Fuqorolik Protsessual qonunlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha analitik insho


Download 147.66 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi147.66 Kb.
#1028691
Bog'liq
Абдумуталибов А. ОН




International law | UWED

Abdumutalibov Abdulxay
1-1a-19

Fuqarolik protsessual huquq normalari sud protsessini olib borish tartibini belgilaydi, mazkur tartibni buzuvchi fuqarolik protsessual munosabatning har bir subyekti uchun muayyan choralarni nazarda tutadi. Fuqarolik protsessual huquqi normalarining huquqiy tartibga solish obyektini fuqarolik ishlari bo'yicha sud ishlarini yuritish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi. Zamon bir joyda turmagani kabi bu munosabatlarda ham kundan kunga yangilanishlar paydo bo’lmoqda bu esa protsessual norma va qonunchiliklarga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi kerakligini anglatadi.


Amaldagi fuqarolik protsessual kodeksi 4-kichik bo'limi ya'ni 39-40 boblari hakamlik sudlariga bag'ishlangan bo'lib, qonunchilikdagi ta'rifi Hakamlik sudi (doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi) — fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etuvchi nodavlat organ sifatida xarakterlanadi.
Hakamlik sudlari doimiy va muvaqqat faoliyat yurituvchi sudlarga bo'linadi va Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs tomonidan tashkil etilishi mumkin va uning huzurida faoliyat ko‘rsatadi.
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul qilganida, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalarini va hakamlik sudyalari ro‘yxatini tasdiqlaganida tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs uning tashkil etilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalarini hakamlik sudi joylashgan yerdagi adliya organiga yuboradi.
Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan muayyan nizoni hal etish uchun ular tomonidan tashkil etilib, nizo ko‘rib chiqilganidan keyin muvaqqat hakamlik sudi o‘z faoliyatini tugatadi. Hakamlik sudida raislik qiluvchi (nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudyasi (nizo yakka tartibda ko‘rib chiqilayotganda) hakamlik bitimi nusxasini va muvaqqat hakamlik sudi tashkil etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani mazkur sud joylashgan yerdagi adliya organiga hakamlik muhokamasi boshlanguniga qadar yuboradi. Muvaqqat hakamlik sudini tashkil yetish tartibi hakamlik bitimi taraflari tomonidan belgilanadi. Hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etadi. Hakamlik sudlari ma’muriy, oila va mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni hal etmaydi.


Taklifim shundaki bilamizki fuqarolik sudlarda iqtisodiy sudlarida ko'rilayotgan ish hajmi juda ham ko'p /Mysud.uz ma'lumotlariga qaraganda bugungi kun hisobiga ko'ra 680589 fuqarolik ishi bo'yicha qaror qilingan.
Jumladan hakamlik sudlarini tashkil etishda mutlaqo xolislik tamoyiliga to'liq rioya qilinmayotganiga amaliyotda guvoh bo'ldim. Bundan tashqari kuzatish mumkinki tumanlararo sudlar o’rtasida ham ishlar taqsimotida muammolar yetarlicha. Yana shuni qo’shimcha qilish mumkinki O’zbekiston hududida yashayotgan va bo’lib turgan fuqorolar yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni huquqini himoya qilish va ijroga qaratish yengil bo’lishi uchun chet davlat sudlari bilan aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish vaqti keldi deb o’ylayman. To’g’ri sud organlarida chet el bilan ishlovchi bo’limlr mavjud va ular qandaydir darajada ishlab turibdi lekin O’zbekiston Respublikasi va chet davlat sudlari o’rtasidagi bevosita aloqalarni rivojlantirish ayni globalizatsiya davrida Chet el fuqorolarini va chet eldagi O’zbekiston Respublikasi fuqorolarining huquqlari yanada ishonchli himoya qilinishiga zamin yaratgan bo’lar edi.
Download 147.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling