] 39-bob. Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish


Download 1.93 Mb.
bet132/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   324
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yo‘lovchilarni tashish]
39-bob. Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish
709-modda. Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy qoidalari
Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish (quyida tashish deb yuritiladi) tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Tashishning umumiy shartlari ushbu Kodeks, transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalar bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l ustavi”, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining Ichki suv transporti ustavi”.
Transportning ayrim turlarida yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish shartlari, shuningdek taraflarning ularni tashish bo‘yicha javobgarligi, agar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, boshqa qonunlarda va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-martdagi 128-son “Toshkent metropolitenida pensionerlarni bepul tashish to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 21-oktabrdagi 57-mh-son qarori bilan tasdiqlangan “Havo kemalarida pochtani tashish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent shahrida yo‘nalishli xususiy taksilarda yo‘lovchi tashish tartibi to‘g‘risida Nizom”, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2013-yil 26-apreldagi 76-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Daryo transportida yuk tashish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 314-son “Temir yo‘lda tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 11-apreldagi 45-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “O‘zdavtemiryo‘lnazorat”, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2006-yil 17-iyuldagi GI 1/6-7-16-son va 01-8/2319-son qarori bilan tasdiqlangan “Temir yo‘llarda p�chtani tashish va pochta vagonlarini ekspluatatsiya qilish qoidalari Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2005-yil 25-maydagi 5 va 80-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yo‘l transportida tashish Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2005-yil 25-maydagi 4 va 79-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish Qoidalari”.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling