Futbolchilar estafetasi O'yinlarda har XIL harakatlar
Download 162.14 Kb.
|
Sport turlariga xos harakatli oʻyinlar.
REJA: Futbolchilar estafetasi O'yinlarda har xil harakatlar Voleybol O'ynovchilar bab-baravar ikki-uch jamoaga boʻlinadilar. Jamoalar 1-2 m oraliqda bittadan boʻlib qatorga saflanadilar. Qatorlar bir-biriga parallel holda turadi. Qatorlar oldidan bitta uzun chiziq oʻtkaziladi. Oʻynovchilar yugurishni shu chiziqdan boshlaydilar. Har bir jamoa roʻparasiga bir metr uzoqlikda beshtadan gʻoʻlacha terib qoʻyiladi. Oldinda birinchi boʻlib turgan oʻyinchilarga bittadan futbol toʻpi beriladi. Ular toʻpni tepib-tepib gʻoʻlachalar orasidan olib oʻtadilar va yana tepib-tepib gʻulachalar yonidan oʻz jamoalariga qaytib keladilar. Oʻyinchilarning hammasi ana shu mashqni bajaradilar. Toʻpni tepib gʻoʻlachalar atrofidan aylantirib olib yurishning sifatinigina emas, balki yugurish tezligi ham hisobga olinadi. Bunda oʻyinchilarning hammasi toʻpni gʻoʻlachalar orasidan olib yurishni oldin tugatgan va shu bilan birga kamroq xatoga yoʻl qoʻygan jamoa gʻalaba qozonadi. Oʻyinning qoidalari.1. Toʻpni tepib xar bir gʻulachani – birini oʻng tomondan, ikkinchisini chap tomondan aylanib oʻtishi kerak. 2. Atrofidan aylanib oʻtilmasdan, qoldirib ketilgan har qanday gʻulacha oʻynovchi tomonidan yiqitilgan hisoblanadi. 3. Yiqitilgan gʻoʻlacha oʻz joyiga (rahbarning koʻrsatmasi boʻyicha ) qoʻyiladi. Eslatma. Xokkey estafetasi bu oʻyinning bir turi hisoblanadi. Bunda oʻyinchilar lattadan yasalgan kichik toʻpni (yoki xokkey toʻpini) tayoqcha bilan surib dumalatib, gʻoʻlachalar oraligʻidan olib oʻtadilar.Oʻyinning oʻziga xos harakatlari toʻpni tepib-tepib tez yugurishdir. Oʻyinga tayyorlanish.Oʻyin maydonchada yoki zalda oʻtkaziladi. Oʻyin uchun 2-3 ta futbol toʻpi boʻlishi kerak. Toʻplarning soniga qarab oʻynovchilar ikki yoki uch jamoaga boʻlinadilar. Jamoalar bir-biridan 1,5-2 metr oraliqda parallel qatorlarga saflanadilar. Qatorlar boshida turgan oʻyinchilar oldidan start chizigʻi va undan 15-20 metr nariga finish chizigʻioʻtkaziladi. Oʻyinchilar oyoqlarini kerib turadilar. Kolonna boshida turgan oʻyinchilar oldiga (start chizigʻiustiga) bittadan toʻp qoʻyiladi. Oʻyinning tavsifi. Oʻqituvchi “Diqqat!” – deb koʻrsatma bergandan keyin qatorlar oldida turgan oʻyinchilar engashib, toʻpni oladilar. “Marsh! ” koʻrsatmasi berilgach, toʻpni oyoqlari orasidan oʻzlaridan keyingi oʻyinchilarga uzatadilar. Shu tartibda uzatilgan toʻp qatorlar ohiriga yetib borgandan keyin, eng orgqadagi oʻyinchilar toʻpni asta-sekin tepib, finish chizigʻiga olib boradilar va bu yerda toʻpni qoʻlga olib, bir oz yuqoriga irgʻitadilar va pastga tushayotgan toʻpni oyoqlari bilan tepib, qatorlar oldida turgan sheriklariga uzatadilar. Oʻyin shu tartibda oʻyinni boshlab bergan (toʻpni birinchi boʻlib orqaga uzatgan) oʻyinchilarga navbat kelib, ular ham toʻpni tepib finish chizigʻiga olib borgunlaricha davom ettiriladi. Estafetani oldin tamomlagan va kamroq xato qilgan komanda oʻyinda yutgan hisoblanadi. Oʻyinning qoidalari.1. Xar bir oʻyinchi toʻpni, toʻgʻri qabul qilib olishi va toʻgʻri uzatishi lozim. 2. Toʻpni oyoqning ichki yoni bilan tepish kerak (oyoq uchi bilan tepilsa, toʻp uzoqqa ketib qoladi). 3. Toʻpni oyoklar orasidan dumalatmay, qoʻlma-qoʻl uzatiladi. 4. Agar finishdan tepilgan toʻp start chizigʻiga yetmasa yoki yon tomonga tushsa, qatorlar boshida turgan oʻyinchilar yugurib borib olishlari va oʻz joylariga qaytib kelib, navbat kutib turgan oʻyinchilarga uzatishlari lozim. 5. Toʻpni finishdan tepgan oʻyinchilar oʻz qatorlarining oldiga kelib turishlari kerak. 6. Toʻp oyoqlar tagidan uzatilganda qoʻlma-qoʻl qilib emas, balki dumalatib yuborilsa, toʻpni tepib-tepib yugurishda oyoq uchi bilan tepilsa, hato qilingan xisoblanadi. Metodik koʻrsatmalar. Agar oʻynovchilar ikki qatorga boʻlinib oʻynasalar, toʻpni chap tomonda bordi-yu uch qatorga boʻlinib oʻynasalar, qatorlar oraligʻi kengaytirilib, toʻpni oʻng tomondan olib ketiladi. Bu oʻyin, ayniqsa oʻgʻil bolalar uchun juda qiziqarli oʻtadi, chunki unda futbolning baʼzi elementlari (toʻpni olib yurish, finishdan tepib yuborish) bor. Oʻyin umumiy harakatchanlikni, hushyorlikni oʻstiradi. Ikkita to'pni uzatish. Oʻyin mazmuni.Oʻyinda oʻyinchilar juft-juft boʻlib katnashadilar. Ular 4 metr kenglikdagi «koridor»ning qarama-qarshi tomonida bir – biridan 5-7 metr oraliqda joylashadilar. «Koridor» arqoncha yoki bayrokchalar bilan belgilanadi. Har bir juftlikdagi ikkala oʻyinchnda bittadan toʻp boʻladi… Rahbarning signali boʻyicha ular bir vaqtking oʻzida bir-birlariga toʻpni yoʻnaltiradilar, keyin dumalab kelayotgan toʻpni tepib orqaga qaytaradilar. Agar toʻp bir-biriga tegsa yoki ulardan biri koridordan tashqariga chiqib ketsa, unda juftlik musobaqani tugatgan boʻladi. Boshqalarga nisbatan koʻproq mashqlarni xatosiz bajargan jamoa oʻyinda gʻolib chiqqan hisoblanadi. Oʻyin qatnashchilarining jismoniy tayyorligiga qarab oʻyinning shartini soddalashtirish: «koridor»ning chegarasini kengaytirish, toʻpni oldin toʻxtatib, soʻngra uzatish shartini qoʻyish mumkin. Ustunchalarni aylanib oʻtish Oʻyin mazmuni.Umumiy start chizigʻida bir necha jamoakolonnalarda saf tortib turadi. Har bir jamoaning oldida – start chizigʻidan 6 metr nariga birinchi ustuncha oʻrnatiladi, keyin 2-3 metr oraliqda 5 ta ustuncha oʻrnatiladi. Rahbarni signalidan keyin jamoalarning birinchi turgan oʻyinchilari toʻpni oldinga surib, ustunchalarni aylanib oʻtadi va xuddi shu usul bilan orqaga qaytib finish-start chizigʻiga kelib toʻpni ikkinchi oʻyinchilarga uzatadilar va xokazo. Estafetada eng yaxshi natija koʻrsatgan jamoa gʻolib hisoblanadi.
Oʻyin mazmuni.3-4 kishidan iborat bir necha jamoa galma-galdan musobaqlashadi. Oʻyinni boshlaydigan jamoa bir kishidan saflanib turadi. Oldinda 5 metr oraliqda uzunasiga ikkita toʻshak qoʻyilgan boʻladi. Tushakdan 3 metr masofada rahbar turadi. Rahbarning signalidan keyin oʻynovchilar galma-galdan rahbar otgan toʻpni oldinga dumaloq oshib oʻrnidan turib, ilib olishi kerak. Agar oʻyinchi toʻpni ilib olsa, jamoasiga bir ochko keltiradi. Jamoaning har bir oʻyinchisi mashqni uch marta bajarganidan keyin oʻyin tugaydi. Raqib ham shunday harakat qiladi. Koʻp ochko toʻplagan jamoa oʻyinda yutgan hisoblanadi. Bosh bilan nishonga Oʻyin mazmuni.Bir necha jamoa galma-galdan musobaqalashadi. Oʻyinni boshlovchilar bir qatorga saflanib turadilar. 10 metr naridagi devorda yoki yogʻoch shchitda diametri 1 metr nishon belgilanadi. Nishondan 5 metr berida tepish chizigʻi va tepish nuqtasiniig yon tomonida 3 metr masofada qoʻlida toʻp bilan onaboshi turadi. Rahbarning signalidan keyin birinchi nomerli oʻyinchi yugura boshlaydi, onaboshi oʻnga toʻpni tashlaydi. Oʻyinchi sakrab uni boshi bilan urib, nishonga yoʻnaltiradi. Qaytgan toʻpni ilib olib, onaboshining oʻrniga turadi, onaboshi esa yugurib borib qator oxiriga turadi. Bu vaqtda jamoaning ikkinchi oʻyinchisi yugurib ketadi va hokazo. Hap bir oʻyinchi toʻpni boshi bilan uch martadan urgandan keyin jamoa musobaqani tugatadi. Xuddi shuni boshqa kjamoalar ham qaytaradi. Koʻproq nishonga tegizgan jamoaoʻyinda gʻolib hisoblanadi. Toʻpni qaytarib – oʻtirish Oʻyin mazmuni.Musobaqalashuvchi jamoalar umumiy start chizigʻida bir qatordan saflanib turadilar. Jamoalar roʻparasida start chizigʻidan 2 metr narida qoʻllarida toʻp ushlagan holda onaboshilar turadilar. Rahbarning signalidan keyin ular oʻz jamoalaridagi birinchi nomerli oʻyinchilarga toʻpni tashlaydilar, ular toʻpni boshlari bilan urib, orqaga – onaboshiga qaytaradilar va tezda oʻtiradilar. Onaboshilar toʻpni ilib olib, ikkinchi nomerli oʻyinchilarga tashlaydi va ular ham toʻpni onaboshilariga qaytaradilar va hokazo. Onaboshilardan biri oxirgi oʻyinchidan toʻpni qabul qilib olib, qoʻlini yuqoriga koʻtargach, musobaqa toʻxtatiladi. Gʻalaba qilgan jamoaga bir ochko, ikkinchi oʻringa – 2 ochko, uchinchi oʻringa –3 ochko beriladi. Oʻyin bir necha marta qaytariladi. Kam ochko toʻplagan jamoa oʻyinda gʻolib hisoblanadi. Toʻsiq osha kvadratga tushirish Oʻyin mazmuni.Ustunchalar orasiga 1 metr balandlikda arqoncha tortiladi. Arqonchaning bir tomoniga 6 metr masofada yerda 2x2 metrli kvadrat, boshqa tomoniga esa 8-10 metr masofada tepish chizigʻi belgilanadi. Oʻyin qatnashchilari yugurib kelib harakatsiz toʻpni goh oʻng, goh chap oyoq bilan galma-galdan tepib, kvadratga tushirishga harakat qiladilar. Agar toʻp arqoncha ustidan oshib oʻtsa, kvadratga tushgan hisoblanadi. Toʻpni kvadratga koʻp marta tushirgan oʻyinchi gʻolib hisoblanadi. Zarb bilan tepish Oʻyin mazmuni.Maydonchada tepish chizigʻi tortiladi, soʻngra 10 metr kenglikdagi yoʻlakcha belgilanadi. Oʻynovchilar toʻpni galma-galdan oʻng va chap oyoqda uch martadan tepib, iloji boricha uzoqroq tushirishga harakat qiladilar. Agar toʻp yoʻlak ichiga tushsa, hisobga olinadi. Toʻpni xammadan uzoqroqqa tushirgan oʻyinchi gʻolib hisoblanadi. Voleybolchilar estafetasi Oʻyinning tavsifi. Oʻyin ishtirokchilari oʻzaro teng ikki jamoaga boʻlinadilar. Ikkala jamoa oʻyinchilari ikki tadan boʻlib, oralaridan bir oz joy qoldirib oʻzaro parallel ikki qatorga saflanadilar. Oldinda turganlarning oyoqlari uchi oldidan chiziq oʻtkaziladi. Bu chiziqdan 10-15 qadam narida unga paralel qilib ikkinchi chiziq tortiladi. Qatorlar boshida turgan har qaysi juft oʻyinchining biriga bittadan toʻp beriladi. Oldinda turgan har qaysi juft oʻyinchilar rahbar signal berishi bilan oldinga qarab yugurib, yoʻlda toʻpni kaftlari bilan yuqoriga urib bir-birlariga qaytaradilar. Ular ikkinchi chiziqqacha yugurib borib, yana shu yoʻldan oʻz qatorlariga qaytadilar, toʻpni soʻnggi marta urib navbatdagi juft oʻyinchilarga uzatib, oʻz qatorlarining oxiriga borib turadilar. Navbatdagi oʻyinchilar, uchib kelgan toʻpni ilib olmasdan, kaftlari bilan urib bir-birlariga qaytarib oldinga yugurib ketadilar. Oʻyin har bir jamoaning hamma juft oʻyinchilari shu tarzda toʻpni urib-urib bir-birlariga qaytarib yugurib boʻlgunlaricha davom ettiriladi. Navbat yana birinchi juft oʻyinchilarga kelganda ulardan biri toʻpni qoʻlga olib yuqoriga koʻtaradi va shu bilan jamoa yugurishni tamomlaganligini bildiradi. Yugurishni birinchi boʻlib tamomlagan jamoa gʻalaba qozonadi. Oʻyinning qoidalari.1. Agar har juft oʻyinchilardan birontasi toʻpni yerga tushirib yuborsa, uning oʻzi toʻpni yerdan olishi va shu joyning oʻzida uni urib uzatishni davom ettirishi kerak. 2. Navbatdagi juft oʻyinchilar oʻzlariga toʻp berilgunicha chiziqni bosib oldinga oʻtmasliklari lozim. 3. Navbatdagi juft oʻyinchi toʻpni urib uzatib, yugurib ketganidan soʻng butun qator bir qadam oldinga suriladi, yugurib ketgan juft orqasida turgan oʻyinchilar esa yugurish boshlanadigan chiziqda borib turadilar. Eslatma. Yugurib kelayotgan oʻyinchilar oʻz qatoriga yaqin kelganda yugurib ketadigan navbatdagi juft oʻyinchilarga yoʻl berish uchun orqaga tislanib bir-biridan uzoqlashishi kerakligini oʻquvchilarga tayinlab qoʻyish lozim. Bu oʻyinni VII sinfdan boshlab oʻtkazish tavsiya qilinadi. Voleybolchilar estafetasi Oʻyinga tayyorlanish. Oʻynovchilar 6-8 ta jamoaga boʻlinadilar (toʻplar soniga qarab). Jamoalar maydonchaning bir tomonidagi chiziqning orqasida turadilar. Qatorlarda birinchi turgan oʻyinchilar bittadan voleybol toʻpini oladilar. Oʻyinning tavsifi. Oʻqituvchining signalidan keyin oʻyinchilar toʻpni boshlari ustidan oshirib-oshirib maydonchaning qarama – qarshi tomoniga yura boshlaydilar. Belgilangan chiziqdan oʻtgach, toʻpni ushlab olib orqaga yugurib qaytib kelib, uni ikkinchi oʻyinchiga uzatadilar, oʻzlari qatorlar oxiriga borib turadilar. Oʻyin shu zaylda davom etadi. Mana shu vazifani xatosiz va tez bajargan jamoa oʻyinda gʻolib hisoblanadi. Oʻyinning varianti. Oʻynovchilar 2-3 ta jamoaga boʻlinadilar. Har bir jamoa ikki kishilik qatorga saflanib, maydonchaning bir tomonidagi chiziq orqasida turadilar. Hap bir qatorning oldida turgan ikkita oʻyinchiningbiri voleybol toʻpini oladi. Oʻqituvchining signalidan soʻng har bir jamoaning birinchi juft oʻyinchilari toʻpni bir-birlariga uzatib, 10-15 metrgacha olib boradilar, soʻngra shu usul bilan orqagaqaytib kelib, toʻpni keyingi juft oʻyinchilariga berib, oʻzlari qatorning oxiriga borib turadilar. Hamma oʻyinchilar ham birinchi juft oʻyinchilarning harakatini takrorlaydilar. Kam xato qilib oʻyinni tez tugatgan jamoa yutgan hisoblanadi. Download 162.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling