Furqat. Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat necha yoshida Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostonini yod oladi? A b 0 c d 12 Furqat necha yoshida ushbu baytni yozgan: «Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim»
Download 25 Kb.
|
Furqat test
Furqat. 1. Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat necha yoshida Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostonini yod oladi? A) 9 B) 10 C) 8 D) 12 2. Furqat necha yoshida ushbu baytni yozgan: «Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim». A) 9 B) 10 C) 8 D) 12 3. Adib Furqat taxallusini qachondan qo‘llay boshlagan? A) Samarqandga ketgach B) Yangi Marg‘ilondalik paytidayoq C) Toshkentga borgach D) Yorkentga yetib kelgach 4. Uning do‘sti Mirzo Buxoriy qayerda yashar edi? A) Samarqandda B) Buxoroda C) Andijonda D) Toshkentda 5. Furqatning jurnalistlik, publitsistlik faoliyati qachondan boshlangan? A) Yangi Marg‘ilonda ekanligidayoq B) Hammomi xayol’ nomli risola yozadi, «Chor darvesh», «Nuh manzar» asarlarini fors tilidan o‘zbek tiliga o‘girgan kezlaridan C) «Turkiston viloyatining gazeti» muharriri Nikolay Ostroumov bilan tanishgan chog‘laridan. D) Iskandariya, Misr, Shom, Makka va Madina bo‘ylab sayohatda bo‘lgan chog‘laridan. 6. Furqat qayerdagi Rusiya musulmon idorasida kotib bo‘lib ishlaydi? A) Bombayda B) Qashqarda C) Kashmirda D) Yorkentda 7. Adibning turli yillarda «Turkiston viloyati gazeti»ga yozgan qator xabarlari, maqolalari uning publitsistikasini tashkil etgan. Bu hol qachongacha davom etgan? A) 1906-yilgacha B) 1907-yilgacha C) 1908-yilgacha D) 1909-yilgacha 8. Qaysi asar adibning hayot yo‘li, dunyoqarashini aniqlash borasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan asari emas? A) «Xo‘qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvolati. O‘zi yozg‘ani» B) «Furqatnoma» C) «Sarguzashtnoma» D) “Sayohatnoma” 9. 1) «Ilmi ash’orning qoidai avzoni»; 2) «Aza tavsifi»; 3) «To‘y tavsifi»; 4) «Gap ta’rifida»; Berilgan asarlarning qay biri aruz vazni haqida? A) 3 B) 1 C) 4 D) 2 10. Furqat g‘azallari o‘rtacha nechta? A) 170 ta B) 230 ta C) 200 ta D) 119 ta 11. Qachon ul Yusufi Misriyda bu husn-u malohat bor? Fasohatda, sabohatda, hama to‘g‘rida san nozik. Qanday badiiy san’at mavjud? A) ruju B) iqtibos C) talmeh D) tarse’ 12. Furqat she’rlariga kim tazmin bog‘lagan? A) Muhayyir B) Nisbat C) Zavqiy D) Muqimiy 13. Kalomingdin halovat topmog‘i jonlarni ondinkim, Dahon nozik, zabon nozik ki lab nozik, suxan nozik. Yuqoridagi misralarda qanday badiiy san’at mavjud? A) tazod B) tashbeh C) tanosub D) tashxis 14. «Surmadin ko‘zlar qaro» jumlali g‘azal aslida kimniki? A) Navoiy B) Fuzuliy C) Lutfiy D) Ogahiy 15. Alar chun aylagach sayr-u safolar, Esimg‘a tushti yor-u oshnolar... Ayo bodi sabo, Olloh uchun tur, O‘zingni Toshkand shahriga yetkur. Ushbu misralar qayerda yaratilgan? A) Samarqandda B) Hindistonda C) Istanbulda D) Yorkentda 16. Furqatning «Nihoni kuydirib hajr o‘ti po‘st -u ustuxon aylar», «Boshimda hushim yo‘q», «Yetim qo‘zi kabi nolonlig‘im», «Biyobon gardiman Majnun kabi bir Layli yodida» kabi misralar musammatning qaysi turiga oid? A) musaddas B) mustasne’ C) musamman D) muxammas 17. Baland aylab quyoshga poya navro‘z, Ko‘tardi yer yuzidin soya navro‘z. Tagiga chizilgan so‘z orqali qanday badiiy san’at yuzaga kelmoqda? A) iyhom B) istiora C) ishtiqoq D) tashbeh 18. Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram, Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar . Yuqoridagi misralarda qanday badiiy san’at mavjud? A) tazod B) tashbeh C) tashxis D) tanosub 19. Nastarin yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni, Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar. Yuqoridagi misralarda qanday badiiy san’at mavjud? A) tazod B) tashbeh C) tavze’ D) tanosub 20. Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutoshti olamg‘a, Tog‘lar chekib larza, titradi biyobonlar . Yuqoridagi misralarda qanday badiiy san’at mavjud? A) tazod B) tashbeh C) tashxis D) tanosub 21. G‘azal musiqiyligini oshirgan, oldingi misralarni kuchaytirishga, yangi tafsilotlar bilan mustahkamlashga xizmat qiluvchi baytni toping. A) Nastaron yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni, Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar. B) Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutoshti olamg‘a, Tog‘lar chekib larza, titradi biyobonlar . C) Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram, Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar . D) Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah, Sarv-u gul uza doim tortar oh-u afg‘onlar. 22. Bulbul o‘qug‘och yigʻlab subhidam xazon faslin, G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar . Qanday badiiy san’at mavjud? A) Husni ta’lil B) Tamsil C) Tajohuli orif D) tavze’ 23. Qoshlari ostida go‘yo ikki fatton ko‘zlari Ikki hindu bachchadurkim yondashib yo tortadur. Yuqoridagi misralarda qanday badiiy san’at mavjud? A) tazod B) tarse’ C) tashbeh D) tanosub 24. Ishqni pinhon tutarg‘a bo‘lma shaydo, e ko‘ngul, Mushk pinhon bo‘lsa bo‘yi oshkoro tortadur. Yuqoridagi misralarda qanday badiiy san’at mavjud? A) tazod B) tarse’ C) tashbeh D) tanosub 25. “Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi” maqoliga mos tushuvchi baytni toping. A) Ul qaro ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur, Balki andin dahr eli ortiqcha g‘avg‘o tortadur. B) Telbalanmish zulfini savdosidin devonalar, Qayg‘a borsa o‘lturub yerg‘a chalipo tortadur. C) Jon ila ko‘ngul taloshur, ey sanam, dard-u g‘aming, Birni sol ko‘nglimg‘aki, jon birni tanho tortadur. D) Ishqni pinhon tutarg‘a bo‘lma shaydo, e ko‘ngul, Mushk pinhon bo‘lsa bo‘yi oshkoro tortadur. 26. Furqatning qaysi asari o‘zbek kelinchagining nafosatini yoritib chiqqan? A) “Bormasmiz” B) “Tortadur” C) “Surmadin ko‘zlar qaro” D) “Fasli navbahor o‘ldi…” 27. Furqatning qaysi asari so‘fiyona kayfiyat, qalandarona baland himmat ruhining yetakchiligi bilan ajralib turadi? A) “Bormasmiz” B) “Tortadur” C) “Surmadin ko‘zlar qaro” D) “Fasli navbahor o‘ldi…” 28. Biz ellar – faqr elimiz, parcha nong‘a sabr aylarmiz, G‘araz dunyo uchun Iskandar-u Dorog‘a bormasmiz. Ikkinchi misra orqali qanday badiiy san’at yuzaga kelgan? A) tanosub B) tardi aks C) peyzaj D) talmeh 29. Kishi holimni bilmas mehribonidin adashganman, Vatan ovoradurmen, …idin adashganman, Vatansiz benavodurmen, makonidin adashganman, G‘aribi ko‘yi g‘urbat xonumonidin adashganman, Vayo bir murg‘i vahshiy oshiyonidin adashganman. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. A) bo‘ston B) guliston C) do‘ston D)xonumon 30. Bo‘lubman oshiqi sho‘ridai bir nozanin dilbar, Firoqida dilim g‘amnok, bag‘rim chok, chashmim tar Ikkinchi misra orqali qanday badiiy san’at yuzaga kelgan? A) tamsil B) tardi aks C) tadrij D) talmeh 31. Chekib bulbul kabi afg‘on saharlar yig‘lasam, tong yo‘q Ki, keldi fasli gul, men gulistonidin adashganman. Birinchi misra orqali qanday badiiy san’at yuzaga kelgan? A) tashbeh B) tardi aks C) tadrij D) talmeh 32. “Sayding qo‘yaber sayyod, sayyora ekan mendek” musaddasi qanday qolipda qofiyalangan? A) a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, d-d-d-d-d-a va hokazo tarzda B) b-b-b-b-b-b, d-d-d-d-d-d, f-f-f-f-f-f va hokazo tarzda C) a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-a-a va hokazo tarzda D) a-a-a-a-b-b, b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-a-a va hokazo tarzda 33. “Sayding qo‘yaber sayyod, sayyora ekan mendek” musaddasining har bandining so‘ngida takrorlanadigan baytni toping. A) O‘z yorini topmasdan ovora ekan mendek, Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek. B) Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek, Kuygan jigari-bag‘ri sadpora ekan mendek. C) Besh kun seni davringda bechora xirom etsun, Ohular ila o‘ynab, ayshini mudom etsun. D) Sarg‘ashta bu vodiyda bir boshig‘a rahm etgil, Yo‘q toqati bandingga, bardoshiga rahm etgil 34. G‘am seli bilan ko‘ngli vayronag‘a o‘xshaydur, Furqatda bu … hayronag‘a o‘xshaydur Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. A) Xilvatiy B) Furqatiy C) Suhbatiy D) Sa’dullo 35. Turkiy adabiyotdagi ilk g‘azal qaysi asarda qo‘llangan? A) “Hibat ul- haqoyiq” B) “Hikmat” C) “Devon ul-lug‘otit turk” D) «Qisas ar-Rabg‘uziy» Download 25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling