Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-bob. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar


Download 1.93 Mb.
bet242/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   324
57-bob. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
1-§. Umumiy qoidalar
985-modda. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning umumiy asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
G‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
(985-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Qonunda zararni to‘lash majburiyati zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda yoki shartnomada jabrlanuvchilarga zararni to‘lashdan tashqari tovon to‘lash majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin.
(985-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Zarar yetkazgan shaxs, agar zarar o‘z aybi bilan yetkazilmaganini isbotlasa, zararni to‘lashdan ozod qilinadi. Qonunda zarar yetkazgan shaxsning aybi bo‘lmagan taqdirda ham zararni to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
Qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda to‘lanishi lozim.
Agar zarar jabrlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan yetkazilgan bo‘lsa, zarar yetkazgan shaxsning harakatlari esa jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zararni to‘lash rad etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
986-modda. Zarar yetkazishning oldini olish
Kelgusida zarar yetkazilishi xavfi borligi bunday xavfni yuzaga keltiradigan faoliyatni taqiqlash to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga asos bo‘lishi mumkin.
Agar yetkazilgan zarar zarar yetkazishni davom ettirayotgan korxona, inshootdan foydalanish yoxud boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibati bo‘lsa, sud javobgarga zararni qoplashdan tashqari tegishli faoliyatni to‘xtatib turish yoki tugatish majburiyatini yuklashga haqli.
Tegishli faoliyatni to‘xtatib turish yoki tugatish jamoatchilik manfaatlariga zid bo‘lgan taqdirdagina, sud bu haqdagi da’voni rad etishi mumkin. Bunday faoliyatni to‘xtatib turishni yoki tugatishni rad etish jabrlanuvchilarni ushbu faoliyat tufayli yetkazilgan zararni undirish huquqidan mahrum etmaydi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling