Futbolga oid terminlar xususida
Download 23.1 Kb.
|
1 2
Bog'liqazim 1
match – futbolni ham anglatadi.
Pressing – ( ing. bosim o’tkazmoq ) futbolda hujumchilar raqib himoyachilaridan to’pni olib qo’yish uchun ularga bosim o’tkazish, himoyachini xato qilishga majburlash. Transfer – ( ing. boshqa kishi tasarrufiga o’tmoq) futbolchilarni klublar o’z tarkibiga shartnoma yoki og’zaki kelishuv asosida qo’shib olish jarayoni. Transferlar oynasi – futbolchilarni sotish yoki sotib olish uchun klublarga berilgan vaqt reglamenti. Legioner – (lot. xorijiy futbolchi) futboldagi bu termin Qadimgi Rimdagi legion so’zidan olimagan. Rimdagi legion askarlari mahalliy bo’lgan, bugungi kundagi legioner atamasi mashhur “Fransuz legioni” ta’sirida yuzaga kelgan. 1831- yil Qirol Lui Filipp I askarlar sonini oshirish maqsadida xorijlik kishilarni armiyaga jalb eta boshlagan. Yangi bo’linmalaraga Napoleon qo’shinlarining zobitlari rahabarlik qlishgan. Futbolda ham Fransiya birinchi bo’lib legioner iborasidan foydalangan. Debyut – futbolchining klubdagi birinchi rasmiy o’yini. Debyutant – birinchi marta o’yinga chiquvchi o’yinchi. Bu kabi misollarni yana ko’plab keltirish mumkin. Bugungi kunnda futbolga oid terminlar televideniya, ommaviy axborot vositalari va internet orqali shiddat bilan tilimizga kirib kelmoqda. Shu bilan birga shu atamalar o’zi bilan g’arb madaniyatini ham olib kelayotgani ham sir emas. Bunga misol sitaida futbolchilarning golni qanday nishonlashi, soch turmagi kabilarga yoshlarimiz bo’layotgan taqlidlarni aytish mumkin. Mustaqillikdan avvalgi yillarda futbolga oid terminlarning tilimizga kirib kelishida inglizcha atamalarning rus tili ta’sirida bo’lganlini ko’rish mumkin. Masalan, ruka- qo’l bilan o’ynash, bokovoy- yon hakam, varatar- darvozabon va hk. Mustaqillikdan so’ng bu so’zlar o’zbekchalashdi. Hozirgi kunda inglizcha o’zlashmalar to’g’ridan-to’g’ri hech qanday to’siqlarsiz tilimizga kirib kelmoqda. Shu bilan birga bizni quvontiradigan ba’zi yangiliklar ham bor. Quyida ba’zi iboralar ham borki, ular aynan futbol tufayli yuzaga kelgan iboralar deyish mumkin. Aniqroq aytadigan bo’lsak futbol sharhlovchilarining so’z qo’llash mahoarati tufayli yuzaga kelgan. Masalan: Zargarona usulda gol urmoq – juda noyob usulda urilgan gol yoki qarshilik ko’rsatishning iloji bo’lmagan gol. Yaxshi formada bo’lmoq – jamoa o’yinchilarining jismoniy holati a’lo darajada. Irodali o’yin – raqibga o’yinning oxirigacha murosasiz qarshilik ko’rsatish. Qat’iyat ko’rsatmoq – o’yinda yengilayotgan holida yana ustunlikka erisha olgan jamoaga nisbatan qo’llaniladi. Shuningdek, inglizcha- o’zbekcha aralashma iboralar ham uchraydi: Yaxshi start olmoq – o’yin gol bilan boshlanganda aytiladigan ibora. O’yin tempi – o’yin sur’ati, shiddati. Sensatsion natija – kutilmagan natija. Restart bermoq – avvalgi mavsum yaxshi natija ko’rsatgan klub oradan biroz omadsiz mavsum o’tkazib joriy mavsumda yana o’zini ko’rsatishi. Futbol millionlar o’yini. Unga qiziquvchilar ko’pligini hisobga olish, auditoriyaga har bir xorijiy so’z qanday ta’sir qilishini to’g’ri fahmlamaoq tilshunoslikning dolzarb masalasidir. Zero futbol o’yinining boshlanishidan tugashigacha voqealar rivojining shiddatliligi va qolipsiz harakatlari bilan, emotsional vaziyatlari bilan ajralib turadi. Sharhlovchi o’yindagi har bir vaziyatni tasvirlashi uchun muqobil metaforalarni tanlaydi va bu bilan u vaqtdan yutadi, shuningdek nutqiy ortiqchalikning oldini olishga harakat qiladi. Modomiki, sharhlovchi o’yin tempidan kelib chiqib tezkor nutq qilishi kerak ekan, u bevosita ko’chimlarning xar xil turidan foydalanishga majbur bo’ladi va bu tabiiy jarayon deb hisoblaymiz. Sharhlovchi shu tariqa ba’zan tasviriy ifoda va ko’chimlarning yangi turini o’ylab topadi. Ammo, tilimizga inglizcha va turli xorijiy terminlarning kirib kelishi va amalda qo’llanishi tilshunoslikning dolzarb muammosi bo’liq bormoqda. Adabiyotlar: “ Terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari” , I. Dehqonov, Sh. Xudoyqulova. Guliston – 2013. “ O’zbek terminologiyasi” ,H.Dadaboyev, T – 2019. Download 23.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling