Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining shakli va uni ro‘yxatga olishga qo‘yiladigan talablar


Download 1.93 Mb.
bet191/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   324
863-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining shakli va uni ro‘yxatga olishga qo‘yiladigan talablar
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish ko‘radigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni ro‘yxatga olgan organ tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning Ma’muriy reglament”.
864-modda. Kompleks tadbirkorlik bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida litsenziatning o‘ziga berilgan litsenziya kompleksi yoki uning bir qismidan boshqa shaxslarning u litsenziar bilan kelishgan yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida belgilangan shartlarda foydalanishiga ruxsat berish huquqi nazarda tutilishi mumkin. Xuddi shuningdek, shartnomada litsenziatning muayyan vaqt davomida foydalanish hududini ko‘rsatgan yoki ko‘rsatmagan holda muayyan miqdorda qo‘shimcha litsenziyalar berish majburiyati ham yozib qo‘yilishi mumkin.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining bekor qilinishi kompleks tadbirkorlik bo‘yicha qo‘shimcha litsenziyani ham bekor qiladi.
865-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha haq to‘lash shakli
Litsenziat litsenziarga qat’iy belgilab qo‘yilgan bir yo‘la yoki davriy to‘lovlar, tushumdan ajratmalar, litsenziar tomonidan unga qayta sotish uchun yetkazib beriladigan tovarlarning ulgurji narxlariga ustamalar shaklida yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida nazarda tutilgan boshqa shaklda haq to‘laydi.
866-modda. Litsenziarning majburiyatlari
Litsenziar:
litsenziatga texnikaviy va tijorat hujjatlarini topshirishi hamda litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha o‘ziga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotni taqdim etishi, shuningdek litsenziat va uning xodimlariga ushbu huquqlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar berishi shart;
litsenziatga shartnomada nazarda tutilgan litsenziyalarni berishi, ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlashi;
litsenziatga doimiy texnikaviy va maslahat yordami ko‘rsatishi, shu jumladan xodimlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirishda yordam berishi shart.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida litsenziarning boshqa majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling