G. A. Ergasheva Kichik yoshdagi bolalarni
Download 28.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2021-2-сон
Образование и инновационные исследования (2021 год №2)
ISSN 2181-1717 (E) 105 http://interscience.uz Jabr va muqobala» asari bilan ham matematika fanini rivojlantirib o‘zidan avvalgi bilimlarni o‘rgangan va ularni sintezlashtirish hamda amalda qo‘llash usullarini bayon etgan. [5;] Shu asar tufayli «Al-Xorazmiy» nomli lotincha transkripsiyada «Algoritm» shaklini oldi, keyinchalik hozirgi zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi algoritm algorifmga aylandi. U matematikaning nazariy rivojlanishi bilan birga, undan turmushda foydalanish yo‘llarini ham berdi, meros taqsim qilishda vasiyatnomalarni tuzishda, mol taqsim etishda odamlarga kerak bo‘ladigan amaliy ishlarga zarur bo‘lgan hisoblarni taqdim etdi. Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi «Hind arifmetikasi haqida kitob» («Hisob al hind») dir. Asar o‘nlik tizimi raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) ga bag‘ishlangan. Xorazmiy hindlarning falakkiyot va matematikaga oid «Sindixind» nomli qo‘llanmasini o‘kib, uning yangilish va kiyin tomonlarini qayta ishlab yangi boblar qo‘shdi va uni «Qiskargan sindixind» («Algoritm hind hisobi haqida») deb atadi. Asar faqat Sharqdagina emas Yevropada ham qo‘llanma sifatida shuxrat taratdi. O’nlik tizimining kashf etilishi sanoq tizimida inqilobiy o‘zgarish yasadi, Yevropaga o‘nlik tizim raqamlaridan foydalanib eng katta sonlarni yozish va joylarni aniq ko‘rsatish X-XI asrlarda arablardan kirib kelgan. Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo‘lgan ko‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish qoidalarini yaratgan. Turli «jins»dagi sonlarni ko‘paytirish algoritmi ham bergan. Masalan, minut sekundlarni bir-biriga ko‘paytirish uchun avvalo, bir xil shaklga keltirish ya’ni sekund yoki minutga aylantirishni ko‘rsatgan. Xorazmiy o‘zining falakkiyotga doir ishlarida hindlarning falakkiyot jadvallarni tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomli bilan mashhur bo‘lgan astronomik jadvallar tuzdi. Ma’lumotlarga ko‘ra VIII–XV asrlarda hammasi bo‘lib trigonometriya, falakkiyotga oid 100 ga yaqin zij - jadval mavjud bo‘lgan. Ularning qatoriga boshqa olimlar bilan birga Xorazmiy tuzgan zijlar ham bor. Xorazmiyning «Sinus ziji»ri asari XII asrda lotin tillari tarjima etilib, bir necha asr mobaynida undan foydalanib kelindi. Bundan tashqari, «Kitob suratil ard» («Yerning surati kitobi») geografiyaga oid dastlabki kitob sanaladi. [4;] Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi. «Al kitob al muxtasarfi hisob aljabr va muqobala» («Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob») asarida sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni yechish yo‘llarni bayon etadi. Risola uch qismdan iborat bo‘lib, birinchisi–algebraik qism uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo‘lim keltiriladi. Ikkinchi–geometrik qism algebraik usul qo‘llab o‘lchashlar haqida, uchinchi qism vasiyatlar haqida bo‘lib, muallif uni «Vasiyatlar kitobi» deb ataydi. Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2) ISSN 2181-1709 (P) 106 Education and innovative research 2021 y. №2 Al-Xorazmiy matematika fanida abstraksiya (mavhumiylik) tushunchasini kengaytirdi. Induksiya yo‘li bilan umumiy yechish usullarini hal etdi, deduksiya yo‘li bilan umumiy usullar yordamida turli xususiy masalalarni yechdi. Xorazmiy ta’limotlariga tayanib aytishimiz mumkinki matematika fanini o‘qitish jarayonida O’rta Osiyolik qomusiy olimlarning ilmiy merosidan foydalanishning ilk kurtaklari fikr tarbiyasini oqilona tashkil etishga bog‘liq bo‘lib, bu jarayon bo‘lg‘usi pedagoglarni kreativ tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodiy fikr matematik tasavvurlarni to‘g‘ri yo‘naltirish bilan bog‘liqdir. Bilamizki, matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani, algoritmik tarzdagi tartib intizomni ta’minlaydi va tafakkurni kengaytiradi [5;] Tadqiqotlar jarayonida foydalanilgan kooperativ ta’lim texnologiyasi – bu talabalarni mayda guruhlarga o‘zaro taqsimlash yo‘li bilan dars o‘tishning zamonaviy texnologiyasi hisoblanadi. Agar talabalarni bir guruh deb tasavvur qilsak, ular o‘qituvchi tomonidan bir necha mayda guruhga ajratiladi. Har bir guruh unga berilgan maxsus topshiriq bo‘yicha ishlaydi, ma’lumotlarni o‘rganadi, savollarga javob beradi, qo‘yilgan muammoga muqobil echim topishga urinadi. Shundan so‘ng guruhlar o‘rgangan mavzusi yuzasidan ikkinchi guruh bilan o‘zaro fikr almashadi. Shuningdek ta’lim jarayonida mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda innovatsion ta’lim texnologiyalari, o‘yinli texnologiyalardan foydalanish ham o‘zining ijobiy samarasini berdi, o‘yinlarni yaratishda murakkablik darajalari eng kamida uchta bo‘lishi maqsadga muvofiqligi ta’minlandi. Quyida biz matematika fanini o‘qitish jarayonida O’rta Osiyolik qomusiy olimlarning ilmiy merosidan foydalanishda “Zig-zag” strategiyasidan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tamiz. Metod tahsil oluvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tezkor va puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi: – tahsil oluvchilarda jamoa (yoki guruh) bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi; – mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. “Zig-zag” strategiyasini qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: – sinf tahsil oluvchilari bir necha (5-7 ta) guruhga bo‘linadi; – yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ham tegishli ravishda 5-7 ta qismga ajratiladi; –har bir guruhga mavzuning muayyan qismi (1¬matn, 2¬matn, ... va hokazolar) beriladi va uni o‘rganish vazifasi topshiriladi; – belgilangan vaqt mobaynida guruhlar matn ustida ishlaydilar; Образование и инновационные исследования (2021 год №2) ISSN 2181-1717 (E) 107 http://interscience.uz – vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi va ular o‘rganilgan matnga oid asosiy ma’lumotlarni guruhdoshlariga so‘zlab beradilar; – liderlarning fikri guruh a’zolari tomonidan to‘ldirilishi mumkin; – barcha guruhlar o‘zlariga berilgan matnni puxta o‘zlashtirganlaridan so‘ng matnlar guruhlararo almashtiriladi; – bu bosqichda ham yuqoridagi faoliyat takrorlanadi; – shu taxlitda mavzu mohiyatini yorituvchi yaxlit matn tahsil oluvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. [2;] Xulosa qilib aytganda matematika fanini o‘qitish jarayonida O’rta Osiyolik qomusiy olimlarning ilmiy merosidan foydalanish bo‘lg‘usi pedagoglarning kasbiy faoliyati sohasidagi ijtimoiy-progressiv, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat, mantiqiy dunyoqarash, pedagogik, kommunikativ, intellektual, psixologik kompetentlikning yaxlitligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. –O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda 2. Pedagogik texnologiya: muammo va istiqbollar (Zamonoviy pedagogik texnologiyaning ilmiy-nazariy asoslari). Mualliflar guruhi./ T.:OO’MKHTRM, 2005. 300 bet 3.Jumayev M. Matematika fanini kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitishda tarixiy materiallardan foydalanish. Xalq ta’limi jurnali. 2017 y, 4 son. 4.Zunnunov A. Pedagogika tarixi. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. - T.: Sharq NMK, 2004.-335 b 5. Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar – ta’lim samaradorligi omili; monografiya / T.: “Yoshlar nashriyot uyi”, 2020. -184 b 6.Saitov Yo. Matematika va matematiklar haqida. – T.: «O’qituvchi», 1992. Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2) ISSN 2181-1709 (P) Download 28.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling