G‘. A. Talipov 0 ‘zbekist0n yer kadastri asoslari


Download 5.43 Mb.
Pdf просмотр
bet1/16
Sana05.12.2019
Hajmi5.43 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

в
G‘.A.  TALIPOV
0 ‘ZBEKIST0N YER 
KADASTRI ASOSLARI

0 ‘ZBEKIST0N  RESPUBLIKASI  OLIY 
VA  0 ‘RTA  MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI
G‘.  A.  TALIPOV
OfcZBEKISTON YER 
KADASTRI  ASOSLARI
Oliy  va  о ‘rta  maxsus  ta ’lim  vazirligi  tomonidan  о ‘quv  qo ‘llanma 
sifatida  tavsiya  etilgan
ToshkenT-  «M OU Y A »-2007

G‘.A. Talipov. O'zbekisTon yer kadasxri asoslari:  — Т.: «Moliya», 
2007,  188  b.
Q ishloq  xo‘jalik  fanlari  doktori  G ‘.A.  Talipov  tom onidan 
tayyorlangan qo‘llanma ohy va o ‘rta maxsus ilmgohlari uchun o ‘quv 
qo'llanmadir.  U nda  0 ‘zbekiston  Respublikasi yer kadastrining Yer 
resurslaridan oqilona foydalanishdagi ahamiyati, uning tarkibiy qismi, 
maqsadi,  tartibi,  qishloq  xo‘jaligidagi va  tashqi  muhitni  muhofaza 
qihshdagi  o ‘m i,  tuproqni o'rganish tarixi,  tuproq kartalarini tuzish, 
sho'rlangan  yerlaming  miqdori  va  sifatini  aniqlash,  sug'oriladigan 
yerlam ing  melioratsiyasi,  yer  hisoboti  va  yer  m onitoringining 
vazifalari,  yerga  aloqador  hujjatlardan  foydalanish  tartibi,  yerlami 
unumdorligi bo'yicha baholash (bonitirovka qilish) va yerdan to'g'ri, 
unum li  foydalanishga  aloqador  boshqa  m asalalar  haqida  aniq 
tushuncha va ko'rsatmalar berilgan.
Qo'llanma oliy va o'rta maxsus ilmgohlari  talabalariga mo'ljallangan. 
U ndan  shuningdek,  yer  tuzuvchilar,  tuproqshunoslar,  ekologlar, 
ilmiy-loyiha institutlari, qishloq, suv va o'rm on xo'jaliklari xodimlari, 
geobotanik va melioratorlar ham  foydalanishlari mumkin.
M as’ul muharrir: J.  Qoraboyev,  geografiya fanlari nomzodi
Taqrizchilar: dotsent S. A. Toshpulatov, 
dotsent A. Tursunov
© O 'zbekiston Respublikasi 
Bank-moliya  akademiyasi 
ISB N   978-9943-302-07-5 
«Moliya»  nashriyoti,  2007  y.

KIRISH
Yer masalasi  qadim-qadimdan eng  dolzarb  masala  hisoblanadi. 
Chunki  yer  insoniyatning  boshpanasi,  yashashi  uchun  iqtisodiy 
bazis va vosita hamda ekologik tizimlarda turuvchi tabiatning ajralmas 
b o ‘lagidir.
Respublikamizda  yer  munosabatlarini  tartibga  solishning  bosh 
yo‘nalish  va  tomoyillarini  belgilovchi  eng  muhim  qonuniy  hujjat 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  «Yer  kodeksi»dir.  U ning  boshidan 
oxirigacha  yerga  nisbatan  nihoyatda  tejamkorlik  bilan  xo'jalik 
munosabatida b o ‘lish, iqtisodiyotning barcha sohalarida yerni imkon 
qadar muhofazalash va undan oqilona foydalanish ruhi singdirilgan. 
Ushbu  kodeksning  birinchi  m oddasida  qayd  etilganidek,  «Yer 
um um m illiy  boylikdir,  0 ‘zbekistan  Respublikasi  xalq  hayoti, 
faoliyati va farovonligining  asosi sifatida undan oqilona foydalanish 
zarur va u  davlat tom onidan muhofaza qilinadi».
0 ‘zb e k isto n   R esp u b lik asi  O liy  M ajlisi  to m o n id a n   y er 
munosabatlarini  boshqarishning  negizini  belgilab  beruvchi:  undan 
oqilona va unumli foydalanishga asos soluvchi 21 ta davlat kadastrlari 
qabul  qilingan.  Ular  qatorida  o ‘rin  olgan  «Davlat  yer  kadastri», 
«Fermer  xo‘jaligi  to ‘g‘risida»gi,  «Dehqon  xo'jaligi»  to ‘g ‘risidagi, 
«Suv va suvdan foydalanish to 'g ‘risida»gi,  «Ijara to ‘g‘risida»gi,  «Yer 
solig‘i  to ‘g‘risida»gi  Qonunlar  dehqonlarga  yer  resurslaridan  keng 
va samarali foydalanishga yo'l ochib berdi.  «Davlat yer kadastri»ning 
3-bandida  ifodalanganidek,  «Davlat  yer  kalastri  Davlat  kadastrlari 
yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlaming tabiiy, 
x o 'jalik  rejim i,  toifalari,  sifat  xususiyatlari  va  qiym ati,  yer 
uchastkalaming  o 'm i  va  o'lchamlari,  ulaming  yer  egalari,  yerdan 
foydalanuvchilar,  ijarachilar va mulkdorlar o'rtasidagi yer taqsimoti 
to ‘g‘risidagi  m a’lumotlar  ham da  hujjatlar  tizimidan  iboratdir».
Yuqorida qayd qilingan qonunlarda amalda to ‘g‘ri foydalanish va 
yer to ‘g‘risida puxta bilim berish uchun sohadagi oliy o‘quv yurtlarida
3

maxsus  fani  (predmet)  o'qitiladi.  Masalan,  Toshkent  irrigatsiya va 
melioratsiya  institutida,  Toshkent  agrar  universitetida,  Andijon 
qishloq xo'jaligi institutida, 0 ‘zbekiston Milliy universitetida va boshqa 
oliy  o ‘quv  yurtlarida  «Yer  kadastri  asoslari»  o'rganiladi.
«Yer  kadastri  asoslari»  o ‘quv  qo‘llanmasining  asosiy  maqsadi 
0 ‘zbekiston Respublikasida yerdan hoziigi va kelgusi avlod manfaatlarini 
hisobga olgan,  zamon talablariga asoslangan,  yer to'g'risidagi qonunlar 
talablaridan kelib  chiqqan holda  oqilona  foydalanish va uni  muhofaza 
qihsh, tuproq unumdorligini qayta tiklash, oshirish va yaxshilash, xo'jalik 
yuritishning  barcha  shaklterini  taraqqiy  ettirish,  yerdan  foydalanishni 
teng huquqiyligini amalga oshirish, yuridik va jismoniy shaxslasning yer 
uchastkalariga bo'lgan huquqiarini mustahkamlash va tartibga solishdan 
iborat.
Xorijda  va  respublikamizda  bu  kurs  o ‘qitilayotgan  oliy  o'quv 
yurtlarida  «Yer  kadastri  asoslari»  nomi  bilan  o ‘quv  qo‘llanmalari 
ham   tuzilgan,  shuningdek,  qator  darsliklar  yaratilgan.
Masalan: Н .Д.Казанцова -  «Земельное право» (universitetlar 
u c h u n   d arslik,  М .,  1958),  И .В .Д егтер е в,  JI.И .О си п о в   -  
«Земельное  право  и  зем ельны й  кадастр»  (qishloq  xo'jaligi 
institutlariga  mo'ljallangan  darshk.,  М .,  1975),  Д.И.Гнатковия  -  
«Земелный  кадстр»  (Э коном ика  землепользования.  Львов, 
Высшая  школа,  1986),  Т.П.М агазинш иковнинг  -   «Земелный 
кадастр»,  (Львов,  1980)  nomli  darsliklari  shular jumlasiga  kiradi.
Ammo  ular  b u n d an   30-40  yil  ilgari  nashr  etilgan  b o ‘lib, 
mazmunan  bugungi  sharoitga,  ayniqsa,  O'zbekiston  sharoitiga  va 
uning qonun asoslariga to 'g 'ri kelmaydi.
O'zbekistonlik R.Q.Qo'ziyev,  G'.Yu.Yo'ldoshev va I.A.Akromov 
muallifligidagi «Tuproq bonitirovkasi»,  Toshkent,  («Moliya»,  2004), 
G '.A .T a lip o v ,  J.M .M aqsud ov   va  I.A .A krom ov  to m o n id an  
yaratilgan  «O'zbekiston  yer  kadastri  («O'zdavyerloyiha»,  1994) 
qo'llanmalari esa sifatli b o ‘lsa-da, soha va unga aloqador masalalami 
to'liq  qamrab  olmagan,  hajmiga  ko'ra,  ohy  o'quv  yurtlari  uchun 
maxsus darslik b o'la olmaydi.
Shu bois davlat ahamiyatiga ega bo'lgan yer resurslaridan oqilona, 
unumh foydalanish va uni muhofaza qihsh masalalariga bag'ishlangan 
o'quv  qo'llanmasini  ishlab  chiqish  zarur.  Ushbu  o'quv  qo'llanm a 
shu  zaruriyat  maxsulidir.
4

Uni yaratishda «Yer kodeksi»,  «Davlat yer kadastri»ga asoslanildi, 
shuningdek,  yeming  meliorativ  va  ekologik  holati,  yer  resurslarini 
xatlash  (ro‘yxatdan  o ‘tkazish),  muhofaza  va  nazorat  qilish,  yer 
munosabatlariga  aloqador bo'lgan masalalar bo'yicha tayyorlangan 
rasmiy  hisobotlardan,  maxsus  jurnallar,  adabiyotlar,  maqololar, 
nizomlar va grafik hujjatlardan hamda internet m a’lumotlaridan keng 
ravishda foydalaniladi.
Q o'llanm adan  oliy  o ‘quv  yurtlari  talablarigina  emas,  balki 
magistrlar,  aspirantlar,  yer  kadastri  va  yer  huquqi  masalalariga 
aloqador  m utaxassislar,  yer  tu zuv ch ilar  h am   foydalanishlari 
mumkin.
M uallif  O 'zbekiston  Respublikasi  Yer  resurslari,  geodeziya, 
k artog rafiy a  va  davlat  k ad astri  b o 'y ic h a   dav lat  q o 'm ita s i, 
«O'zdavyerloyiha» ilmiy loyiha instituti va uning «Yer kadastri filiali» 
hodimlariga o'z arxivlaridan foydalanish imkonini yaratganliklari va 
Mirzo  Ulug'bek  nomh  Milliy  universiteti  Geografiya  fakultetining 
«Geodeziya,  kartografiya va kadastr» kafedrasi mudiri,  professor T. 
Mirzaliyevga  va  Geografiya  fanlari  nomzodi  J.  Qoraboyevga  b a’zi 
masalalami  hal  qilish  bo'yicha  bergan  fikr-mulohazalari  uchun 
minnatdorchilik bildiradi.
5

I.  0 ‘ZBEKIST0N  RESPUBLIKASI  YER  FONDI  VA UNDAN
FOYDALANISH
l- § .  0 ‘zbekiston  yer  fondi  tug‘risida  ma’lumot
0 ‘zbekiston Respublikasida 2004-yil 1-yanvaxga bo'lgan hisobotga 
k o ‘ra ,  4 4 8 9 6 ,9   m in g   g e k ta r  y e r  m a y d o n i  b o 'li b ,  u n d a  
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 viloyat hududida 154 ta tuman, 
125  shahar,  shahar  tipidagi  104  qishloq  va  83  qishloq joylashgan 
(1-rasm).
Respublika  bo'yicha  mavjud  bo'lgan  3280,3  ming  oilaga  607,5 
ming gektar yoki oila boshiga o 'rta hisobda 0,19 gektardan tomorqa 
yeri  va  84,0  ming  fermer  xo‘jaligiga  2354  ming  gektar  yoki  o'rta 
hisobda har bir fermerga 28 gektardan yer egalik qilish va ijara uchun 
o'm atilgan tartibda ajratib berilgan.
1-jadval
O'zbekiston  Respublikasi  yer  fondining  foydalanish  turlari  bo'yicha
taqsimlanishi
(2004-yil  1-yanvar  holatiga)
T.r.
Yerga  egalik  qilish  va  undan foydalanish  turlari
Umumiy 
maydoni, 
ming  ga
Umumiy
maydon,
foi/.da
1
Qishloq  xo'jaligiga  mo'ljanllangan  yerlar
22570,4
50,8
2
Aholi  punktlari  (shaharlar,  posyolkalar  va  qishloq 
aholi  punktlari)  yerlari
237,2
0,5
3
Sanoat,  transports  aloqa,  mudofaa  va  boshqa 
maqsadlarga  mo'ljallangan  yerlar
1894,3
4,3
4
Tabiatni  muhofaza  qilish,  sog‘lomlashtirish,  rekreat- 
siya  maqsadlariga  mo'ljallangan  yerlar
72,5
0,2
5
O 'rm on  fondi  yerlari
8597,4
19,4
6
Suv  fondi  yerlari
825
1,8
7
Zaxira  yerlar
10213,4
23,0
Jami  foydalanilayotgan  yerlar
44410,3
100
Bundan  tashqari,  O'zbekistonning  qo'shni  respub- 
likalardagi  foydalaniladigan  yerlari
18,9
Boshqa  respublikalaming  O'zbekistonda  foy- 
dalaniladigan yerlari
505,5
Respublika  m a’muriy  chegarasidagi  jami  yerlar
44896,9
6

QISHLOQ XOMALIK YERLARINING UMUMIY MAYDONI DA 
HAYDALMA YERLAR SALMOG4 
(foizlarda)
У2.8%
OB
  Sug'oriladigan haydalma yerlar 
□   Lalmi haydalma yerlar 
m
  Boshqa yerlar
K O 'P  Y IL L IK   D A R A X T Z O R L A R   M A Y D O N I 
(m in g  ga)
374,5
346,9
366,8
328,7
269,9
1980-y. 
1985-y. 
1990-y. 
1995-y. 
2000-y.
1  m m da - 62  m ing ga
0 ‘ZBEKIST0N  RESPUBLIKASI YER FONDI
Masstab  1:3 COO  000
AFG‘° 4
-rasm.
о
9/RO‘^
SHARTLI  BELGILAR
S u g ‘oriladigan yerlar 
£  J]  Lalm i yerlar 
Y aylovlar
Tabiatni  m uhofaza qilish 
va o ‘rm on yerlari
U M U M IY   Y E R   M A Y D O N ID A  Q IS H L O Q  
X O  ‘J A L IK   Y E R L A R I  S A L M O G   I 
(foizlarda)
Jami 44410,3  ming ga
Ш  Qishloq xo'jalik yerlari 
m
  O'rm on, butazor va  boshqa yerlar
S U G 'O R IL A D IG A N   Y E R L A R  M A YDO NI 
(ming ga)
1980-y.
1985-y. 
1990-y. 
1995-y. 
1  m mda -  150 ming ga
о 
\

O 'zbekiston  Respublikasi  «Yer  kodeksi»ning  16-moddasiga 
binoan,  «yer  davlat  mulki-umummilliy  boylikdir,  undan  oqilona 
foydalanish  zarur,  u   davlat  tomonidan  muhofaza  etiladi»,  deyilgan.
O'zbekiston yer fondi undan foydalanishiiga ko'ra 7 turga bo'linadi 
(1-jadval).
O'rta  Osiyo  respublikalari  yer  resurslaridan  unimli  foydalanish 
maqsadida respublikalararo kelishuv natijasida qabul qilingan hujjatlarga 
binoan, O'zbekiston qo'shni davlatlar hududida 18,9 ming gektar yerdan 
uzoq muddat foydalanadi,  shundan  1,0 ming gektari Tojikistonda,  17,9 
ming gektari Turkmanistonda. Shuningdek, qo'shni davlatlar O'zbekiston 
hududida 505,5 ming gektar yerdan, xususan, Tojikiston 1,8 ming gektar, 
Turkmaniston 500,0 ming gektar va Qozog'iston 2,9 ming gektar yerdan 
uzoq muddat  foydalanadi  (2-jadval).
Respublika  yer  fondi  foydalanilishi  va  turlari  bo'yicha  doim 
o'zgarib turadi. Yerlami o'zlashtirish natijasida lalmi, yaroqsiz yerlar 
sug'orilib,  ekiladigan  yer  hisobiga  o'tishi  yoki  qishloq  xo'jaligidan 
boshqa maqsadlar uchun turli  qurilishlarga  ajratib berilishi,  eroziya 
ta ’sirida va  boshqa  sabablar  ko'ra  ekin  ekiladigan  yerlar hisobidan 
chiqishi kabi hollar sodir bo'ladi.  Bunday o'zgarishlami aniq hisobga 
olib  borish  ishi  O 'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkamasi 
tomonidan berilgan ko'rsatma asosida yuritiladi. Yer hisobi (baiansi) 
har yili  1-yanvargacha yerga egalik qiluvchi va yerdan foydalanuvchi 
ho'jaliklar, tashkilotlar, tumanlar va viloyatlar bo'yicha olib boriladi. 
Bu  hujjatlardan  qishloq  ho'jalik  ekinlari  turlarini  joylashtirishda, 
olinadigan hosil taqsimotida va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Olib borilayotgan yer hisoboti shuni ko'rsatadiki,  O'zbekistonda 
2004-yil  1-yanvarga sug'oriladigan yer maydoni 4275,3 ming gektar 
bo'lib, umumiy maydonning 9,5 foizini tashkil qiladi.  Respublikamiz
2-jadval
Respublikalararo  foydalanilayotgan  yerlar  maydoni

Respublikalar  nomi
O'zbekiston 
foydalanadigan  qo'shni 
respublikalardagi  yer, 
ming  ga
Boshqa  respublikalar 
foydalanadigan  O'zbekiston 
yerlari,  ming  ga
1
.
Tojikiston
1,0
1,8
2.
Turkmaniston
17,9
500,0
3.
Qirg'iziston
-
0,8
4.
Qozog'iston
-
2,9
Jam i:
18,9
505,5
7

bo'yicha  sug'oriladigan  yerlardan  qishloq  ho'jaligida  olinadigan 
daromadning  95  foizidan  ko'prog'i  olinadi.
Shuning uchun ishlab chiqarish manbalarini jadal rivojlantirishda 
sug'oriladigan  yerlardan  to 'g 'ri  foydalanishni  yo'lga  qo'yish,  yangi 
yerlaming sifatli o'zlashtirilishi katta ahamiyatga ega. Chunki buning 
natijasida  qishloq  ho'jalik  mahsulotlari  etishtirish  jadallashadi  va 
ko'payadi,  rivoji  tezlashadi.
R espblikam izda  b u   sohada  k o 'p   ishlar  qilinayotganligiga 
qaramasdan,  aholining  o'sish darajasi sug'oriladigan yerga nisbatan 
yuqori bo'lganligi hisobga olinganda, jon boshiga sug'oriladigan yer 
maydonlari keskin qisqarmoqda. Chunonchi,  1960-yilda respublikada 
sug'oriladigan yerlar  jon  boshiga 0,26  gektar bo'lgan bo'lsa,  1970- 
yilda 0,20 gektami,  1992-yilda 0,17 gektami,  2005-yilda 0,15 gektami 
tashkil  etdi.
Keyinchalik  sug'oriladigan  ekin  maydonlarining  jo n  boshiga 
kamayishini  imkon boricha  to'xtatish yo'lida  ish  olib  borish  zamr. 
Buning  uchun,  aw alo ,  ekin  ekiladigan  m aydonlarning  keskin 
qisqarib  ketishiga,  qishloq  xo'jalik  oborotidan  tushib  qolishiga, 
ikkinchidan, isrofgarchilik va xo'jasizlikka,  sug'oriladigan yerlar turli 
qurilishlarga  assosiz  ajratilishiga  yo'l  qo'yilmasligi,  uchinchidan, 
qishloq  xo'jaligida  foydalanishdan  tushib  qolgan  sug'oriladigan 
yerlami tiklash va  eroziyaga  qarshi  ish olib borilishi  zarur.
K o 'p   yillar  davomida  tezkorlik  bilan  yer  o'zlashtirilganligi 
sababli,  b a ’zi  kam chiliklarga  y o 'l  qo'yildi.  C hunki  quruvchi 
tashkilotlar  o'zlashtiriladigan  yer  maydonini  ko'paytirishni  asosiy 
maqsad  qilib,  gidrotexnik  inshootlar  qurilishi,  sug'orish  va  zax 
qochirish tuzilmalari  sifatsiz  bo'lishiga  yo'l  qo'ydilar.
Yerlardan foydalanishda xo'jaliklaming o'zlari ham xatolarga yo'l 
qo'yganlar.  Natijada  ko'p  yerlar zaxlanib,  sho'rlanib,  botqoqlanib, 
suv  eroziyasiga  uchragan.  Endilikda  bunday  yerlaming  bir  qismi 
qishloq xo'jaligida foydalanish uchun yaroqsiz bo'lib qolgan, boshqa 
bir  qismidan  esa  gektar  hisobiga juda  kam  hosil  olinmoqda.  Shu 
sababli,  tuproq  unumdorligi  o'z  sifatini  yo'qotdi,  qishloq  xo'jalik 
ekinlari sifati va hosildorligiga putr etkazildi.
Oqibatda, respublikamizning asosiy qismida tuproq unumdorligini 
qayta tiklash  va  oshirish tadbirlarini  amalga  oshirish,  shuningdek,

hududlarda yer maydonlarini to'g'ri tashkil qilish, ho‘jaliklar tizimiga 
kiritish, ilmiy asosda almashlab ekish, sho'rlangan yerlarda meliorativ 
tadbirlarni  to ‘g ‘ri  qo'llash  va  botqoqlashgan  yerlarni  quritish, 
unumdorligini  ko‘tarish  kabi  ishlami  bajarish  sug'orish  uchun  suv 
tanqisligi  katta muammoga  aylangan  hozirgi  sharoitda o'zi  dolzarb 
vazifa bo'lib qoldi.
Yerlami  o'zlashtirish,  ulaming  meliorativ  holatini  yaxshilash 
b o ‘yicha  muayyan  tadbirlar  o'z  vaqtida  amalga  oshirilmaganligi, 
xo'jaliklar  tom onidan  yerdan  foydalanishda  b a’zi  xatolarga  yo'l 
qo'yilganligi  sababli,  oxirgi  vaqtlarda  k o 'p   bo'layotgan  sellar 
natijasida  respublikaning  bir  qator  hududlarida  qishloq  xo'jalik 
ekinlari buzib ekilmoqda.  Masalan,  2003-yilda bo'lgan sel natijasida 
600  ming gektar yerdagi  qishloq xo'jalik ekinlari  qattiq zarar ko'rdi 
va ular qo'shimcha xarajat evaziga qayta ekildi.
Shu bilan birga, shamol eroziyasi respublikada juda keng tarqalgan. 
Bir  necha  vohalarda  -  F arg 'o n a  vodiysi,  Sirdaryo  va  Buxoro 
viloyatlarida shamol va suv eroziyasi vaqti-vaqti bilan bo'lib turibdi. 
Bu  tuproqning  yuqori  qatlam i  buzilishiga,  ekinlar  hosildorligi 
kamayishiga olib kelmoqda.
Agar qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan sug'oriladigan yerlaming 
oxirigi o ‘n besh yildagi  o‘zgarishini  ko'zdan kechirsak,  quyidagilarga 
guvoh  bo'lam iz:  shu  davr  ichida  sug'oriladigan  yangi  yerlam i 
o'zlashtirish  ekin maydonlari hisobiga 220 ming gektaiga ko'paygan, 
ayni  payitda  100  ming  gektarga  yaqin  kamaygan.  Amm o  bunday 
yerlaming  asossiz  kamayib  ketish  hollari  ham   sodir  bo'layapti. 
M asalan,  ko'rsatilgan  davr  ichida  10,6  ming  gektar  m aydon 
meliorativ  holati  yomonlashganligi  sababli,  ekin  ekilmaydigan  yer 
turiga  o'tkazilgan.  Yana  10  ming  gektar  yer  eroziyaga  uchrashi  va 
meliorativ holati yomonlashganligi sababU, qishloq xo'jaligida doimiy 
foydalanishdan  chiqarilgan.  Bundan  tashqari,  xo'jaliklar  o'z  ichki 
qurilishlari  uchun  30  ming  gektar,  qishloq  xo'jaligidan  boshqa 
maqsadlar  uchun  qurilishlaiga  35  ming  gektar  sug'oriladigan  yer 
ajratilganligini  ham  to'g'ri  deb  bo'lmaydi.
Oxirgi yillarda O'zbekistonda yer resurslaridan oqilona foydalanish 
bo'yicha ko'p ishlar qilinmoqda. Bunga misol qilib, qishloq xo'jaligidagi 
har bir oilaga tomorqa maydoni sug'oriladigan yerlarda 0,35 gektargacha
9

va sug'orilmaydigan lalmikor yerlarda 0,5 gektargacha, cho'l va sahro 
mintaqalarda esa 1,0 gektargacha olchamdaberilishi O'zbekiston «Yer 
kodeksi»da ko‘rsatib qo'yilgan. Respublika bo‘yicha oxiigi 15 yil ichida 
dehqon  xo'jaliklariga  382,6  ming  gektar  yer  berilishi  to'g'risidagi 
yuridik hujjatlami misol qihb ko'rsatish mumkin. Shu vaqitning o‘zida 
84 ming fermer xo‘jahgiga 2354 ming gektar yer ajratildi. Agar qishloq 
xo'jaligida o‘rta hisobda har bir oilaning tomorqa maydoni  1990-yilda
0,12  gektar  bo'lgan  bo'lsa,  2004-yilda  0,19  gektarga  etdi  va  oilalar 
soni  1060  mingga  ko'paydi.  Bu  ijobiy  ish joylarda  qishloq  xo'jalik 
mahsulotlari  yetishtirishni ko'paytirishda va  qishloq  aholisini uy-joy 
hamda ish M an ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Hozirgi  davrda  suv  tanqisligini  hisobga  olib,  butun  bilim  va 
imkoniyatni ichki zaxiralaiga qaratish maqsadga muvofiqdir.  Buning 
uchun mavjud sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini,  qishloq 
xo'jaligida  foydalanilishini  o'rganish  va  bu  boradagi  rezyervlami 
aniqlash, ulardan to'liq va oqilona foydalanishni tashkil qilishi zarur.
Bu  rejalami  amalga  oshirish uchun  yo'l  qo'yilgan  kamchiliklar 
natijasida ro'y bergan  50 foizdan  ortiqroq sug'oriladigan yerlarning 
yomon holatini yaxshilash,  sho'rini yuvish,  kollektor va drenajlami 
tiklash,  kapital tekislash  (planirovka) va suv bilan ta ’minlash zamr.
Q ishloq  xo'jaligida  foydalanishdan  tushib  qolgan  b o 'z   va 
meliorativ  holatini  yaxshilash  zarur bo'lgan  165  ming  gektar yem i 
tiklash va ekin maydoniga  qo'shish kerak.
B ir  n e c h a   y illa r  d a v o m id a   Q a s h q a d a ry o ,  T o s h k e n t, 
Suixondaryo,  Samarqand viloyatlarida o'tqazilgan ilmiy va nazariy 
ishlar  natijasida  m a’lum  bo'lishicha,  ko'p  yillik  mevali  daraxtlar 
tog' bag'ridagi yerlarga, adirdagi toshloq yerlarga joylashtirilsa, katta 
foyda berishi mumkin. Kolavyersa, ular yuqori hosil beribgina qolmay, 
qishloqlam i,  ekin  m aydonlarini  va  yer  resurslarini  eroziyadan 
saqlashi tajribada tasdiqlangan.
M asalan,  Q ashqadaryo  viloyatining  Shahrisabz  tum anidagi 
G '.B oboyorov  nom li  ferm er  xo'jaligida,  Toshkent  viloyatining 
Yuqori  Chirchiq  tumanidagi  ko'p  xo'jaliklarda  tog'  oldiga  ekilgan 
har gektar maydondagi mevali daraxtlardan 60-80 sentnerdan meva 
va uzum mahsulotlari  ohnmoqda.  Shuningdek,  bu yerlarda har yili 
bo'lib  turadigan  eroziyaning  ta ’siri  deyarli  to'xtatildi.
10

O'tqazilgan  ilmiy  va  hisob  -  kitob  ishlari  natijasida  m a’lum 
bo‘lishicha,  qilingan xarajatlar 6-8 yilda o ‘zini oqlamoqda.  Bajarilgan 
loyiha-tekshiruv ishlarining natijasiga qaraganda,  respublikada yana 
120-150  ming  gektar  tog‘  va  tog'  oldi  maydoniga  mevali  daraxtlar 
ekish  imkoniyati bor.  Umuman,  qishloq xo‘jaligini  rivojlantirishda 
va ekologik muhitni saqlashdabu ishlar juda katta ahamiyatga ega.
A eroplan  yordam i  bilan  fazodan  turib  olingan  suratlarning 
k o 'rsa tish ig a  q arag an d a,  respu blikam izdagi  m evali  b o g ‘  va 
uzumzorlarning  k o ‘p  qismida  ko'chatlar  mavjudligi  o 'rta  hisobda 
50  foizni  tashkil  qiladi.  Bu  hozirgi  mevali  daraxtlar  bilan  band 
b o ‘lgan  332  m ing  gek tar  su g 'o rilad ig an   y erning  160  m ing 
gektaridan  qishloq  xo'jaligida  foydalinmaydi,  degan  so'z.  Agarda 
bog'lardagi  daraxt  ko'chatlarining  100  foiz  to'liqligi  ta ’minlansa, 
qo'shimcha ravishda yana 450-500 ming tonna meva olish mumkin. 
Bu katta zaxiradan  oqilona foydalanish zarur.
K o'p  yillardan beri  ekin turlari faqat  ekin ekiladigan yerlaming 
miqdoriga qarab joylashtirilishi natijasida qatorxatolaigayo'l qo'yilgan. 
Oqibatda  har  yili  paxta  maydonining  250-300  ming  gektaridan 
olinadigan  hosil  8-15  s  ni  tashkil  qilmoqda.  Shu  kabi  noo 'rin  
joylashtirilgan boshqa ekinlardan ham kam hosil olinmoqda. Bunday 
kamchilikka  yo'l  qo'ymaslik  uchun  yeming  sifatiga,  ya’ni  tuproq 
unumdorligiga,  yer  yuzasining  baland-pastligiga  qarab,  yer  osti 
suvlari joylashishini,  sho’rlanishini,  suvning etarliligini va eroziyaga 
uchraganlik  darajasini  bilish  u ch u n ,  y er  kadastri  h ujjatid an  
foydalanish o 'ta zarur.
Joylarda  yeming  sharoitini  o'iganish  bo'yicha  amalga  oshirilgan 
qidiruv  ishlaridan  m a’lum  bo'lishicha,  respublikamizda  140  ming 
gektaiga yaqin  toshloq  yer bor.  Bunday yerlardan bir qismi  daryo  va 
suv  shahobchalari  bag'rida  joylashgan,  ulaiga  sholi  ekish  m a’qulligi 
Farg'ona vodiysi misolida amalda isbotlandi. Adirga joylashgan toshloq 
yerlarga  mevali  daraxt  va  tok  qalamchalari  ekish  yaxshi  natija  berdi. 
Masalan, Namangan viloyatining Pop tumanidagi «Chodak»,  Beruniy 
va Ibn Sino nomli shirkat xo'jalildarida 1200 gektar toshloq maydondagi 
mevali  daraxtlar  yaxshi  yerlardagi  daraxtlardan  olinadigan  darajada 
hosil berm oqda.
Toshkent viloyati  O'rtachirchiq tumanidagi Oxunboboyev nomli 
shirkat xo'jaligida Chirchiq daryosining yoniga joylashgan 210 gektar
11

toshloq  yerga  sholi  ekilib,  gektaridan  30-40  sentnerdan  hosil 
ko'tarilmoqda. Chunonchi, shu yerlarga paxta ekilganda gektaridan 8- 
15  sentner hosil  olinar,  bu  esa qilingan harajatni  ham qoplamas edi.
Ko'rinib  turibdiki,  ichki  imkoniyatlami  ishga  solish,  sug‘orib 
ekiladigan maydonlarni respublika bo'yicha 450-500  ming gektaiga 
kengaytirish,  olinadigan  qishloq xo'jaligi  mahsulotlarini  esa  keskin 
ko‘paytirish imkonini beradi. Bunda yangi yer o‘zlashtirishga qaraganda
2-3 barobar kam xarajatr qilinadi,  ekologik muhit muhofaza etiladi, 
ayni paytda ortiqcha suv,  irrigatsiya shaxobchalari, yo‘l, qurish zarur 
bo'lmaydi.  Chunki  bu  rezyervlar  fermer,  shirkat,  xo‘jaliklarining 
qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlari ichida oldindan mavjud.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling