F. Dostoyevskiy. Kulgili odamning tushi (hikoya)
https://t.me/e_kutubxona
Fyodor Dostoyevskiy. Kulgili odamning tushi (hikoya)
I
Men kulgili odamman. Endi ular meni g‘irt jinni deb
atashadi. Agar men rostdan ham jinni bo‘lib qolganimda-
ku, bu yangi nomdan arpa bo‘yi o‘sar edim. Lekin, afsuski,
endi men ularga parvo qilmayman, endi ularning barchasi
men uchun aziz — hattoki ustimdan kulgan chog‘larida
ham, to‘g‘risi, shunda ularni yanayam yaxshi ko‘rib
ketaman. Ularga qarab turib meni g‘am bosadi-da,
bo‘lmasa, ularga qo‘shilib kulgan bo‘lardim. O‘z turqi-
tarovatim kulgili bo‘lganligidan emas, yo‘q, ularni