Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


Download 1.93 Mb.
bet39/324
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1582815
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   324
474-modda. Energiya haqini to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda yoki energiya bilan ta’minlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, energiya haqi abonent amalda qabul qilgan energiya miqdori uchun to‘lanadi, bu miqdor ushbu Kodeksning 470-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
(474-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 8-bobi va “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”ning 8 — 10-boblari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi iste’molchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risida Nizom”.
475-modda. Abonent tomonidan energiyaning boshqa shaxsga berilishi
Abonent energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan tutashtirilgan tarmoq orqali qabul qilib olgan energiyani boshqa shaxs (qo‘shimcha abonent)ga faqat energiya bilan ta’minlovchi tashkilot roziligi bilan berishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda yoki energiya ta’minoti shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, abonent tomonidan energiyani qo‘shimcha abonentga berish shartnomasiga nisbatan ushbu paragraf qoidalari qo‘llanadi.
(475-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, energiyani qo‘shimcha abonentga berish chog‘ida abonent energiya bilan ta’minlovchi tashkilot oldida javobgar bo‘lib qolaveradi.
(475-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling