G. A. Ergasheva Kichik yoshdagi bolalarni


Download 28.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/101
Sana26.10.2023
Hajmi28.76 Kb.
#1724758
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101
Bog'liq
2021-2-сон

Образование и инновационные исследования (2021 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
http://interscience.uz 
157
Uning mohiyati san’atning sub’ektga terapevtik va korreksion ta’siri va 
“badiiy-ijodiy faoliyat yordamida travmatik vaziyatni tiklashda namoyon 
bo‘ladi”. 
V.L. Prokofeva fikriga ko‘ra, artterapiya izoterapiyani o‘z ichiga oladi
(tasviriy san’at yordamida davolovchi ta’sir ko‘rsatish: rasm, modellashtirish, 
dekorativ san’at va boshqalar orqali davolash); biblioterapiya (o‘qish 
orqali davolash); tasvirterapiyasi (tasvir orqali davolash, teatrlashtirish 
orqali davolash); musiqaterapiyasi (musiqani idrok etish orqali davolash); 
vokalterapiyasi (qo‘shiq orqali davolash); kinesoterapiya (raqs, xoreografiya, 
tuzatuvchi ritorika orqali davolash) – harakatlar orqali davolash kabilarni 
qamrab oladi[2, 112-b.]. 
Binobarin, san’atning barcha turlari va xillari artterapiya vositasi bo‘lishi 
mumkin. Hozirgi vaqtda “artterapiya” tushunchasi bir nechta ma’noga ega: 
u davolash va korreksiyada ishlatiladigan san’at turlarining kombinatsiyasi
sifatida; artterapiya usullari majmuasi sifatida; psixoterapevtik va psixologik
davolash amaliyotining yo‘nalishi sifatida; usul sifatida qaraladi. U tibbiyotda
(psixoterapiyada, davolashda, jarrohlikda va boshqalar) va psixologiyada
(umumiy, tibbiy, maxsus) qo‘llaniladi.
Artterapiyasi insonga turli san’at vositalarining ta’siri bilan bog‘liq 
yo‘nalish sifatida ham mustaqil, ham tibbiy, ham pedagogik va boshqa 
vositalar bilan birgalikda qo‘llaniladi. 
Artterapiya sohasida yetakchi mutaxassis I.A. Kopitin buni bemor 
(mijoz) tomonidan turli xil tasviriy materiallardan foydalanish va vizual 
tasvirlarni yaratish, tasviriy san’at jarayoni va bemorning (mijozning) 
uning ijodiy faoliyati mahsulotlariga bo‘lgan munosabati, aqliy rivojlanishi, 
qobiliyatlari, shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxsiy ususiyatlarini aks 
ettiruvchi terapevtik yo‘nalishi, “manfaatlar, muammolar va to‘qnashuvlar” 
deb ta’riflaydi[3]. 
So‘nggi yillarda rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun maxsus 
o‘quv muassasalarida artterapiya tobora ko‘proq korreksionrivojlanish 
jarayoniga kiritilmoqda va ijobiy natijalar bermoqda. 
Artterapiyani o‘rganish va uning samaradorligini namoyish etish 
bilan bog‘liq ko‘plab ilmiy ishlar, jumladan, tibbiyot, umumiy, maxsus 4 
psixologiya sohalarini integratsiyalashning ijobiy natija berayotganligini 
ta’kidlashmoqda, bu unga (artterapiyaga) yangi ilmiy soha maqomini beradi. 
San’at predmetlarini o‘qitish – o‘ziga xos sog‘liqni saqlash ta’siriga ega 
ekanligi to‘g‘risidagi fikr keng tarqalmoqda. Bunday tushuncha o‘qituvchiga 
tarbiya va ta’limning gumanistik vazifalarini hal qilish uchun yangi 
imkoniyatlar beradi. Biroq, maktabda gumanitar va estetik sikl fanlarini 
o‘qitish amaliyotida hozirgi kunga qadar artpedagogik usul va texnologiyalar 
kam qo‘llanilmoqda. 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P)
158 
Education and innovative research 2021 y. №2
Shu bilan birga, artpedagogik metodlar so‘nggi yillardagi ba’zi pedagogik 
tadqiqotlarda odatiy bolalar bilan ishlash, ularning salbiy hissiy holatining 
oldini olish va korreksiyalash, shaxsning emotsionalirodaviy sohasini 
normallashtirish, ham ma’naviy, ham jismoniy tiklanishiga hissa qo‘shishga 
moslashtirilgan. 
Ye.A. Medvedeva artterapiyani ilmiy bilimlarning bir nechta sohalari 
(san’at, tibbiyot va psixologiya) sintezi sifatida, tibbiy va psixologik davolash 
amaliyotida turli xil san’at turlarini o‘ziga xos ramziy shaklda ishlatishga 
asoslangan va badiiy-ijodiy rag‘batlantirishga imkon beradigan uslublarning 
kombinatsiyasi sifatida hamda psixosomatik, psixoemotsional jarayonlar va 
shaxsiy rivojlanishdagi og‘ishishlarni tuzatishni ko‘ribchiqadi [4]. 
Artterapiyaning mohiyati san’atning sub’ektga terapevtik va korreksion 
ta’siri bo‘lib, badiiy-ijodiy faoliyat yordamida psixotravmat ikvaziyatni 
tiklashda, u bilan bog‘liq tajribalarni badiiy faoliyat mahsuli sifatida qarashda, 
shuningdek yangi ijobiy tajribalarni yaratish, ijodiy ehtiyojlarning tug‘ilishi 
va paydo bo‘lishida namoyon bo‘ladi[5]. 
Hozirgi vaqtda artterapiya keng ma’noda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- izoterapiya (tasviriy san’at yordamida davolash: rasm, modellashtirish,
dekorativ-amaliy san’at va boshqalar); biblioterapiya (o‘qish orqali 
davolash); tasvir terapiyasi (tasvir orqali davolash, teatrlashtirish); musiqa 
terapiyasi (musiqani idrok etish orqali davolash); vokal terapiyasi (qo‘shiq 
orqali davolash); 
- kinesoterapiya (raqs orqali, xoreoterapiya, tuzatuvchi ritm - harakatlar
bilan davolash) va boshqalar. 
Artterapiyadaasosiy e’tiborartpedagogikadan farqli o‘qitish, ko‘nikma va 
malakalarni egallashga (musiqiy, vizual, teatr-o‘yin, badiiynutq) qaratilmaydi. 
Artpedagogika va artterapiya turli xil nazariy asoslarga ega, ular mohiyati, 
vazifalari, mazmuni va texnologiyasi bo‘yicha ham farqlanadi. 
Bugungi kunda art - pedagogikasi tushunchasi bilan bir qatorda art terapiya 
terminini ham adabiyotlarda ko‘p uchratamiz. Art – pedagogikasining maqsad 
va vazifalari art terapiyaning maqsad va vazifalariga ziddir. Art terapiyaning 
asosiy maqsadlaridan biri – bu stress, oilaviy munosabatlardan norozilik, 
boshqa odamlar tomonidan hissiy rad etilish va boshqa omillar natijasida 
shaxsni ruhiy tushkunlik, hissiy beqarorlik, hissiy ta’sirlanishlarning 
impulsivligi yolg‘izlik natijasida qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan 
mijozning psixoemotsional holatini to‘g‘rilash, shaxslararo mojarolar, o‘zini 
past baho va shunga o‘xshash holatlarda namoyon bo‘lishini kuzatamiz. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarni art – pedagogikasi asosida kasbiy faoliyatga 
tayyorlashda badiiy pedagogikaning maqsadiga ham to‘xtalib o‘tish 
lozim. Badiiy pedagogikaning maqsadi – san’at vositasida talabalarning 
bilish faolligini oshirish, ijodiy xayolotini, hissiy xotirani rivojlantirish, 



Download 28.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling