II.BOB. FUTBOLCHILARNING YAKKA TARTIBDAGI HARAKATI VA GURUHLI TAKTIK HARAKATLARNI TAKOMILLASHTIRISHDA MASHQ JARAYONINI TASHKIL ETISH XUSUSIYATLARI
2.1. Futbol maydonini butun xududi bo’ylab o’yin vaziyatlarini modellashtiruvchi mashqlar.
Futbolda guruhli taktik harakatlarni takomillashtirishda yuklamalar o’lchamlarini mashqlar kattaligi, yo’nalishi, ixtisoslashuvi va koordiasion murakkabligini hisobga olish kerak. Bunda yuklamalar o’lchamlari musobaqa faoliyatini tahlil qilishda aniqlangan darajalarga mos kelishi lozim.
Guruhli taktik harakatlarni takomillashtirish davomida har bir mashg’ulot, kun va mikrosikl uchun aniq maqsadni belgilash maqsadga muvofiqdir. Tayyorgarlik bosqichlari va mashg’ulot tuzilishiga bog’liq holda taktik
mashqlarni yengillashtirilgan, qiyinlashtirilgan va musobaqa sharoitiga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitlarda qo’llash lozim.
Yuqorida ko’rsatilgan tavsiyalarni hisobga olib, guruhli taktik harakatlarni takomillashtirish bo’yicha maxsus mashqlarni
ularning murakkabligi, puls ko’rsatkichiga qarab tasniflashga harakat qildik.
Shuni ta’kidlash joizki, guruhli taktik harakatlarni takomillashtirish hujumkor harakatlarni rivojlanish zonalarini (hujum boshlanishi, davom etishi va yakunlanishi)
hisobga olgan holda, amalga oshirildi.
Quyida shunday mashqlardan misollar keltirilgan.