Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Vositachilik narsasi hisoblangan ashyolarga bo‘lgan huquq


Download 1.93 Mb.
bet181/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   324
838-modda. Vositachilik narsasi hisoblangan ashyolarga bo‘lgan huquq
Komitentdan vositachiga o‘tgan yoki vositachi komitent hisobidan sotib olgan ashyolar komitentning mulki bo‘ladi.
Vositachi ushbu Kodeksning 290-moddasiga muvofiq o‘z qo‘lida bo‘lgan, komitentga yoki komitent ko‘rsatgan shaxsga topshirilishi kerak bo‘lgan ashyolarni vositachilik shartnomasi bo‘yicha o‘z talablarini ta’minlash uchun ushlab turishga haqli.
Komitent nochor (bankrot) deb e’lon qilingan taqdirda vositachining mazkur huquqi bekor qilinadi, uning o‘zi ushlab turgan ashyolar qiymati doirasida komitentga qo‘yadigan talablari ushbu Kodeksning 291-moddasiga muvofiq garov bilan ta’minlangan talablar qatorida qanoatlantiriladi.
839-modda. Vositachining talablarini komitentga tegishli summalardan ushlab qolish
Vositachi ushbu Kodeksning 343-moddasiga muvofiq vositachilik shartnomasi bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan summalarni komitent hisobidan o‘ziga tushgan hamma summalardan ushlab qolishga haqli. Biroq komitentning o‘z talablarini qondirish navbati bo‘yicha garov saqlovchilar oldida imtiyozdan foydalanadigan kreditorlari bu talablarni vositachi ushlab qolgan summalardan qanoatlantirish huquqidan mahrum etilmaydilar.
840-modda. Komitentning mol-mulki yo‘qolganligi, yetishmasligi yoki shikastlanganligi uchun vositachining javobgarligi
Vositachi o‘z ixtiyoridagi komitent mol-mulkining yo‘qolishiga, yetishmasligiga yoki shikastlanishiga olib kelgan har qanday kamchilik uchun komitent oldida javobgar bo‘ladi.
Agar vositachi komitent yuborgan yoki vositachiga komitent uchun kelgan mol-mulkni qabul qilib olayotganida bu mol-mulkda tashqaridan ko‘zdan kechirganda sezib qolinishi mumkin bo‘lgan shikastlanish yoki yetishmovchilik mavjud bo‘lsa, shuningdek komitentning vositachi qo‘lida turgan mol-mulkiga biron-bir shaxs zarar keltirgan taqdirda vositachi komitentning huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘rishi, zarur dalil-isbotlarni to‘plashi va bularning barchasi haqida darhol komitentni xabardor qilishi shart.
O‘z ixtiyoridagi komitentning mol-mulkini sug‘urtalamagan vositachi buning uchun faqat komitent unga mol-mulkni komitent hisobidan sug‘urtalashni buyurgan yoki vositachining bu mol-mulkni sug‘urtalashi vositachilik shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida nazarda tutilgan hollar javobgar bo‘ladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling