G f. n A. Nazarov “
Download 356.6 Kb.
|
qishloq xojaligida mikroogitlarning ahamiyati-конвертирован
Marganes (Mn). O‘simlik organizmlarida marganesning bo‘lishi 1872-yilda qayd etilgan edi, lekin uning o‘simliklar oziqlanishi uchun zarurligi uzoq vaqtlar davomida ma’lum bo‘lmadi. Faqatgina 1897- yilga kelib, uning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati aniqlandi. Yetarli miqdorda marganesning bo‘lishini talab etuvchi o‘simliklar jumlasiga donli ekinlar, dukkakli don ekinlari, qand lavlagi, ildizmevalilar, kartoshka va mevali daraxtlar kiradi. Har xil ekinlarning hosili bilan har gektar yerdan 1000-4500 g gacha marganes olib chiqib ketilishi mumkin. o‘simliklarda marganesning umumiy miqdori o‘rtacha 0,001% ga yoki 1 kg og‘irlik hisobiga 1 mg ga to‘g‘ri keladi. Uning asosiy miqdori barglar va xloroplastlarda to‘planadi.
Marganes yuqori oksidlash qaytarish potensialiga ega, shu bois u o‘simliklar tanasida sodir bo‘ladigan biologik oksidlash reaksiyasida faol qatnashadi. Marganesning fotosintez jarayonlarida ham ishtirok etishi aniqlangan. Marganes tanqisligini sezgan o‘simliklarga uni kiritilganda jarayonning kechish tezligi 20 minut ichida tiklanishi ko‘rsatib berilgan. Marganesning fotosintez jarayonida kislorodning ajralishi va fotosintezning qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etishi aniqlangan. Marganes shakar va xlorofil miqdorining oshishida, uning oqsil bilan bog‘lanishining mustahkamligini ta’minlashda, shakarlarning harakatini yaxshilashda, nafas olish jadalligini kuchaytirishda ishtirok etadi. Marganes yana askorbin kislota sintezida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Marganesning fiziologik ahamiyatini tushuntirishda uning gidroksilamin reduktaza fermenti tarkibiga kirishini ko‘rsatish lozim. Bu ferment gidroksilaminni ammiakkaclia qaytarilishida ishtirok etadi. Marganes ko‘pgina reaksiyalarni faollashtirishda, jumladan nafas olish jarayonida hosil bo‘ladigan 2 va 3 karbon kislotalarning almashinish reksiyasida ishtirok etadi. Hozirgi kungacha marganes yordamida faollanadigan 23 ta metalloferment kompleksining borligi aniqlangan. Shunday ma’lumotlar borki, marganes fosforning qari pastki barglardan ustki yosh barglarga harakatini kuchaytirisliga ijobiy ta’sir etadi. Marganes to‘qimalarning suvni ushlab qolish qobiliyatini oshiradi, transsperatsiyani kamaytiradi, o‘simliklarning hosil tugishiga ko‘maklashadi. Marganesning o‘ta tanqisligida rediska, karam, pomidor, no‘xat va boshqa ekinlarning hosil tugishi umuman to‘xtab qolishi kuzatilgan. Barglarning oqarishi va sarg‘ayishi, dog‘larning paydo bo‘lishi, dukkakli ekinlar bargining yoppasiga xlorozga chalinishi, bodring barg plastinkasining buralib qolishi-marganes tanqisligining asosiy belgilaridan. Marganesli o‘g‘itlar. Asosiy marganesli o‘g‘itlar: marganes sulfat (20%Mn) va margeneslangan donador superfosfat (1-2% Mn) hisoblanadi.
Download 356.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling