G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING 
QABUL QILINISHI
O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1990-yil 24-martda bo‘lib o‘tgan XII 
chaqiriq birinchi sessiyasida yangi Konstitutsiyani ishlab chiqish masalasi 
ko‘rib chiqildi. Oliy Sovetning 1990-yil 20-iyunda bo‘lib o‘tgan ikkinchi 
sessiyasida Respublika Prezidenti Islom Karimov raisligida Konstitutsiya 
komissiyasi tuzildi.
O‘zbe 
kiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi olim, jamoat 
namoyandalari va davlat boshqaruv organlari mutaxassislari tomonidan 
puxta ishlab chiqildi. Uni yaratish uchun uchta komissiya tuzilib, ular bir-
biridan mustaqil ravishda Asosiy qonun loyihalarining o‘z variantlarini 
tayyorladilar.
Har bir loyiha muhokamasidan keyin eng optimal varianti tanlab 
olindi. Bu variant boshqa variantlardagi ma’qul qismlari bilan to‘ldirildi. 
Konstitutsiyaning umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Muhokama 
jarayonida loyihaga 80 dan ortiq tuzatishlar kiritildi.
Bunday muhokama natijasida Konstitutsiya muntazam tuzatishlar kiri-
taverishga hojat bo‘lmaydigan mukammal hujjat holatiga keldi. 
Keng umumxalq muhokamasi davomida bildirilgan ko‘p taklifl ar ino-
batga olingan holda komissiya tomonidan tay 
yorlangan Konstitutsiya 
loyihasi Oliy Kengash muhokamasiga qo‘yildi. 1992-yilda Oliy Kengashning 
XI sessiyasida bu loyiha ma’qullandi va O‘zbekiston Respub likasining hozir 
amal qilayotgan Konstitutsiyasi qabul qilindi. 


14
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi shu tarzda amalga 
kiri tildi, 
8-dekabr – O‘zbe kiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul 
qilingan kun,
umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.
1992-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaning asosiy xususiyati shun-
dan iboratki, unda inson, uning hayo 
ti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati 
oliy qadriyat deb e’lon qilingan; inson manfaatlari, uning huquqlari va erkin-
liklari davlatnikiga nisbatan ustuvorligi tan olingan; davlatning to‘g‘ridan 
to‘g‘ri vazifasi – inson va jamiyat manfaatlariga xizmat qilish deb belgilan-
gan; siyosiy plyuralizm prinsipi mustahkamlab qo‘yilgan; xalq hokimiyat-
ning yagona manbayi deb tan olingan, shuningdek, xalqaro normalarning 
ustuvorligi mustahkamlab qo‘yilgan.
O‘zingizni Konstitutsiya loyiha-
sini tayyorlash bo‘yicha Konstitutsiya 
komissiyasining a’zosi deya tasavvur 
qiling. Komissiyangizga 16 yosh 
ga 
to‘lgan shaxslarning saylovlarda 
ishtirok etishiga ruxsat berilishi 
xususida taklif tushdi.
Guruhlarga bo‘lining, ulardan 
ikkitasi bu taklifni qabul qilishni 
yoq lasin, ikkitasi esa qarshi bo‘lsin. 
Har bir guruh muhokama uchun asoslar tay yorlashi lozim.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling