Fuqorolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida


Download 35 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi35 Kb.
#200644
Bog'liq
13 variant


1-topshiriq

O'zbekiston Respublikasining "Fuqorolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq hamda aholining malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va ijtimoiy himoyaga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash, shuningdek tibbiy xizmatlarning sifatini yaxshilash uchun tashkiliy , iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, sog'lom avlodni tarbiyalash sog'liqni saqlash tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq holga keltirish maqsadida: 1. Respublika komissiyasitomonidan ishlab chiqilgan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12-iyundagi F-856-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimini 1998—2005-yillarda isloh qilishning quyidagi tarkibdagi Davlat dasturi ma'qullansin: 1998—2005-yillarda sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq; bepul tibbiy yordam ko'rsatadigan va budjetdan moliyalanishi lozim bo'lgan davolash-profilaktika muassasalari ro'yxati, 2-ilovaga muvofiq; bosqichma- bosqich pulli tibbiy xizmatlarga o'tkazilishi lozim bo'lgan davolash- profilaktika muassasalari ro'yxati, 3- ilovaga muvofiq; 2001—2005- yillarda qishloqvrachlik punktlari tarmog'ini rivojlantirish dasturi, 4- ilovaga muvofiq. 2. " Toshuyjoyinvestqurilish" korparatsiyasining tibbiyot sanitariya qismi, Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi, respublika va Toshkent viloyat sanitariya aviatsiyasi negizida 7- ilovaga muvofiq tarkibda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazini mintaqaviy filiallari bilan tashkil etish to'risida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpoq Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifi maqullansin. 3. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fan va texnika davlat qo'mitasi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 1998- yilga belgilangan xodimlar soni va ajratilgan mablag'lar doirasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi hamda uning Nukus shahri va viloyat markazlaridagi filiallarining ishlashi bilan bog'liq tashkiliy, texnikaviy, moliyaviy hamda boshqa masalalarni hal qilsinlar, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning joylardagi filiallari yuqori malakali mutaxasislar bilan to'ldirilishini taminlasinlar. 4. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi shu yilning 20- dekabriga qadar kasallik turlarini va bemorlarni davolab , salomatligini tiklashni hisobga olgan holda ularni shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida bo'lishining cheklangan muddatlarini ishlab chiqib, joriy etsin. 5. Nodavlat davolash- profilaktika muassasalari, shu jumladan, aholiga pulli tibbiy xizmat ko'rsatuvchi xususiy davolash- profilaktika muassasalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadiganro'yxatga muvofiq imtiyozga ega bemorlar 20 foizga qadar bepul tibbiy xizmat ko'esatishlari hamda bu xizmatlar budjet hisobidan moliyalanishi belgilab qo'yilsin.

2- topshiriq

Prezident lotincha " pre" avval va " sedere" o'tirmoq o'zb . " oldinda o'tirgan " – biror tashkilot, kompaniya, kasaba uyushmasi, universitet yoki mamlakat rahbari lavozimidir . Ushbu so'z etmologik tarixi jihatdan, biron bir yig'ilishda yoki tantanada eng oldinda o'tirgan kishi ma'nosidan kelib chiqqan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi— O'zbekiston Respublikasi hukumati; ijro etuvchi hokimtatning markaziy organi . Qarorgohi— Toshkent shahrining mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsitasining 20- bobida va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida " qonunda belgilangan. Parlament– inglizcha: parliament, fransuzcha: parlement davlatningdavlat hokimyati organlaridan biridir. Parlament vakillik muassasasi bo'lib, uning deputatlari xalq tomonidan saylanadi va Parlamentda uning manfaatlari himoya qilinadi. Parlament qonunchilik hokimyatini amalga oshiradi, ya'ni davlatning qonunlarini qabul qilishda mutloq huquqqa ega bo'ladi. Ombudsman–shvedcha ombudsman– biron kishi manfaatlarining vakili , turli xil ma'muriy organlar, ba'zi mamlakatlarda esa –shuningdek, xususiy shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab qo'yiladigan mansabdor shaxs. Demokratiya– qadimgi yunoncha: " xalq hokimyati"– barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi.

3-topshiriq.



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 6 sentabr kuni qishloq xo'jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi bo'yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to'kin, xalqimiz rizqi mo'l- ko'l bo'lishidan tortib eksportdan qo'shimcha daromad topishgacha bo'lgan juda ko'p masalalar shu soha bilan bog'liq . Keyingi yillarda qishloq xo'jaligini isloh qilish va bozor mehanizmlarini joriy etish bo'yicha qator ishlar amalga oshirildi. Davlat xarid narxlari qariyb 3 barobarga ko'paytirilgani natijasida manfaatdorlik oshdi. Paxtachilik va g'allachilik hashar emas, chinakkam daromad manbaiga aylandi. Yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish, mehnat unumdorligi va ish haqini oshirish maqsadida 76 ta paxta- to'qimachilik klasterlari tashkil etildi. Joriy yilning o'zida 25 ming gektar paxta maydonlarida suv tejovchi yangi sug'orish tizimi joriy qilindi. Foydalanishdan chiqqan 1 million 100 ming gektar yerni qayta ishga kiritish bo'yicha sa'y-harakatlar boshlanadi. Bular, albatta, yaxshi natijalar, lekin mazkur ishlar– islohotlarning birinchi bosqichi. Prezidentimiz faqat bugunni emas, balki ertangi kunni ham o'ylab, uzoqni ko'zlab islohotlarni yangi bosqichga ko'tarish vazifasini qo'ymoqda. Shu maqsadda qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu iqtisodiyotimizning asosiy o'sish nuqtasi, "drayveri" bo'ladi. Ming- minglab ish joylari yaratiladi, odamlarning daromadi oshadi. Yig'ilishda mazkur strategiyani amalga oshirish uchunzarur bo'lgan muhim vazifalar belgilab berildi. Bunda qishloq xo'jaligi yerlarining aniq hisobini yuritish ulardan foydalanishni takomillashtirish lozimligi qayd etildi. Shundan kelib chiqib, " Yergeosezkadastr" qo" mitasiga 2021 yil oxirgacha respublikaning barcha hududlarida yerni hisobga olish ishlarini yakunlash, yer hisobini yuritish bo'yicha yagona elektron bazani yaratish topshirildi. Unumdorlikni oshirishga, ko'p yillik mevalar yetishtirishga intilishi uchun yer egalarining ertangi kunga to'la ishonchi bo'lishi kerak. Shu bois Prezidentimiz qonunchilikni qayta ko'rib chiqib, yer ajratishning shaffof tizimi va yerga bo'lgan huquqning kafolotlanishini ta'minlash zarurligini ta'kidladi. Qishloq xo'jaligida suvdan to'g'ri foydalanish ham juda muhim masala. Tahlillarga ko'ra, yurtimizda ekin maydonlariga milliardlab kub metr suv yo'naltirilsada uning faqat 60 foizi ekinlarga yetib boradi, 40 foizi sug'orish tizimlaridava sug'orish jarayonlarida yo'qotiladi.Qishloq xo'jaligida islohotlarni amalga oshirishda eng ustuvor masala sifatida yerga mulkchilik masalasi hal qilindi. O'zbekiston Respublikasida sug'oriladigan yerlarning kamligini hisobga olib, yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkun emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkunligini huquqiy hujjatlarda qayd etildi. Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshlab qabul qilingan meyoriy hujjatlarda , xususan " Yer to'g'risidagi va boshqa qonunlarda va Prezident farmonlaridaqishloq xo'jaligidagi tub islohotlarnihuquqiy va nazariy asoslari yaratladi. Qishloqda bozor munosabatlarini rivojlantirish, dehqonning yerga egalik hissini qayta tiklash, yerni sotish-olishga yo'l qo'ymasdan, balki uni uzoq muddatlarga meros qilish huquqi bilan vaqtincha yoki umrbot foydalanishga berish masalalari hal qilindi.

4-topshiriq

Yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlarning barchasi xalqimiz kelajagini manfaatlarini ko'zlab amalga oshirmoqda. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoevning " Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimchachora- tadbirlar to'g'risida" giqarori ham ana shu islohotlarning bir bo'g'ini sifatida qalbimizni g'rurga to'ldiradi. Ayniqsa qarorning 7- bandidagi" oliy ta'lim muassasalariga professor - o'qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilish tegishli kafedrning kengaytirilgan ochiq majlisda pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a'zolari ishtirokida sinov darsi o'tkazish natijalari bo'yicha ushbu majlisning tavsitasiga ko'ra amalga oshirilishi" belgilab berilgani etiborlidir. Bu yoshlarning mas'ulyatini oshirish bilan birga ilmga dasodifan kirib kelish, savodsizlikning oldini olishga yordam beradi. "Ustoz- shogird" tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta'lim muassasalari professor- o'qiruvchilarining faol ishriroki ta'lim sifatini oshirishga, jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egallayotgan mustaqil O'zbekistonimiz buyuk kelajagini qurishda va jamoatchilik kengashining a'zolari ishtirokida sinov darsi o'tkazish natijalari bo'yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko'ra amslga oshirilishi" belgilab berilgani etiborlidir.Kadr tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o'z ichiga oladi,bu sohada: tabiat va jamiyat taraqqiyot qonuniyatlari to'g'risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalshtirish,o'rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi; oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi; kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy tadqiqot jihattan taominlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta'limning soxalari bo'yicha axborot bazasi shakllantiradi; mamlakatimiz ilm- fanining taominlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta'limning sohalari bo'yicha axborot bazasi shakllantiriladi.Ishlab chiqarishning talab- extiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo'nalishi,darajasi va miqyoslarini shakllantiradi,kasb tayyorgarligining maqsadi vazifalari va mazmuni belgilaydi.

5-topshiriq



O'zbekiston bilan Amerika Qo'shma Shtatlari o'rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo'lga qo'yildi. 1992— yil15-16- fevral kunlari aqsh davlat kotibi Jeyms Beyker O'zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat o'rtasida rasmiy aloqalar o'rnatildi. 1992— yil 16- mart kuni Toshkentda birinchi bo'lib AQSH ning elchixonasi ochildi.1993— yil 14- sentabrda AQSH davlat departementining maxsus topshirilar bo'yicha elchisi Strob Talbot O'zbekistonda bo'ldi va O'zbekiston Prezidenti bilan hamkorlik qilish haqida suhbatlashdi.1995- yil 6- aprelda Aqsh mudofaa vaziri Uilyam Persi O'zbekistonga keldi. O'zbekistonda 1996- yil boshlarigacha amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida 200 ta o'zbek- amerika qo'shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat k6rsatdi . Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntovda AQSHning Nyumont Mayning Korporatsiyasi bilan hamkorlikda tog' jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi"Zarafshon- Nyumont" qo" shma korxonasi bor. Bu korvonada 2002— yilgacha 83 tonna oltin tayyorlandi.O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan o'zaro manfaatli aloqalarni yo'lga qo'yish va tobora chuqurlashtirish alohida o'rin O'zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi tutadi.1996- yil 21- iyunda Florensiyashahrida imzolangan O'zbekiston bilan Yevropa ittifoqi o'rtasidagi " Sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim", uning 1999- yil 1- iyulda kuchga kirishi mamlakatimizning Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan o'zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylanadi.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling